Jalil Rahimov
Jalil Rahimov (1915-yil 1-may, Andyukon tumani Hartum qishlogʻi – 1985-yil 5-aprel, Andijon) – Oʻzbekiston xalq artisti (1960)[1]. Andijon viloyati musiqali drama teatrida spekttakllarda 200 ga yaqin turli xil obrazlarni yaratgan[2].
Jalil Rahimov | |
---|---|
Tavalludi |
1915-yil 1-may |
Vafoti |
1985-yil 5-aprel Andijon |
Kasbi | Aktyor |
Unvoni |
Biografiyasi
tahrirJalil Rahimov 1915-yil 1-may kuni Andijon viloyatida Andyukon tumani Hartum qishlogʻida tavallud topgan. Otasining vafotidan soʻng yetim qolgan. 1928-yili Jalil Rahimovni Andijon shahridagi birinchi sonli bolalar uyiga berishgan[2]. 1931-yilgacha ushbu maskanda tarbiya qilingan[2]. Bolalik davrlarida teatr sanʼatiga qiziqqan.
Jalil Rahimov 1931-yili Toshkentdagi teatr sanʼati bilim yurtiga oʻqishga kirgan va u yerda toʻrt yil taʼlim olgan. Oʻqishni tamomlagach, 1934-yildan Andijon teatrida aktyor boʻlib ishlagan.
Jalil Rahimov Abbos Bakirov Soyib Xoʻjayev, Umar Abdullayevdan hamda boshqa tajribali sanʼatkorlardan, respublika artistlaridan, qolaversa, rus klassiklaridan sanʼat sirlarini oʻrgangan[2].
Jalil Rahimov Komil Yashinning „Tormor“ spektaklida Turgʻun obrazini ijro etgan. Ozarbayjon yozuvchisi Hojibekovning „Arshin mol-olan“ komediyasidagi Vali rolini muvaffaqiyatli ijro etgan[2].
Jalil Rahimov repertuari Komil Yashinning „Yondiramiz“ pyesasida Tesha, Hamzaning „Xolisxon“ asarids Norboyvachcha, Sobir Abdullaning „Bogʻbon qizi“ da Turon, „Tohir va Zuhra“ spektaklida Tohir, „Maysaraning ishi“ da Mulladoʻst, „Romeo va Julyetta“ da Merkununno, Izzat Sultonning „Burgutning parvozi“da Joʻra, „Toshbolta Oshiq“ spektaklida Toshbolta, "Dil koʻzgusi spektaklida esa Samarzoda singari turli-xil obrazlarni sahnada ijro etgan[2].
Jalil Rahimov hazil qoʻshiqlar ijrochisi ham boʻlgan.
Jalil Rahimov ijodiga hajviy obrazlar yaqin boʻlib, tashqi boʻrttirish, taʼriftavsiflarning keskinligi, oʻtkir qochirimlar uning qahramonlariga xosdir[1]. „Farhod va Shirin“ spektaklidagi Yosuman, „Gulsara“ spektaklidagi Otinbuvi kabi kampirlar va „Revizor“da Osip, „Nomus va muxabbat“ komediyasida Oqilmirza kabi hajviy obrazlarni, keyinchalik „Besh soʻmlik kelin“ splektaklida Kablayi, „Burgutning parvozi“da Joʻra, „Muhabbat“ splektaklida Yetov, „Shohi soʻzana“, „Ogʻriq tishlar“da Qoʻziyev, Marasul, „Toshbolta oshiq“ spektaklida Toshbolta, „Qaroqchilar“ asarida esa Roller singari obrazlar yaratgan.
Jalil Rahimov filmlarda ham suratga tushgan[1]. U „Hamza“, „Natashaxonim“ kabi boshqa filmlarda ham rol ijro etgan[1].
Vafoti
tahrirJalil Rahimov 1985-yil 5-aprel sanasida Andijon viloyatida vafot etgan.
Mukofot va unvonlari
tahrirJalil Rahimov 1960-yili „Oʻzbekiston xalq artisti“ unvoni bilan taqdirlangan.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |