Ravshan Toshpoʻlatovich Bozorov (Bazarov) (ruscha: Бозоров, Равшан; 1968-yil 10-may) – sovet va oʻzbek sobiq futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan.

Ravshan Bozorov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ravshan Toshpoʻlatovich Bozorov
Tavallud sanasi 10-may 1968-yil (1968-05-10) (56 yosh)
Tavallud joyi Fargʻona, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Boʻyi 176 cm (5 ft 9 12 in)
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
NBU-Osiyo
Raqami bosh murabbiy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1985—1989 Sovet Ittifoqi Surxon 95 (28)
1987—1989 Sovet Ittifoqi Zvezda (Tallin) KFK
1990—1991 Sovet Ittifoqi Pomir 41 (4)
1991—1994 Sovet Ittifoqi / Oʻzbekiston Neftchi 97 (47)
1995—1996 Oʻzbekiston Paxtakor 53 (29)
1997 Oʻzbekiston Neftchi 25 (19)
1998—2002 Oʻzbekiston Dinamo (Samarqand) 91 (51)
2002 Oʻzbekiston Mashʼal 13 (9)
2003 Oʻzbekiston Lokomotiv (Toshkent) ? (19)
2004—2005 Oʻzbekiston Toʻpalang 24+ (53)
2006—2007 Oʻzbekiston Lokomotiv (Toshkent) 27 (9)
2007 Oʻzbekiston Navbahor 1 (0)
Total 467+ (268+)
Milliy terma jamoa
1992—1997 Oʻzbekiston Oʻzbekiston 26 (5)
Boshqargan klublari
2009—2010 Oʻzbekiston Dinamo (Samarqand) (assistent)
2011 Oʻzbekiston Lokomotiv (Toshkent) (assistent)
2012—2014 Oʻzbekiston Lokomotiv (Toshkent) (yoshlar jamoasi)
2014—2016 Oʻzbekiston NBU-Osiyo
2016 Oʻzbekiston Navbahor
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Tarjimai hol

tahrir

Faoliyatini 1985-yilda „Surxon“ klubida boshlagan va 1990-yilgacha oʻynagan. 1990—1991-yillarda SSSR chempionati Oliy ligasida „Pomir“ safida toʻp surgan. 1991-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtgan va u yerda oʻz faoliyatidagi eng katta muvaffaqiyatga erishgan, uch karra chempion va Oʻzbekiston kubogi sohibiga aylangan. 1995-yildan buyon turli klublarda – „Paxtakor“, „Dinamo“, „Mashʼal“, „Toʻpalang“, "Lokomotiv"da oʻynagan.

Birodar Abduraimov klubi“ (oʻzbek futbolida 200 dan ortiq gol urgan futbolchi sifatida) va „Gennadiy Krasnitskiy klubi“ga aʼzo boʻlgan. Faoliyatini 2007-yilda „Navbahor“ jamoasida faoliyatini yakunlagan.

Oʻzbekiston terma jamoasi safida 26 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan[1].

Murabbiylik faoliyati

tahrir

Murabbiylik faoliyatini 2009-yilda „Dinamo“da yordamchi boʻlib boshlagan. 2011-yilda „Lokomotiv“ klubida bosh murabbiy yordamchisi boʻlgan. 2012—2014-yillarda ushbu klubning yoshlar jamoasiga ustozlik qilgan. 2014-yilda Birinchi ligada oʻynaydigan NBU-Osiyo klubi bosh murabbiyi boʻlgan[2]. 2016-yilda „Navbahor“ jamoasiga rahbarlik qilgan.

Yutuqlari

tahrir
  • 1  Oʻzbekiston chempioni (3): 1992, 1993, 1994
  • 1  Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1994
  • Oʻzbekiston chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 1994 (26 gol)

Manbalar

tahrir
  1. „Статистика игроков сборной Узбекистана“ (deadlink). 8-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2015-yil.
  2. „Равшан Бозоров главный тренер «НБУ-Азия»“. 6-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2015-yil.

Havolalar

tahrir