Quyish tizimi, Metal quyish tizimi - qolipdagi kanallar va boʻshliqlar tizimi, bu kanallar orqali suyuq erigan material — eritma (metall yoki plastmassa) boʻshliqlar orqali qolipga yoki press qolipga bosim orqali boradi. Quyish tizimining elementlarini yetkazib berish va ta'minlashga boʻlish mumkin.

Metal quyish tizimi qolipda voronka yoki quyish chashasi, quyish ustuni (stoyak), yigʻuvchi yoki shlak ushlagich, taʼminlovchi va metal (gaz) chiquvchi ustundan iborat. Eritma qolipning ajralish yuzasiga nisbatan quymaga yetkazib beriladigan joyga qarab: yuqori quyish tizimi, pastki (sifon), yon (ajralish boʻylab) va qatlamlilarga bo'linadi. Metall eritma qattiqlashgandan soʻng, metal quyish tizimi kesiladi va qayta eritish uchun ketadi.

Plastmassalik press formalar uchun quyma bosim ostida markaziy, tarqatuvchi va kirish quyish tizimidan iborat. U har bir quyish siklida soviydi va qolipdagi sovituvchi qism bilan birga qotib qoladi yoki doimiy ravishda issiq kanalda plastmassani erigan holatda ushlab turadi.