Rameshbabu Vaishali
Rameshbabu Vaishali (2001-yilda tugʻilgan) — hindistonlik shaxmatchi, u FIDE xalqaro shaxmat ustasi (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega. U grossmeyster R.Praggnanandhaaning katta opasi boʻladi[1].
Yoshligi
tahrirVaishali Rameshbabu Chennayda tamil oilasida tugʻilgan. U grossmeyster R Praggnanandhaaning katta opasi hisoblanadi. Uning otasi Rameshbabu „Tamil Nadu“ davlat korporatsiyasi bankida menejer boʻlib ishlaydi. Uning onasi Nagalakshmi esa uy bekasi hisoblanadi.
Faoliyati
tahrirVaishali 2012-yilda 12 yoshgacha va 2015-yilda 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqdi[2]. 2016-yilda u „Xalqaro ayol ustasi“ (WIM) unvonini oldi. U 2016-yilgi koʻrsatkichlar boʻyicha, Hindistonda ikkinchi oʻrinni va jahonning 16 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilari ichida 12-raqamli shaxmatchisi boʻlgan. Oʻsha paytda uning Elo reytingi 2300 ball edi.
U 2018-yil 12-avgust kuni, Latviya poytaxti Riga shahrida oʻtkazilgan „Riga Technical University Open“ shaxmat turnirida yakuniy oʻyindan soʻng, ayol grossmeyster (WGM) unvoniga ega boʻldi[3].
Vaishali oʻzining birinchi medalini qoʻlga kiritgan, Hindiston shaxmat terma jamoasi safida „Onlayn Olimpiada 2020“ turnirida ishtirok etgan[4][5].
U 2021-yilda xalqaro shaxmat ustasi (IM) unvonini oldi. 2022-yilda Vaishali 7/9 ball toʻplagan va ikkinchi grossmeyster unvonini qoʻlga kiritib, sakkizinchi Fisher memorialini qoʻlga kiritdi[6][7][8][9].
Vaishali tezkor shaxmat boʻyicha 2022-yilgi FIDE ayollar chempionatida ishtirok etish uchun taklif qilindi va u 1/8 finalda ayollar oʻrtasida blits boʻyicha jahon chempioni Bibisara Assaubayevani[10] va chorak finalda Harika Dronavallini magʻlub etdi[11][12].
Manbalar
tahrir- ↑ „World Youth Olympiad Round 9: India Red beats Russia! - ChessBase India“. www.chessbase.in (2017-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 4-iyun.
- ↑ „Rameshbabu Praggnanandhaaa celebrity xyz page“. Qaraldi: 2019-yil 29-dekabr.
- ↑ „R. Vaishali becomes Grand Master“. Qaraldi: 2019-yil 29-dekabr.
- ↑ „The entire Gold medal winning Indian team from Online Olympiad 2020 interviewed by ChessBase India - ChessBase India“. www.chessbase.in (2020-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 4-iyun.
- ↑ „The Triumph of the twelve brave Olympians - ChessBase India“. www.chessbase.in (2020-yil 30-avgust). Qaraldi: 2022-yil 4-iyun.
- ↑ „Asian champ Vaishali sets her sight at Grand Master title“. Business Standard India. Press Trust of India (2017-yil 24-may). Qaraldi: 2022-yil 6-may.
- ↑ Rao. „Fischer Memorial: Vaishali makes second GM norm, wins title“ (en). Sportstar. Qaraldi: 2022-yil 6-may.
- ↑ Staff. „Indian woman grandmaster R Vaishali secures 2nd GM norm by winning Greek chess event“ (en). NEWS9LIVE (2022-yil 4-may). 2022-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-avgust.
- ↑ „Vaishali triumphs at 8th Fischer Memorial 2022, scores her second GM-norm - ChessBase India“. www.chessbase.in (2022-yil 4-may). Qaraldi: 2022-yil 6-may.
- ↑ „FIDE WSCC 2022 Round of 16: Vaishali eliminates World Blitz Women champion Bibisara Assaubayeva - ChessBase India“. www.chessbase.in (2022-yil 14-iyun). Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
- ↑ „Vaishali R eliminates Dronavalli to reach semifinals“ (en). www.fide.com. Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
- ↑ West (NM_Vanessa). „Rising Star Knocks Out Experienced Compatriot“ (en-US). Chess.com. Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.