Qudratilla Mirsoatovich Rafiqov — oʻzbek davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi prezidenti, Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputati, OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi aʼzosi, O‘zbekiston Respublikasi ot sporti federatsiyasi prezidenti boʻlgan. (24.01.2017-yildan)[1].

Qudratilla Rafiqov
 Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi
Mansab davri
2016-yildan – hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi Tanzila Norboyeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mukofotlari

Tarjimai holi

tahrir

1996-2016-yillarda „Jizzax akkumulyator zavodi“ AJ bosh direktori bo‘lgan. 2016-yil 21-dekabrdan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi prezidenti lavozimida ishlab kelgan, 2020-yil 11-noyabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kasaba uyushmalarining VIII-qurultoyida yangi muddatga qayta saylangan.

Oilasi

tahrir

To‘ng‘ich o‘g‘li Mirsoatov Habibullo Qudratullayevich[2], Toshkent shahar prokurori oʻrinbosari.

Kichik o‘g‘li Mirsoatov Alisher Qudratullayevich[3], O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki boshqaruvi raisi.

Manbalar

tahrir