Qudratulla Maʼzumov (1896-yilda tugʻilgan) – sovet va oʻzbek aktyori, maʼmuriy vazifalarda ish yuritgan sanʼat va jamoat xodimi. Sanʼat xodimlari uyushmasi raisi(1919), Oliy harbiy tribunal aʼzosi(1919), akademik teatr direktori(1934), Fargʻona viloyati teatr direktori(1934).

Qudratulla Ma'zumov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1896-yil
Vafoti 1987-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Millati oʻzbek
Kasbi
  • aktyor
  • san'at va jamoat xodimi

Hayoti va mehnat faoliyati

tahrir

Qudratulla Maʼzumov Toshkent shahrida ziyoli xonadonda dunyoga kelgan. Eski usuldagi maktabni bititrib, soʻngra rus-tuzem maktabida oʻqigan.

Turkiston tumani maxfiy xizmati maʼlumotlariga koʻra Abdulla Avloniy, Bashirulla Xoʻjayev, Muhammadxon Podshoxoʻjayev, Nizomiddin Xoʻjayev, Musaxon Mirzaxonov, Qudratulla Maʼzumov, Ubaydulla Ergʻoziyev, Shomurot Shoyoqubov, Qudratulla Yunus Muhamedov, Mirsiddiq Avlonov, Shokirjon Rahimiy muassisligida „Turon musulmon dramatik sanʼati truppasi“ tuzildi. Oradan koʻp oʻtmay truppa tarkibi kengayadi. Millat xodimlari xalqning ijtimoiy ongini ochish, asta-sekin siyosiy yoʻnalish berish maqsadida teatrni koʻngilochar maskan emas, balki ibratxonaga aylantirishni asosiy maqsad qilib olishgandi[1]. Qudratulla 1916-yildan, aynan oʻsha „Turon“ truppasiga aʼzo boʻlgan chogʻlarida turli xil spektakllarda rol oʻynagan va maʼmuriy vazifalarni ham bajarib kelgan. 1918-yilda firqa safiga oʻtgan, keyinchalik esa eski shahar ijroqoʻmi oʻrinbosari vazifasida faoliyat yuritgan. 1918-yilning aprelidan esa Turkiston Favqulodda komissiyasi tarkibida ish yuritgan.

1919-yilda Sanʼat xodimlari uyushmasi raisi vazifasida ishlagan. Shu yilning oʻzida Turkiston oʻlka Markaziy Ijroiya qoʻmitasi qarori bilan Oliy harbiy tribunal aʼzosi etib tayinlangan. Keyinchalik, 1922-yildan eski shahar tuman komiteti aʼzosi boʻlgan.

1928-yil 31-oktabrdan Oʻzbekiston Markaziy izjroiya qoʻmitasi tashkiliy boʻlimi tashkilot shoʻbasi rahbari boʻlib ishlaydi. 1934-yilda akademik teatr direktori va shu yilning 18-oktabridan Fargʻona viloyat teatri direktori vazifasida faoliyat koʻrsatgan.

Ayblov

tahrir

1938-yilda NKVD tomonidan qamoqqa olinib 1940-yilda besh yilga mehnat tuzatish lageriga joʻnatilgan. 1947-yil 28-noyabrda ikkinchi marta qamalgan va Krasnoyarsk oʻlkasiga surgun qilingan. 1949-yil 14-iyulda qamoqdan qaytib kelgan. 1953-yilda amnitsiya qilinadi va „Soyuzmetalstroytorg“da ishlaydi[2].

Oʻlimi

tahrir

Qudratulla Maʼzumov 1987-yilda vafot etgan.

  1. „ҚАТАҒОН ҚУРБОНЛАРИ“. forum.oyina.uz. 2024-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-may 2024-yil.
  2. Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: e'lon qilinmagan urush Katta qirg'in qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.