Sobir Qurbonov
(Qurbonov Sobir Hayitovichdan yoʻnaltirildi)
Qurbonov Sobir Hayitovich (1949.20.1, Buxoro tumani) — sportchi, sambo boʻyicha jahon chempioni (1975, Minsk), xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1976), Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi (1999). Akobir Qurbonovyaning otasi va birinchi ustozi. Sambo boʻyicha 74 kg vazn toifasida Oʻzbekiston (1970, 1973), spartakiada (1975, Tbilisi) va Yevropa (1974, Madrid) chempioni. Shuningdek, kurash boʻyicha 73 kg vazn toifasida Oʻzbekiston chempionati (1969, 1970) va nufuzli musobaqalar gʻolibi. Q. Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1972), Buxoro tumanidagi 2-bolalar va oʻsmirlar sport maktabida murabbiy, direktor (1973—87). 1987-yildan buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi "Dinamo" sport jamiyatida katta murabbiy.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |