Rauf Baratov
Rauf Baratov (Rauf Baratovich; 10-oktabr 1921-yil — 15-yanvar 2013) — sovet tojik geolog, Tojikiston Fanlar akademiyasi akademigi (1968). Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1974). Tojikiston Fanlar akademiyasi Fizikamat va geologiya kimyo fanlari boʻlimining akademik kotibi (1959—76), Tojikiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti (1976—81). 1990-yillar oxirida Tojikiston Fanlar akademiyasi Prezidenti maslahatchisi.
Rauf Baratov | |
---|---|
Tavalludi |
10-oktyabr 1921 Qoʻqon uyezdi, Fargʻona viloyati |
Vafoti | 15-yanvar 2013 Qozon Rossiya |
Fuqaroligi | SSSR va Tojikiston |
Sohasi | Geologiya |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirRauf Baratovich Baratov 1921-yil 10-oktabrda RSFSR Turkiston ASSR Farg‘ona viloyati Qo‘qon tumani Po‘latan qishlog‘ida (hozirgi Tojikiston Respublikasi Sug‘d viloyati Konibodom tumani qishlog‘i) dehqonlar oilasida tug‘ilgan. Yoshligidan ota-onasi bilan Konibodomda yashagan. Yetti yillik maktabni tamomlagan.
Baratov Geologiyaga bolaligidanoq qiziqa boshlagan. Biroq, uning birinchi orzusi oʻqituvchi boʻlish edi. Rauf Baratovich maktabni tugatgach, pedagogika bilim yurtiga o‘qishga kiradi va 1937-yilda uni aʼlo baholarga tugatib, shu yerda muallimlik faoliyatini boshlaydi. Biroq uning geologiyaga ishtiyoqi tez orada o‘z o‘rnini topdi va 1938-yili Toshkentdagi O‘rta Osiyo Davlat universitetining geologiya-tuproq fakultetiga o‘qishga kiradi. Bo‘lajak akademik Ikkinchi jahon urushi boshlanganda universitetning uchinchi kursini tamomlagan. 1942-yilda Stalinobodga borgan, u yerda SSSR Fanlar akademiyasi Tojikiston filiali Geologiya instituti negizida geologiya-qidiruv brigadalari tashkil etilayotgan edi. Leningrad konchilik instituti dotsenti I. K. Nikitin ekspeditsiyasida kollektor boʻlib ishlagan. Ekspeditsiya uning bevosita ishtirokida Tamdikoʻl mishyak-volfram konini, Xait viloyatidagi Dara-Piyoz qoʻrgʻoshin konini, Rohatida esa Mogovskoe florit konini topgan. Hisor-Qorategin va Oloy tog‘larida olib borilgan geologik qidiruv ishlari unga eng boy ilmiy material va katta amaliy tajriba bergan.
Rauf Baratovich Baratov Oʻrta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1945) va shu yili Baratov aspiranturaga o‘qishga kirdi. 1948-yildan Tojikiston Fanlar akademiyasi Geologiya institutida ishlagan (1953-yildan institut direktori) va ilmiy izlanishlarini davom ettirgan. Hisor tizmasining magmatik komplekslari va u bilan bogʻliq rudalanishni tavsiflagan. Regional magmatik tuzilmalarning yoshi boʻyicha ketma-ket joylashganligi sxemasini ishlab chiqqan. Pomir va Hisor-Olay magmatik formatsiyalari petrologiyasi va geokimyosining asosiy xususiyatlarini, regiondagi endogen konlarining hudud boʻylab joylashish qonuniyatini aniqlagan. Oʻsha davrlarda yosh isteʼdodli olim V. I. Lenin nomidagi Tojikiston davlat universitetiga kristall jinslarning petrografiyasi va metallogeniya bo‘yicha maʼruzalar o‘qishga taklif qilindi. Rauf Baratovich 2006-yilgacha universitetda dars bergan va shu vaqt ichida mutaxassislik boʻyicha sovet va tojik geologlarining bir necha avlodini tayyorlagan. 1949-yilda „Varzob daryosi havzasining magmatik jinslari va ular bilan bog‘liq konlar“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. R. B. Baratovning yozgan dissertatsiyasi xalq xoʻjaligida katta ahamiyatiga ega edi. Dissertatsiyasida o‘sha hududdagi yangi ruda konlarini qidirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar berilgan.
Vafoti
tahrirRauf Baratovich Baratov hayotining soʻnggi daqiqalarini Qozon shahrida kenja o‘g‘lining oilasida yashab oʻtkazdi. Rauf Baratov 2013-yil 15-yanvarda vafot etdi. U Dushanbedagi „Luchob“ memorial qabristoniga dafn etilgan[1].
Xotirasi
tahrirRauf Baratovich Baratov sharafiga 1975-yilda KLi3Ca7Ti2(SiO3)12F2 minerali baratovit deb nomlandi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Skolko zaxoroneno v Dushanbe lyudey i kak soderjatsya stolichnie kladbiщa?
- ↑ „Baratovite Mineral. General Baratovite Information“. 2013-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-noyabr.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |