Rahmonqul Mahmaroziqov — (1885—1922) — Namanganlik qoʻrboshi. Rahmonqul qoʻrboshi Turkistondagi milliy ozodlik harakatining faol ishtirokchisi va rahbarlaridan biri. Namangan uyezdida oʻz faoliyatini olib borgan[1].

Rahmonqul qoʻrboshi
Rahmonqul Mahmaroziqov
Namanganlik qoʻrboshi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1885-yil
Asht tumanining Ashoba qishlogʻi
Vafoti 1922-yil


Tarjimayi holi

tahrir

Rahmonqul Mahmaroziqov 1885-yilda Asht tumanining Ashoba qishlogʻida (Hozirgi Tojikistonning Soʻgʻd viloyatida) Katta Oʻrda mahallasida mulla Mahmaroziq (Muhammad Roziq) xonadonida tavallud topgan.

Qoʻrboshilik faoliyati

tahrir

U faoliyati davomida Ashoba volostining sobiq otliqlar qorovuli va miroblar oqsoqoli yordamchisi kabi lavozimlarda ishlagan. Adabiyotlarda Rahmonqul tojik millatiga mansubligi koʻrsatilgan. Qahramon Rajabov soʻzlariga koʻra Rahmonqul qoʻrboshi oʻzbeklarning turk urugʻiga mansub boʻlgan. Ashoba hududidagi Asht tumanida azaldan oʻzbeklar istiqomat qilib kelgan. Rahmonqul qo’rboshi Ashobadagi oʻzing togʻli qishlogʻida mustahkam istehkom qurgan va shu yerdan turib sovet hokimiyati rejimiga qarshi kurash olib borgan. U 1916—1922-yillar Ashobani boshqargan. Rahmonqul qoʻrboshi bilan birgalikda Mamasodiq, Mamasodiq xalfa, Omonboy, Tursonboy, Karimqul kabi birodari, Abdusattor, Abdujabbor, Abdusamat nomli 3 nafar oʻgay ukasi, katta oʻgʻli Xudoyqul, Abdumutallib, Kichkina Ergash, Abdutolib, Mamajon, Abdugʻafur, Yoʻldoshboy, Boboxoʻja, Omon oqsoqol, Ermuhammad singari qoʻrboshi va ponsotlar, bir necha minglab yigitlar Turkiston uchun kurashlar olib borgan. 1922-yil 3-noyabrda 22 nafar yigiti va 4 yordamchisi bilan sovet hokimiyatiga taslim boʻlgan. Uning Ashobadagi istehkomi aviatsiya yordamida bombardimon qilingan. 1922-yil noyabr-dekabr oylarida boʻlib oʻtgan sudda Rahmonqul qoʻrboshi va uning oʻn nafar safdoshi otuvga hukm qilingan. Bu paytda Rahmonqul qoʻrboshi 40 yoshlarda boʻlgan[2].


Manbalar

tahrir
  1. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari “Oʻzbekiston tarixi” jurnali. — 2022.
  2. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari. Toshkent: „Fan“, 2022 — 400-bet.