Rifat Ortiqov
Shaxsiy ma'lumotlar | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Millati | Oʻzbekiston | |||||||
Tug'ilishi |
1983-yil[1] 24-yanvar (39 yosh) Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR | |||||||
Balandligi | Andoza:Infobox shaxs/balandligi | |||||||
o'g'irligi | 92 kg (203 lb) | |||||||
Sport | ||||||||
Sport | Yengil atletika | |||||||
Medallari va yutuqlari
|
Rifat Rimatovich Ortiqov (1983-yil 24-yanvar, Toshkent viloyati) — o‘zbek yengil atletikachisi, ko‘pkurash mutaxassisi. 2001—2012-yillarda yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida ishtirok etadi, yopiq inshootlardagi Osiyo chempionati bronza medali sovrindori, milliy ahamiyat ega birinchi chempionatlar g‘olibi va sovrindori, Londonda o‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi sanaladi.
Tarjimai holi
tahrirRifat Ortiqov 1983-yil 24-yanvarda O‘zbekiston SSR Toshkent viloyatida tug‘ilgan.
U birinchi marta 2001-yilgi mavsumda O‘zbekiston terma jamoasi safiga qo‘shilgan va Bandar-Seri-Begavan shahridagi o‘smirlar o‘rtasidagi birinchi Osiyo chempionatida ishtirok etib, o‘nkurash dasturida oltinchi o‘rinni egallaganida o‘zini yengil atletika bo‘yicha xalqaro miqyosda eʼlon qilgan edi.
2002-yili Bangkokda o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida bronza medali, Kingston shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 16-o‘rinni egalladi.
2004-yilda u Tehrondagi yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatiga tashrif buyurib, u yerdan bronza medalini olib qaytadi — yettikurashda jamlagan 5299 ball bilan shaxsiy rekordni o‘rnatdi, faqat qozog‘istonlik Pavel Dubitskiy va eronlik Ahmad Husayniyga imkoniyatni qo‘ldan yuoy berib qo‘yadi.
2006-yilda Pattayada bo‘lib o‘tgan yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida u yettikurashda beshinchi bo‘ldi.
2007-yili Ammandagi Osiyo chempionatida tayanib sakrash bo‘yicha io‘tirok etadi, biroq barcha urinishlar zoye ketadi va hech qanday natijaga erishmaydi.
2009-yilda Guanchjouda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida o‘nkurash bo‘yicha oltinchi o‘rinni egalladi.
2010-yilda Guanchjoudagi Osiyo o‘yinlarida u yana shu natijani ko‘rsatadi.
2011-yil Kobe shahridagi Osiyo chempionatida u o‘nkurash bo‘yicha o‘z natijasini muddatidan oldin yakunladi. Mavsum boshida Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kubogida u 7975 ochko bilan o‘zining shaxsiy rekordini o‘rnatadi[2].
Bir qator davomli muvaffaqiyatli chiqishlari tufayli u 2012 yilda Londonda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida mamlakat sharafini himoya qilish huquqiga ega bo‘ldi — u o‘nkurashning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha jami 7203 ball to‘pladi va yakuniy musobaqa bayonnomasida 26-o‘rinni qo‘lga kiritadi[3][4][5].
Manbalar
tahrir- ↑ Rifat Artikov // Mirovaya lyogkaya atletika — 1912.
- ↑ Rifat Artikov — profil na sayte IAAF[sayt ishlamaydi] (angl.)
- ↑ Rifat Artikov Arxivnaya kopiya ot 5 oktabrya 2016 na Wayback Machine (angl.) — stranitsa na sayte Mejdunarodnogo olimpiyskogo komiteta
- ↑ Rifat Rimatovich Artikov — olimpiyskaya statistika na sayte Sports-Reference.com (angl.)
- ↑ „Лондон-2012: Десятиборец Рифат Артиков занял последнее место“. UzDaily.uz (2012-yil 10-avgust). 2020-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-iyun.