Rajiv Gandi
Gandi Rajiv (1944.20.8, Bombay - 1991.21.5, Shri-Perumpudur) — Hindistonning davlat va siyosat arbobi. Indira Gandining oʻgʻli, Hindiston va Angliya universitetlarida oliy maʼlumot olgan. 1980 yildan Hindiston siyosiy hayotida faol ishtirok eta boshlagan va Hindiston Milliy kongressi (HMK) partiyasining yoshlar tashkiloti ga rahbarlik qilgan. 1981 yil iyunida Hindiston parlamentining xalq (quyi) palatasiga saylangan, 1983 yilining fevral oyida HMK (I) Umumhindiston qoʻmitasining bosh kotibi. 1984 yil 31 oktabrda Indira Gandining oʻlimidan soʻng xalq palatasidagi HMK (I) fraksiyasi rahbari etib saylangan va Xindiston Respublikasi bosh vaziri, 1984—88 yillarda Hindiston Tashqi ishlar vaziri. 1989 yil saylovlarda HMK (I) magʻlubiyatga uchragach, Gandi hukumati isteʼfoga chiqqan. U terrorchilar tomonidan oʻldirilgan.
Rajiv Gandi | |
---|---|
Rajiv Ratna Gandhi | |
![]() | |
Hindiston bosh vaziri | |
Mansab davri 1984-yil 31-oktyabr – 1989-yil 2-dekabr | |
Vorisi | Vishwanath Pratap Singh |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
20-avgust 1944-yil Bombay, Britaniya Hindistoni (hozirgi Mumbay, Hindiston) |
Vafoti |
21-may 1991-yil (46 yoshda) Sriperumbudur, Tamil Nadu, Hindiston |
Fuqaroligi |
![]() |
Siyosiy partiyasi | Indian National Congress |
Bolalari | Rahul Gandhi, Priyanka Gandhi Vadra |
Ota-onasi | Feroze Gandhi (ota), Indira Gandhi (ona) |
Kasbi | Uchuvchi, siyosatchi |
Mukofotlari | Andoza:Bharat Ratna mukofoti |
Imzosi | Fayl:Rajiv Gandhi Signature.svg |
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |