Grigoriy Markovich Truxnov (belaruscha: Rigor Markavіch Truxnooʻ; 1908-yil15-oktyabr, Shamki, Minsk viloyati, Rossiya imperiyasi – 1986-yil 26-noyabr, Minsk) – sovet belarus tarixchisi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Tarix fanlari doktori (1966), professor (1967). BSSR Oliy maktabida xizmat koʻrsatgan xodim (1982)[1].

Grigoriy Markovich Truxnov
Tavalludi 15-oktyabr 1908-yil
Shamki, Minsk viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 26-noyabr 1986-yil(1986-11-26)
(78 yoshda)
Minsk, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi Tarixchi
Ish joylari Samarqand davlat universiteti
Taʼlimi Belarus davlat pedagogika universiteti
Mukofotlari

Hayoti

tahrir

Grigoriy Truxnov Minsk viloyati, Borisov tumani, Shamki qishlogʻida tugʻilgan. 19271929-yillarda Sovet partiya maktabida oʻqigan, soʻngra Dubrovnodagi ishchilar fakultetida tarix fanidan dars bergan. 19311934-yillarda Minsk pedagogika institutining ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida tahsil olgan. 19341938-yillarda Borisovda oʻqituvchi boʻlib ishlagan[2]. 1939-yilda Belarus davlat pedagogika universitetining Yangi tarix fakulteti aspiranturasiga oʻqishga kirib, uni 1941-yilda tamomlagan. 1941-yil iyul-oktyabr oylari mobaynida Samarqand davlat universitetida yangi tarix fanidan dars bergan.

Grigoriy Tarxunov 1941-yil oktabr oyida janubi-gʻarbiy frontdagi 213-piyoda diviziyasining tankga qarshi artilleriya batalyonida oddiy askar sifatida frontga joʻnatilgan. Stalingrad jangida u bir necha marta yaralangan va snaryaddan zarba olgan. 1942-yilning noyabr oyida nemis tilini yaxshi bilishi tufayli 81-alohida diviziyaning razvedka boʻlimida, keyinroq 14-gvardiya otliq diviziyasining razvedka boʻlimida tarjimon boʻgan. Dasht, Don va 1-Belorusiya frontlarida jang qilgan. 1944-yil noyabr oyidan boshlab 1945-yil dekabr oyigacha 7-gvardiya otliqlari korpusining razvedka boʻlimida tarjimonlik qildi. Grigoriy Tarxunov Ulugʻ Vatan urushini gvardiya kapitani unvoni bilan tugatgan, ikkita 1 va 2-darajali Vatan urushi ordeni, ikkita Qizil Yulduz ordeni, shuningdek uchta medal bilan ham taqdirlangan[3].

1946-yildan boshlab esa Belarus davlat universitetining zamonaviy tarix fakultetida dars berishni boshlagan. 1949-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan. 1967-yilga kelib esa professor ilmiy unvoniga ham sazovor boʻlgan[4]. Grigoriy Tarxunov 1986-yil 26-noyabrda vafot etgan.

Ilmiy faoliyati

tahrir

1948-yilda Grigoriy Tarxunov „1912-1913-yillardagi Birinchi Bolqon urushi davrida Germaniyaning Bolqondagi imperialistik siyosati“ mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi, shundan soʻng 1918—1923-yillarda Germaniyadagi inqilobiy yuksalish tarixini oʻrganishni boshladi. 1964-yilda u birinchi doktorlik dissertatsiyasini „Germaniyadagi inqilobiy yuksalish“ mavzusida himoya qildi.

Professor Sovet Belarusiya nemisshunoslik maktabining asoschisi edi. Lev Shneerson bilan birgalikda u Belorussiya germanistlarining ilmiy maktabini boshqarib borgan.

Manbalar

tahrir
  1. Острога В. А. „Трухнов Григорий Маркович“, . Республика Беларусь: энциклопедия в 6 т. БелЭн, 2008 — 276-bet. 
  2. „З аўтабіяграфіі прафесара БДУ Г. М. Трухнова“. История БГУ. 2020-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-fevral.
  3. Космач Г. А. Основоположник белорусской школы германистики. К 100-летию выдающегося учёного и незабываемого человека Трухнова Григория Марковича // Белорусская германистика: актуальные научные проблемы и этапы развития. К 100-летию основателя научной школы советской белорусской германистики Г. М. Трухнова: материалы Республиканской научно-теоретической конференции, Минск, 2 дек. 2008 г. / БГПУ им. М. Танка; редкол.: Н. М. Забавский [и др.]; отв. ред. Г. А. Космач. — Минск: БГПУ, 2008. — С. 3—12.
  4. Кошелев В. С.. Кафедра истории Нового и Новейшего времени БГУ. Минск: БГУ, 2010 — 36-bet. ISBN 978-985-518-445-5.