Rega bantu guruhiga mansub xalqdir. Boshqa nomlari: varega, barega (oʻzini shunday ataydi), lega. Ular Zairdagi Kivu koʻli va Lualaba daryosiorasidagi yashaydi.

Soni — 400 ming kishi. Inson. Kirega tilida gaplashadi. Ular anʼanaviy eʼtiqodlarga amal qilishadi, ammo nasroniylari ham bor. Ular ixcham joylashadilar, qishloqlar odatda yoʻllar yoki daryolar boʻylab choʻzilgan.

Xoʻjaligi

tahrir

Asosiy anʼanaviy kasblari: qishloq xoʻjaligi, asosan oʻt qoʻyib oʻrmon ochib yerga ishlov berish, daryoda baliq ovlash va ovchilik. Ularda kassava, shirin kartoshka, banan, palma moyi, sabzavotlar yetishtiriladi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari regalarning asosiy ratsionini tashkil qiladi — ular xom va qovurilgan banan, maniok noni, boʻtqa hamda palma yogʻi va issiq ziravorlar qoʻshilgan xoʻrdalar isteʼmol qiladilar.

Mavsumiy ishlar plantatsiyalarda, baʼzan sanoat korxonalarida keng tarqalgan, regalarning bir qismi mayda savdo bilan shugʻullanadi.

Oilasi

tahrir

Regalar qabila boʻlinishini saqlab qolgan. Asosiy ijtimoiy birlik — bu katta oila jamoasi. Qarindoshlik hisobi ota liniyasida, baʼzan ona liniyasidadir. Nikohdan soʻng kelin kuyovnikiga oʻtadi.

Maishiy hayoti va madaniyati

tahrir

Regalarda badiiy hunarmandchilik — savat va boʻyra toʻqish, yogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik rivojlangan.

Regalar yashaydigan anʼanaviy turar-joylar toʻrtburchak shaklida boʻlib, devori sinchli, tomiga bordon, palma bargi yoki poxol yopiladi.

Anʼanaviy kiyimlari (oʻtlardan toʻqilgan kamar yoki fartuklar) ishlatilmaydi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Alekseev B. A., Alekseeva N. N., Danshin A. I., Zonn I. S., Ivanova I. S., Samburova Ye. N., Timashev I. Ye., // Vsya Aziya : Geograficheskiy spravochnik / — M.: OOO Izdatelstvo „Muravey“, 2003. — S. 68.

Adabiyotlar

tahrir