Ravshan Saydaxmedov

oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor

Ravshan Xolxo‘jayevich Saydaxmedov (1961-yil 27-may, Toshkent tumani, Toshkebt viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor.

Ravshan Xolxo‘jayevich Saydaxmedov'
Tavalludi 27-may 1961-yil (1961-05-27) (63 yosh)
Toshkent tumani, Toshkent viloyati Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi muhandis olim
Sohasi aviatsiya
Taʼlimi Toshkent politexnika instituti
Ilmiy darajasi texnika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Ravshan Saydaxmedov 1961-yil 27-may Toshkent tumanida tugʻilgan. Dastlab Xarkov oliy aviatsiya harbiy injenerlar bilim yurtida, keyinchalik Toshkent politexnika institutining samolyotsozlik fakultetida tahsil olgan. 1986—1988-yillarda Toshkent politexnika instituti samolyotsozlik fakulteti „Mexanik ishlov berish texnologiyasi“ kafedrasining laboratoriya mudiri, 1988—1989-yillarda assistent, 1989—1991-yillarda Moskva aviatsiya instituti stajyor-tadqiqotchisi. 1991—2000-yillartda Toshkent davlat aviatsiya instituti „Uchish apparat detallarini ishlab chiqarish texnologiyasi“ kafedrasi mudiri, 2000—2002-yillarda Moskva aviatsiya instituti doktoranti, 2002—2004-yillarda Toshkent davlat aviatsiya instituti magistratura boʻlimi boshligʻi, 2004—2005-yillarda „Uchish apparatlarini ishlab chiqarish texnologiyasi“ kafedrasi mudiri, 2005—2008-yillarda Toshkent davlat aviatsiya instituti prorektori, 2008-yilda shu institutning rektori, 2008-2010-yillar Toshkent davlat texnika universiteti „Aviasozlik“ kafedrasi mudiri, 2010—2011-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektor, 2011—2013-yillarda Andijon mashinasozlik instituti rektori, 2013—2016-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti rektori, 2016—2017-yillar universitetning „Fan va taraqqiyot“ davlat unitar korxonasi bosh ilmiy xodimi, 2017—2019-yillarda „Materialshunoslik“ kafedrasi professori, 2019—2020-yillarda „Havo kemalari va jihozlarining texnik ekspluatatsiyasi“ kafedrasi professori lavozimida faoliyat olib borgan. 2020-yildan Toshkent davlat transport universiteti, Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti „Aviatsiya injiniringi“ kafedrasi professori[1].

Ilmiy faoliyati

tahrir

2002-yilda ruscha: „Разработка ионно-плазменных покрытий на основе нитридов и карбидов переходных металлов с регулируемой стехиометрией“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 6 ta monografiya, 10 dan ortiq darslik va oʻquv qoʻllanmalari, 300 ga ilmiy maqolalar muallifi[1][2].

Mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir