Extreme Fight Game RISE (qisqacha RISE) – bu Yaponiyada tashkil etilgan professional kikboksing tashkiloti. Boshqa jang sanʼati tashkilotlaridan farqli ravishda RISE faqatgina kikboksing boʻyicha jang kechalari va turli musobaqalarni tashkillaydi. RISEning yana bir oʻziga xosligi, professional musobaqalardan tashqari „KAMINARIMON“ nomi ostida havaskorlar oʻrtasida ham musobaqalar oʻtkazadi[1].

Sanoat Professional va havaskor kikboksing musobaqalarini tashkillashtirish
Tarmogʻi Jang San'ati
Ishga tushgan sanasi 2003
Asoschi(lar)i Takashi Ito
Vebsayti https://rise-rc.com/
Tokyo

Tarixi

tahrir

RISE tashkiloti 2003-yilda Yaponiyada Takashi Ito tomonidan asos solingan[2]. Tashkil qilingan vaqtidan boshlab RISEning asosiy maqsadi kikboksing sportining rivojlanishi va ommalashishiga hissa qoʻshish boʻlib kelmoqda. Dastlabki yillardan boshlab, RISE tezda mashhurlikka erishdi va xalqaro miqyosda tanildi. Tashkilot yuqori darajadagi janglarni oʻtkazish orqali koʻplab sportchilar va muxlislarni oʻziga jalb qildi[3].

Qoidalar

tahrir
 
RISE 175 | Arina Kobayashi vs. Vang Chinlong

K-1dan farqli oʻlaroq RISE kikboksing va muaytay qoidalari asosida oʻz reglamentini ishlab chiqqan[4]. Unga koʻra:

  • Qoʻl Zarbalar: Boksdagi kabi toʻliq zarbalar berilishi mumkin. Bunga jab, kross, xuk va upperkat kiradi.
  • Oyoq Zarbalar: Oyoq zarbalari, jumladan low kick (past zarba), middle kick (oʻrta zarba) va high kick (yuqori zarba) qoʻllanishi mumkin. Oyoq zarbalari son, qorin va boshga qaratilishi mumkin.
  • Tizzalar: Baʼzi qoidalarda tizza zarbalari ham qoʻllashga ruxsat berilgan.
  • Himoya: Raqibning zarbalaridan himoyalanish uchun bloklar, toʻsiqlar va qochish texnikalari qoʻllanadi.

Oʻyinlar asosan 3 daqiqalik 3 raunddan iborat boʻlib, chempionlik uchun oʻyinlar 3 daqiqadan 5 raund va cheksiz qoʻshimcha raundlardan iborat.

Taniqli Sportchilar

tahrir
  • Tenshin Nasukava – RISEning koʻplab kikboksing chempionatlarida qatnashgan va gʻalaba qozongan. Quyi yengil vaznda chempion boʻlgan.
  • Chadd Kollinz – kikboksing va muaytay boʻyicha xalqaro chempionatlar gʻolibi, RISE jahon chempioni, muaytay boʻyicha WBC and WMC kamarlari sohibi.
  • Kazuki Osaki – ayni vaqtda RISE super yengil vazn chempioni.

Manbalar

tahrir
  1. „KAMINARIMON大会“.
  2. „RISEとは“.
  3. „Beyond Kickboxing's 2023 Promotion of the Year: Extreme Fight Game RISE“.
  4. „K-1とRISEやRIZINの違い!ルールやグローブの違いも解説!“.