Rashid Malikov
Rashid Malikov – oʻzbek aktyori, rejissyori, ssenariynavisi, „Oʻzbekkino“ badiiy kengashi va Rossiya Kinematograflar gildiyasi aʼzosi[3][4][5]. U „Chinor ostidagi duel“ va „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ filmlarida aktyorlik, „Tog‘a“, „Sabot“ va „Tutqunlik“ filmlarida esa rejissyorlik qilgan[6][7][8].
Rashid Malikov | |
---|---|
Tavalludi |
3-iyul 1958-yil |
Fuqaroligi | OʻzSSR → Oʻzbekiston |
Kasbi | aktyor, rejissyor va ssenariynavis |
Filmlari | „Togʻa“, „Sabot“, „Klinika“ va „Tutqunlik“ |
Bolalari | 2 |
Mukofotlari | [1][2] |
Hayoti
tahrirRashid Malikov 1958-yil 3-iyulda Moskva shahrida shifokorlar oilasida tavallud topgan. Malikovning otasi stomatolog, onasi shifokor boʻlgan. U dastlab, shifokor boʻlishni orzu qilgan va 1975-yil Toshkent tibbiyot institutiga oʻqishga kirgan, 1980-yilda uni tamomlagan[9]. Ammo, u hech qachon tibbiyot sohasida ishlamagan. 1981-1986-yillari Malikov Butunrossiya davlat kinematografiya institutining rejissyorlik fakultetida tahsil olgan[10]. 1985-yil „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ va „Suyunchi“ filmlarida kichik epizodlarni ijro etgan. 1986-yil kinematografiya institutini tugatib, Oʻzbekistonga qaytib kelgan[11]. Uning aktyorlik faoliyati 1979-yilda „Chinor ostidagi duel“ filmidagi „Nortoy“ bosh rolini ijro etishdan boshlangan[12]. 1993-yilda Rashid Malikov AQShda Film in USA dasturi doirasida malaka oshirgan[13][14].
Ijodi
tahrir1987-yilda Rashid Malikov oʻzi ssenariylashtirgan „Klinika“ badiiy filmiga rejissyorlik qilgan[15].
2013-yilda Malikov Timofey Tribuntsev, Svetlana Ivanova va Ilya Lyubimov qatnashgan „Jenskiy den“ romantik komediya filmiga rejissyorlik qilgan[16][17][18].
2017-yilda suratga olingan „Sabot“ badiiy filmiga Malikov rejissyorlik qilgan[19]. Film 2018-yil Rossiya xalqaro kinofestivalida taqdim etilgan va moskvalik tomoshabinlarning olqishiga sazovor boʻlgan[20][21].
2018-yilda Muhlisa Azizova tomonidan suratga olingan, Rashid Malikov, Abduhamil Sodiqov va Bob Underwoodlar jangari, drama va triller janrlardagi Scorpion filmining ssenariynavislari hisoblanadi[22][23][24][25].
2021-yilda suratga olingan, drama janriga oid Tutqunlik badiiy filmiga Rashid Malikov bosh rejissyorlik qilgan[26].
Filmografiyasi
tahrirRejissor
tahrirYil | Nom | Janr |
---|---|---|
1986 | Pravila xoroshego tona | Qisqa metrajli film |
1987 | Klinika | Drama |
1989 | Neveroyatniy sluchay[27] | Fantastika, komediya |
1991 | Polunochniy blyuz | Melodrama, detektiv |
1992 | Tayna paporotnikov | Drama |
1992 | Qirq quloq siri[28] | Drama |
1997 | Peshiy | Drama |
2008 | Konstantinopol | |
2008 | Planeta pravoslaviya | Hujjatli film |
2009 | Utrenniy veter | |
2013 | Jenskiy den | Melodrama, komediya |
2014 | Togʻa[29][30] | |
2017 | Svideteli | Detektiv |
2018 | Sabot[31][32] | Drama |
2019 | Sumbul | |
2021 | Tutqunlik[33] | Drama, jangari, tarixiy film |
2024 | Paxta[34][35] | Drama |
2024 | Qariqiz[36] |
Aktyor
tahrirYil | Film | Rol | Janr |
---|---|---|---|
1979 | Chinor ostidagi duel[37][38] | Nortoy | Melodrama |
1979 | Loshadi pod lunoy | Oktam | |
1980 | Afsonaviy qiz | Abduvahob | Tarixiy film |
1982 | Suyunchi | Student | Drama |
1984 | Kelinlar qoʻzgʻaloni[39][40] | Toʻxtasin | Melodrama |
1986 | O tom, chego ne bilo[41] | Drama | |
1989 | Vojd na odnu smenu[42] | Drama | |
1992 | Nulevoy variant[43] | Xodjayev | Jangari film |
1997 | Piyoda | Drama | |
2002 | Drongo[44] | Jangari film | |
2007 | Sogʻinch soxili | Drama |
Mukofotlari
tahrirRashid Malikov 1986-yil „Pravila xoroshego tona“ qisqa metrajli filmi uchun Moskva yosh kinematograflar festivali mukofotini, 1988-yil „Klinika“ filmi uchun Lenin Komsomoli mukofotini, 1991-yil „Tungi blyuz“ filimi uchun Ashxobod xalqaro kinofestivalining bosh mukofotini, 2014-yil „Togʻa“ nomli filmi uchun Rossiyadagi „V krugu semi“ xalqaro kinofestivalining bosh mukofotini, 2018-yil „Sabot“ filmi uchun Rossiya kinematografchilari ittifoqining kinoshunoslar va kinotanqidchilar gildiyasi sovrinini, Kinoklublar federatsiyasi diplomini qoʻlga kiritgan[45][46][47]. Malikov 2019-yil „Sabot“ filmida rejissyorligi uchun „Eng yaxshi rejissorlik ishi“ nominatsiyasi gʻolibi boʻlgan[48][49]. 2022-yil avgust oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni asosida Rashid Malikov „Do‘stlik“ ordeni bilan mukofotlangan[50][51].
Rashid Malikovning kinoteatrlarning kelajagi haqida Gazeta.uz muxbiriga bergan intervyusidan:
Mening shaxsiy bashoratim shuki, vaqti kelib kinoteatrlar ommaviy ravishda yopiladi va filmlar Netflix kabi striming platformalariga oʻtadi.
Shaxsiy hayoti
tahrirRashid Malikov ikki farzandning otasi. Ularning biri qiz, biri oʻgʻil[52].
Manbalar
tahrir- ↑ „Davlat unvoni bilan mukofotlangan kinoijodkorlar e’tirof etildi“. uzbkino.uz. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
- ↑ Rashid Malikov “Do‘stlik” ordeni sohibi! YouTubeda
- ↑ „Интервью с Рашидом Маликовым: «Главное заблуждение — что кино может снимать каждый»“. afisha.uz. Qaraldi: 23-oktabr 2024-yil.
- ↑ „O'zbekiston Marketing Uyushmasining eksperti Malikov Rashid“. marketing.uz. Qaraldi: 24-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Рашид Маликов“. uzbkino.uz. Qaraldi: 24-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Rashid Malikov: "Qo‘limda bo‘lsa, xontaxta filmlarni man qilardim"“. www.bbc.com. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
- ↑ „Рашид Маликов“. www.kinomania.ru. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
- ↑ „‘Sabot - Rashid Malikov ’“. bozar.be. Qaraldi: 24-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Рашид Маликов биография“. www.kinoexpert.ru. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
- ↑ Рашид Маликов - Современное кино Центральной Азии - Узбекистан [english subtitles (ролик перезалит)] YouTubeda
- ↑ RASHID MALIKOV KINO, YOSHLAR VA O'ZBEK MIGRANTLARI TO‘G‘RISIDA SO‘ZLADI YouTubeda
- ↑ Kino sirlari - Chinor ostidagi duel filmidagi Nortoy nimalar bilan band Rashid Malikov YouTubeda
- ↑ „Rashid Malikov O‘zbekistonda bir mavzuda film ishlash «moda» bo‘lishi haqida - «Hozir filmlarning 90 foizi tarixiy mavzuda»“. kun.uz. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
- ↑ Rashid Malikov bilan suhbat(oʻzb.) Telegram mesenjerida
- ↑ „Рашид Маликов“. www.vokrug.tv. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
- ↑ „Женский день“. www.vokrug.tv. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
- ↑ „Женский день (2013)“. www.kino-teatr.ru. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
- ↑ „Женский день (2013)“. www.kinopoisk.ru. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
- ↑ „Стойкость“. www.vokrug.tv. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
- ↑ „"Sabot": O‘zbekiston kinosining Rossiyaga zafarli qaytishi“. oz.sputniknews.uz. Qaraldi: 23-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Rashid Malikov: “Sabot”ning g‘alabasi butun o‘zbek kinematografiyasiga tegishlidir! (Intervyu)“. zamin.uz. Qaraldi: 23-oktabr 2024-yil.
- ↑ „“Scorpion”: ishonchsiz va soxta epizodlar, nooriginal g'oya...“. zamin.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „«Scorpion» trilleri o‘zbek kinosida yangi davrni boshlab beradi“. xabar.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „«SCORPION» haqida eshitganmisiz? Filmni kinoteatrda tomosha qilish uchun 5ta sabab“. kun.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Uzoq kutilgan film: "Scorpion" nega zerikarli, mantiqsiz va tushunarsiz?“. aniq.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Rashid Malikov: Menga chiroyli fotomodellar kerak emas edi...“. www.facebook.com. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
- ↑ „Neveroyatnyy sluchay“. moviepilot.de. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Qirq quloq siri“. imdb.com. Qaraldi: 23-oktabr 2024-yil.
- ↑ „1980-yillar haqida hikoya qiluvchi “Tog‘a” filmining premyerasi o‘tkazildi“. daryo.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Tog'a (o'zbek film)“. youtube.com. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „“Sabot” filmi Markaziy Osiyoning onlayn namoyishlarida ishtirok etadi“. yuz.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Jahon kinosanʼatida hanuz dastxati yoʻq, xato, xulosa va saboq orasidagi oʻzbek kinosi haqida mutaxassis tahlili“. oyina.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „O‘zbek kinoijodkorlari Turkiyada“. zamon.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ “Paxta” filmining tasvirga olish ishlari boshlandi(oʻzb.) Telegram mesenjerida
- ↑ „Kinematografiya agentligi buyurtmasi bilan “Paxta” filmini suratga olishning ilk kuni boshlandi.“. instagram.com. Qaraldi: 23-oktabr 2024-yil.
- ↑ Shifokorlar haqida yana bir film suratga olinmoqda(oʻzb.) Telegram mesenjerida
- ↑ “Chinor ostidagi duel ” badiiy filmi.(oʻzb.) Telegram mesenjerida
- ↑ „Chinor tagidagi duel“. itv.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Kelinlar qo'zg'oloni (o'zbek film)“. ok.ru. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Kelinlar qo'zg'oloni“. cinerama.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „О том, чего не было (1986)“. hi-fi.ru. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Вождь на одну смену“. kinomania.ru. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Nulevoy variant“. w140.zona.plus. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Дронго (сериал, 2002)“. film.ru. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Рашид Маликов“. www.kino-teatr.ru. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
- ↑ „Rejissor Rashid Malikov Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasidan xafsalasi pir bo‘lgani haqida so‘zlab berdi“. Gazeta.uz. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
- ↑ „Grands prix are ahead of uzbek filmmakers“. uzairways.com. Qaraldi: 23-oktabr 2024-yil.
- ↑ Oltin humo milliy kinotaqdimotida eng yaxshi kinoijodkorlar taqdirlandi YouTubeda
- ↑ „Rashid Malikov: “Sabot”ning g`alabasi butun o`zbek kinematografiyasiga tegishlidir!)“. darakchi.uz. Qaraldi: 24-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Bayramoldi bir guruh fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat xodimlari unvonlar bilan siylandi“. Qalampir.uz. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
- ↑ „Кино олами“. facebook.com. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
- ↑ MTV Show - Rashid Malikov YouTubeda
Adabiyotlar
tahrir- Matyakubov X.X. Oʻzbekistonning eng yangi tarixi. Toshkent: Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2021 — 140-bet.
- „Mustaqillik yillari mamlakatimizda kino va milliy qо'shiqchilik sohalarining rivojlanishi“. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti xabarlari. Toshkent: O‘zDSMI. 2021.
Havolalar
tahrir- Rashid Malikov IMDbda
- Malikov oʻynagan, rejissorlik qilgan va ssenariy yozgan filmlar roʻyxati (rus.)
Vikipediyada «Shaxsiyatlar» loyihasi bor |