Raʼno Yarasheva
Yarasheva Raʼno Sayfullayevna (1961-yil 15-fevral, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek teatr va kino aktrisasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist[1].
Raʼno Yarasheva | |
---|---|
Tavalludi |
Raʼno Yarasheva Sayfullayevna 15-fevral 1961-yil |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Kasbi | Teatr va kino aktrisasi |
Faoliyat yillari | 1984-yildan — hozirgacha |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirOʻz faoliyatini dastlab, teatr sahnasida pardozchi vazifasida boshlagan. Ikki nafar farzandning onasi. Turmush oʻrtogʻi vafot etgan. Komedik, tragedik va dramatik rollari bilan oʻzbek xalqiga yaxshi tanish. Aktrisa oilada 4 oʻgʻildan soʻng 5-farzand boʻlgan. Yoshligidan teatrda rol oʻynashni orzu qilgan ushbu isteʼdod egasi 23-yoshida Toshkent teatr va rassomchilik oliygohiga oʻqishga kiradi. Oʻqishni tamomlagach, dastavval, Oʻzbek milliy akademik dramma teatrida pardozchi-grimyor sifatida oʻz faoliyatini boshlaydi. Bir necha yil oʻtib u, ushbu teatrda „Yorqinoy“ nomli spektaklda oʻzining ilk rolini ijro etadi. Shundan keyin u, birin-ketin turli fimlarda qatnasha boshlaydi. Raʼno Yarasheva „Mehrobdan chayon“, „Sohibqiron“ va „Uvaysiy“ tarixiy fimlardagi rollari bilan oʻzbek xalqi orasida tanila boshlaydi. Bugungi kungacha aktrisa 20dan oshiq film va spektakllarda ishtirok etgan. Oʻzining aktrisalik faoliyati orqali 1999-yilda „O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist“ unvoni bilan taqdirlanadi. Hozirgi kunda, ijodkor, oʻz faoliyatini Yodgor Sagdiyev boshchiligidagi O'zbek milliy akademik drama teatrida davom ettirmoqda.
Faoliyati
tahrirOʻz faoliyati 23-yoshida — 1984-yilda boshlagan aktrisa hozirda 20 dan ortiq turli xil janrlardagi sahna koʻrinishlari va kinofilmlarda rol ijro etgan. Oʻzbek xalqi uni asosan taʼsirchan aktrisa sifatida bilishadi[2]. Shuningdek, Raʼno Yarasheva aktrisalikdan tashqari sheʼr yozish bilan ham mashgʻul boʻlgan. „Samarqand sogʻinchi“ (1996 y.), „Seni tashlab ketolmayman“ (1998 y.), „Hajr“ (2000 y.) sheʼriy toʻplamlari, „Ilohiy ishq qissasi“ nasriy asarlari chop etilgan. Raʼno Yarasheva O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzosi hisoblanadi[3].
Yil | Nomi | Obraz | Izoh |
---|---|---|---|
Feride | |||
2007 | Vijdon | Poʻlatboyning rafiqasi | |
Qorakoʻz | |||
Mening akam boʻydoq | |||
Endi dadam boʻydoq | |||
Oʻzimdan oʻzimgacha | |||
Sevgi farishtasi 2 | |||
Ichkuyov | |||
Telba | |||
Shabnam | |||
Kuzda gullagan daraxt | |||
Poyma poy | |||
Oqpadar | |||
Ayriliq |
Manbalar
tahrir- ↑ „Rano Yarasheva haqida“. Savol-javob.com. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
- ↑ „Ra’no Yarasheva birinchi turmushidan ajrashishi sababi, erining qasami sabab qizalog‘i o‘lgani haqida gapirib berdi“. Daryo.uz. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
- ↑ „Ra'no Yarasheva haqida“. Kitobxon.com. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
Havolalar
tahrir- Raʼno Yarasheva rol ijro etgan kinofilmlar roʻyxati[sayt ishlamaydi]