Kamoliddin Rahimov

oʻzbekistonlik xonanda
(Rahimov Kamoliddindan yoʻnaltirildi)

Kamoliddin Rahimov (12.01.1943 — 25.02.2015, Namangan) — xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (1983). Rahimov Jarangdor va kuchli ovoz sohibi boʻlgan va klassik yoʻnalishdagi qoʻshiqlari bilan shuhrat qozongan. Uning repertuaridan mumtoz va zamonaviy bastakorlar ashulalari („Bayot“, „Ushshoq“, „Girya“, „Koʻcha bogʻi“, „Qalandariy“, „Kuygay“ kabi) hamda kuylarini oʻzi yaratgan asarlari („Kul, azizim“, „Menga rahm ayla“, „Nargiz“, „Kelmaganingda“, „Mastona-mastona“, „Parvona qilsangiz“, „Ona madhi“ va boshqalar) oʻrin olgan.

Kamoliddin Rahimov

Maʼlumot
Tavallud topgan sanasi va joyi12-yanvar 1943-yil Namangan
Vafot etgan sanasi va joyi25-fevral 2015-yil(2015-02-25)
(72 yoshda) Namangan
Kasbiqoʻshiqchi
Mukofotlari

Hayoti

tahrir

Kamoliddin Rahimov 1943-yil 12-yanvarda Namanganda tugʻilgan. 1987-yil Toshkent madaniyat institutini tugatgan. 2015-yil 25-fevralda 72 yoshida Namanganda ogʻir xastalikdan soʻng vafot etgan.[1]

Rahimov ashula yoʻllarini dastlab Vahobjon Abdullayevdan oʻrgangan. Namanganda madaniyat uyi qoshidagi Usta Roʻzimatxon nomidagi ashula va raqs ansamblida xonanda, musiqa rahbari va badiiy rahbar (1960—71), Alisher Navoiy nomidagi viloyat teatrida yakkaxon xonanda (1972—98) boʻlib ishlagan.

Rahimov ijro uslubiga lirik talqin, soʻz bilan ohangdagi uygʻunlik xos. Oʻzbektelefilm studiyasida uning ijodiga bagʻishlangan „Dil taronasi“ filmi suratga olingan (1982). Rahimov ijrosidagi ashulalar bir nechta gramplastinka („Kamoliddin Rahimov kuylaydi“, 1966—1972; „Nargiz“, 1980; „Bulbul“, 1983; „Ul yor qoʻlida koʻza“, 1987) hamda kompakt disk („Qaydasan“ 2002)ga yozilgan. Rahimov Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Mahtumquli va boshqa mumtoz shoirlar asarlariga ashulalar turkumlarini 20 dan ziyod audiokassetaga toʻplab yozdirgan. Osiyo, Yevropa, Amerika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan.

Mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir