Qutlibeka Rahimboyevna Rahimboyeva (1952-yil, 9-fevral[1]; Toshovuz, Turkmaniston SSR) — shoira, tarjimon va jurnalist. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi[2].

Qutlibeka Rahimboyeva
Tavalludi 9-fevral 1952-yil (1952-02-09) (72 yosh)
Fuqaroligi Turkmaniston SSR
O‘zbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Shoh asari Yuragimda koʻrganlarim“ (1980)
„Uzun kunduzlar“ (1981)
"Uygʻonish fasli (1989)
„Ozodlik“ (1991)
Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1994)
„Shuhrat“ medali (1999)

Tarjimayi holi

tahrir

Qutlibeka Rahimboyeva 1952-yil 9-fevralda Turkmaniston SSRning Toshovuz viloyatida tugʻilgan. 1974-yil Fargʻona davlat pedagogika institutini tugatgan[3]. Dastlabki mehnat faoliyatini 1973-yili Fargʻona viloyatining Quva tumanida joylashgan 29-sonli maktabda oʻqituvchi sifatida boshlagan. 1974—1978-yillar Toshovuz shahridagi 14-sonli maktabda oʻqituvchi, 1978—1979-yillar OʻzR FA Til va adabiyot institutida laborant, 1979—1983-yillar Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida kichik, soʻngra katta muharrir, 1983-yildan buyon „Saodat“ jurnalining turli lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda[4].

Ijodiy faoliyati

tahrir

Qutlibeka Rahimboyeva „Yuragimda koʻrganlarim“ (1980), „Uzun kunduzlar“ (1981), "Uygʻonish fasli (1989), „Ozodlik“ (1991), "Koʻksimdagi Tangritogʻ (1996), „Qora koʻzlarim“ (2013), „Sham koʻtargan ayol“ (2009), „Toʻylar muborak“ (2017)[5], „Muhabbat, sen chiroylisan“ (2017) kabi sheʼriy va nasriy asarlari muallifi hisoblanadi. Qutlibeka Rahimboyeva ijodida, asosan xalqparvarlik mavzusi yetakchilik qiladi. Shoira xalqining oʻtmishi va buguni bilan faxrlanadi. Uning asarlarida asosan vatanni sevish, ulugʻlash, faxrlanish kabi tuygʻular aks etgan[6][7].

Qutlibeka Rahimboyevaning respublika gazeta-jurnallarida „Sulton suyagini xor etmas“, Hamma biladigan sir", „Til uchidagi soʻz“ kabi munozaraga chorlovchi publitsistik maqolalari nashr etilgan. Uning „Qishning oxirlari“ dostonida „oʻzbeklar ishi“ fojialari toʻliq aks ettirilgan. U „Tohirning Zuhrosi“ nomli asar ham yozgan. Qutlibeka Rahimboyeva Marina Svetayeva, Lesya Ukrainka kabi shoiralarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan[8].

Mukofotlari

tahrir

Qutlibeka Rahimboyeva faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan yuqori baholangan. U 1994-yil „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“, 1999-yil „Shuhrat“ medali bilan mukofotlangan[9][10].

Manbalar

tahrir
  1. „O'zbek adibi Qutlibeka Rahimboyeva tavallud topgan kun“. 2023-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-aprel.
  2. „Qutlibeka Rahimboyeva“. 2023-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-aprel.
  3. QUTLIBEKA RAHIMBOYEVA (1952)
  4. „Mening Qutlibeka opam...“. 2023-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-aprel.
  5. „Тўйлар муборак!“. 2023-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-aprel.
  6. Jovliyev I, Yaxshiboyeva U, Arzikulova D, Hasanova L. Oʼzbekiston ayollari. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2019 — 224-bet. ISBN 978-9943-07-694-5. 
  7. „Qutlibeka Rahimboyeva (1952)“. 2023-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-aprel.
  8. „Qutlibeka Rahimboyeva (1952)“. 2021-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.
  9. „Qutlibeka Rahimboyeva (1952)“. 2023-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-aprel.
  10. „Qutlibeka Rahimboyevaning ko‘ngil qatidagi gaplari...“. 2023-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-aprel.