Rafael Cabral Barbosa — 1990-yil 20-mayda tugʻilgan, Rafael Cabral yoki oddiygina Rafael nomi bilan tanilgan. Braziliyalik professional futbolchi, „Cruzeiro“ darvozaboni.

Rafael Cabral
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rafael Cabral Barbosa[1]
Tavallud sanasi 20-may 1990-yil (1990-05-20) (34 yosh)
Tavallud joyi Sorocaba, Braziliya
Boʻyi 1.86 m
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Cruzeiro
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003-2010 Santos
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010-2013 Santos 151
2013-2018 Napoli 32
2018-2019 Sampdoria 2
2019-2022 Reading 95
2022- Cruzeiro
Milliy terma jamoa
2012 Brazil Olympic 1
2012 Braziliya 3
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 21-dekabr (utc) uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2012-yil 9-iyun uchun)

Jamoalardagi faoliyati

tahrir

Santos

tahrir

Sorocaba shahrida tugʻilgan Rafael 2003-yilda Santos yoshlar tizimiga qoʻshilgan. 2010-yilda u asosiy jamoaga koʻtarildi. Biroq, markaziy himoyachi Domingos bilan toʻqnashib ketishi oqibatida, oʻng oyogʻini sindirib oldi va toʻrt oyga safdan chiqdi.

Rafael AQShning „Santos“ va „New York Red Bulls“ jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvning ikkinchi boʻlimida maydonga tushdi. Unda Red Bull 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Rafael gol oʻtkazib yubormadi. New Yorkdan uchta gol birinchi boʻlimda, darvozabon Fabio Kosta boʻlganida kiritildi.

Uning „Santos“ safida rasmiy oʻyindagi debyuti 2010-yilning 2-iyunida Mineyraoda „Santos“ va „Cruzeiro“ oʻrtasidagi oʻyinda boʻlib oʻtgan va unda 0:0 hisobi qayd etilgan. U oʻsha mavsumda oldingi 37 ta oʻyinda qatnashgan Felipe oʻrnini egalladi.

2012-yilning 20-avgustida Rafael Cabralning oʻng koʻzidan qon keta boshladi. U 2012-yilgi Campeonato Brasileiro A Seriyaning „Santos“ — „Corinthians“ uchrashuvida Xuan Manuel Martines bilan toʻqnashib ketdi. Keyin u oʻzini tikladi va oʻyinni davom ettira oldi. Oʻyinda „Santos“ 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.[2]

Napoli

tahrir

2013-yilning 28-iyunida Rafael „Santos“dan Italiyaning „Napoli“ jamoasiga sotildi. Adzurrilar braziliyalik darvozabon uchun 5 million yevro toʻlagan.[3] Rafael UEFA Chempionlar ligasidagi debyutini Neapoldagi guruh bosqichida "Arsenal" ga qarshi oʻtkazdi. Uchrashuvda „Napoli“ 2:0 hisobida gʻalaba qozondi va Rafael inglizlarga qarshi oʻyinda oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Shunga qaramay, „Napoli“ guruh bosqichidan chiqa olmadi.

U ijaraga olingan Pepe Reyna ketganidan keyin 2014/15-yilgi mavsumda Rafael Benitesning asosiy darvozaboni boʻlgan.[4] 22-dekabr kuni Dohada boʻlib oʻtgan 2014-yilgi Italiya Superkubogida u Simone Padoinni penaltilar seriyasi oxirida toʻsatdan magʻlubiyatdan qutqarib, "Yuventus" ustidan gʻalaba qozondi.[5]

Sampdoria

tahrir

2018-yilning 22-iyulida Rafael Cabral „Sampdoria“ bilan tekinga shartnoma imzoladi.[6][7] 2019-yilning 5-avgust kuni „Sampdoria“ Rafael Cabralning klub bilan shartnomasi oʻzaro kelishuv asosida bekor qilinganini eʼlon qildi.[8]

Reading

tahrir

2019-yilning 6-avgustida Reading Rafael bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.[9] Rafael EFL kubogida Uikomb Uonderersga qarshi debyut qildi va penaltilar seriyasida ikkita penaltini saqlab qoldi.[10] Rafael Sky Bet chempionatidagi debyutini „Kardiff City“ga qarshi oʻtkazdi va 3:0 hisobida gʻalaba qozondi va birinchi marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.[11] Keyin esa u „Everton“ga ijaraga olingan Joau Virjiniya va Sem Uokerni ortda qoldirib, 1-oʻringa daʼvogarlik qildi. Rafaelning dekabr oyidagi ketma-ket oʻyinlardagi qahramonliklari unga WhoScored.com saytida 2019-yil dekabr oyining eng yaxshi jamoasi nomini oldi.

2020-yilning 22-iyulida, 2019/20-yilgi mavsumning soʻnggi oʻyini oldidan Rafael klubning eng yaxshi futbolchisi deb eʼlon qilindi.[12]

2022-yilning 17-yanvarida Rafael oʻzaro kelishuvga koʻra shartnomasi bekor qilinganidan keyin „Reading“ni tark etdi.[13]

Cruzeiro

tahrir

2022-yilning 19-yanvarida Rafael Evropadagi 9 yillik faoliyatidan soʻng Braziliyaga qaytib, B Seriyaning „Cruzeiro“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Xalqaro faoliayt

tahrir

Rafael Braziliya terma jamoasidagi debyutini 2012-yil 30-may kuni AQSHga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va 4:1 hisobida gʻalaba qozondi.

U London 2012-Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Braziliyaning 23 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasiga chaqirilgan, ammo keyinchalik jarohati tufayli almashtirilgan.

Karyera statistikasi

tahrir
2022-yil 8-yanvar[14]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum League Mamlakat kubogi Liga kubogi Continental Boshqa Jami
Division Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Santos 2010 Série A 32 0 2 0 2 0 0 0 36 0
2011 32 0 14 0 22 0 68 0
2012 25 0 12 0 16 0 53 0
2013 5 0 4 0 23 0 32 0
Jami 94 0 6 0 - - 28 0 61 0 189 0
Napoli 2013-14 Serie A 8 0 1 0 - 2 0 - 11 0
2014-15 23 0 0 0 - 8 0 1 0 32 0
2015-16 0 0 0 0 - 0 0 - 0 0
2016-17 1 0 1 0 - 0 0 - 2 0
2017-18 0 0 0 0 - 0 0 - 0 0
Jami 32 0 2 0 - - 10 0 1 0 45 0
Sampdoria 2018-19 Serie A 2 0 2 0 - - - 4 0
Reading 2019-20 EFL Championship 44 0 1 0 1 0 - - 46 0
2020-21 45 0 0 0 0 0 - - 45 0
2021-22 6 0 1 0 0 0 - - 7 0
Jami 95 0 2 0 1 0 - - - - 98 0
Umumiy 214 0 12 0 1 0 38 0 62 0 327 0

Yutuqlar

tahrir

Santos

  • San-Paulu shtati ligasi: 2010, 2011, 2012
  • Braziliya kubogi: 2010-yil
  • Libertadores kubogi: 2011-yil
  • Recopa Sudamericana: 2012-yil

Napoli

  • Italiya kubogi: 2013-14
  • Italiya Superkubogi: 2014-yil


Individual

  • Mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi: 2019-20[12]

Manbalar

tahrir
  1. „Notification of shirt numbers: Reading“. English Football League. Qaraldi: 2019-yil 26-oktyabr.
  2. „Goleiro Rafael é cortado e está fora da Olimpíada“. Estadão (24-iyul 2012-yil). Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
  3. „Santos acerta venda do goleiro Rafael para o Napoli“. Estadão (28-iyun 2013-yil). 30-iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-iyun 2013-yil.
  4. Weir, Stewart. „Genoa 1–2 Napoli: Dramatic De Guzman strike seals victory“. Goal.com (31-avgust 2014-yil). Qaraldi: 31-avgust 2014-yil.
  5. „Juventus 2–2 Napoli (5–6 on pens)“. BBC Sport (22-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2014-yil.
  6. „Sampdoria mercato Defrel ufficiale dalla Roma, acquistato Rafael "Sampdoria: il mercato si accende, Defrel ad un passo, preso Rafael"“ (it). Genova Today (22-iyul 2018-yil). Qaraldi: 22-iyul 2018-yil.
  7. „Sampdoria sign Rafael“. Football Italia. Qaraldi: 22-iyul 2018-yil.
  8. „Rafael contract terminated by mutual agreement“ (5-avgust 2019-yil).
  9. „Rafael joins Royals ranks“. readingfc.co.uk/. Reading F.C. (6-avgust 2019-yil). Qaraldi: 6-avgust 2019-yil.
  10. „Home of the Royals!“.
  11. „Home of the Royals!“.
  12. 12,0 12,1 „Rafael crowned as your Player of the Season 2019-20!“. readingfc.co.uk/. Reading F.C. (22-iyul 2020-yil). Qaraldi: 22-iyul 2020-yil. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Reading 2019–20 PotS" defined multiple times with different content
  13. „RAFAEL AGREES CONTRACT CANCELLATION TO RETURN TO BRAZIL“. readingfc.co.uk/. Reading F.C. (17-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 17-yanvar 2022-yil.
  14. Rafael Cabral Soccerway saytida. Qaralgan sana: 6 May 2015.

Havolalar

tahrir