Ringo Starr
Ser Richard Starkey (talaffuzi: Richard Starki) (1940-yil 7-iyulda tugʻilgan), Ringo Starr nomi bilan tanilgan, ingliz musiqachisi, qoʻshiqnavisi va aktyoridir. „The Beatles“ guruhining barabanchisi oʻlaroq xalqaro miqyosda shuhrat qozongan. Starr vaqti-vaqti bilan guruhning asosiy vokalchisi vazifasini bajargan. Xususan, deyarli har bir „The Beatles“ albomida Starr bitta qoʻshiqni kuylagan. „Yellow Submarine“ va „With a Little Help from My Friends“ qoʻshiqlari bunga misol boʻla oladi. Starr, shuningdek, guruhning „Don't Pass Me By“ va „Octopus's Garden“ qoʻshiqlarini yozgan va kuylagan, yana toʻrtta „The Beatles“ qoʻshigʻining hammuallifi oʻlaroq koʻrsatilgan.
Ringo Starr | |
---|---|
Ringo Starr 2019-yilda | |
Tavalludi |
Richard Starkey 7-iyul 1940-yil Liverpul, Angliya |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 1957–bugun |
Turmush oʻrtogʻi |
|
Bolalari | 3 nafar, jumladan, Zak Starkey |
Otasi | Richard Henry Parkin Starkey |
Onasi | Elsie Starkey |
Qarindoshlari | Francesca Gregorini (oʻgay qizi) |
Musiqiy faoliyati | |
Janrlar | |
Cholgʻular |
|
Leybllar | |
Guruhlari | Ringo Starr & His All-Starr Band |
Sobiq guruhlari | |
Veb-sayti | ringostarr.com |
Imzosi | |
Starr bolaligida hayotiga tahdid solgan kasalliklar bilan ogʻrigan, bir necha marta uzoq muddat kasalxonada davolangan. Oʻsmirlik chogʻida Buyuk Britaniyada ommalashgan skiffl janriga qiziqa boshladi. 1957-yilda oʻzining birinchi guruhi – „Eddie Clayton Skiffle Group“ guruhiga asos soldi. 1958-yil boshida skifflga qiziqish susayib, Amerika rok-n-roli ommalashguniga qadar Starrning ilk guruhi bir nechta nufuzli mahalliy tadbirga chaqirildi. 1960-yilda „The Beatles“ tashkil topganida Starr Liverpulda tuzilgan boshqa guruh – „Rory Storm and the Hurricanes“ guruhining aʼzosi edi. Guruh Buyuk Britaniya va Gamburgda kamtar muvaffaqiyatga erishdi. 1962-yilning avgust oyida Starr Pit Best oʻrniga „The Beatles“ guruhiga aʼzo boʻlish taklifini olgach, „Hurricanes“ guruhini tark etdi.
Starr bir necha „The Beatles“ hamda boshqa filmlarda rol oʻynagan. Guruh tarqalib ketganidan soʻng, bir nechta muvaffaqiyatli singllarni chiqardi, jumladan, AQSH xit-paradlarida eng yuqori oʻntalikka kirgan „It Doesn't Come Easy“ qoʻshigʻi va birinchi pogʻonaga koʻtarilgan „Photograph“ va „You're Sixteen“ qoʻshiqlarini. Buyuk Britaniyadagi eng muvaffaqiyatli singli „Back Off Boogaloo“ boʻlib, ushbu kompozitsiya mamlakat xit-paradida ikkinchi pogʻonagacha koʻtarildi. Starr 1973-yilda eʼlon qilgan „Ringo“ albomi tanqidchilar tomonidan yuqori baholandi va koʻp adadda sotildi. Albom Buyuk Britaniya va AQSHda albom xit-paradlarida eng yaxshi oʻntalikka kirdi. Starr, shuningdek, koʻplab hujjatli filmlarda suratga tushgan, telekoʻrsatuvlarni olib borgan, bolalar uchun moʻljallangan „Thomas & Friends“ dasturining dastlabki ikki seriyasini hikoya qilgan va bolalar uchun moʻljallangan „Shining Time Station“ telekoʻrsatuvining birinchi mavsumida „Janob Konduktor“ rolini oʻynagan. Starr 1989-yildan beri „Ringo Starr & His All-Starr Band“ guruhi bilan ijro etib keladi. Guruh yillar davomida 13 xil tarkibdagi turli musiqachilarni birlashtirgan.
Starr barabanlarni chalishda texnik qobiliyat oʻrniga asarni „his qilishga“ koʻproq urgʻu berdi. Bu esa koʻplab barabanchi oʻz chalish uslubini kompozitsiya nuqtayi nazardan qayta koʻrib chiqishiga turtki boʻldi. Shuningdek, Starr barabanlarni chalish usullariga taʼsir koʻrsatdi. Masalan, har ikki tayoqchani kaftni pastga qaratgan holda ushlash, barabanlarni pastroq sozlash va tonal halqalarda ovozni boʻgʻuvchi moslamalaridan foydalanish bunga misol boʻlad oladi[1]. Starrning fikricha, „The Beatles“ guruhining „Rain“ qoʻshigʻini yozib olishda barabanlarni eng yaxshi ijro etgan[2]. 1999-yilda Starr „Modern Drummer“ jurnalining shuhrat zaliga kiritildi[3]. 2011-yilda „Rolling Stone“ nashri obunachilari Starrni insoniyat tarixidagi beshinchi eng yaxshi barabanchi deb topdi. Starr ikki marta Rock and Roll Hall of Fame shuhrat zaliga kiritilgan: 1998-yil „The Beatles“ aʼzosi oʻlaroq, 2015-yilda yakkaxon ijrochi oʻlaroq[4]. 2018-yilda esa yillik „New Year Honours“ mukofotlash marosimida musiqa sanʼatiga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun ritsar-bakalavr unvonini oldi[5].
Manbalar
tahrirSnoskalar
tahrir- ↑ Flans, Robyn „Ringo Starr“. PAS Hall of Fame. Percussive Arts Society. 2015-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-iyul.
- ↑ Miles 1997, s. 280.
- ↑ „Modern Drummer's Readers Poll Archive, 1979–2014“. Modern Drummer. 2015-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-avgust.
- ↑ „2015 Rock Hall inductees“. Radio.com. 2014-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-dekabr.
- ↑ „Arise, Sir Ringo! Beatles drummer Ringo Starr receives knighthood“. NME (2018-yil 20-mart). 2018-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-mart.
Adabiyotlar
tahrir- Babiuk, Andy. Beatles Gear: All the Fab Four's Instruments, from Stage to Studio, Revised, Backbeat Books, 2002. ISBN 978-0-87930-731-8. Qaraldi: 2016-yil 12-mart.
- Badman, Keith. The Beatles Diary Volume 2: After the Break-Up 1970–2001. London: Omnibus Press, 2001. ISBN 978-0-7119-8307-6.
- Clayson, Alan. Ringo Starr: A Life, 2nd, Sanctuary, 2005. ISBN 978-1-86074-647-5.
- Davies, Hunter. The Beatles: The Authorized Biography, 3rd revised, W. W. Norton & Company, 2009. ISBN 978-0-393-33874-4.
- Doggett, Peter. You Never Give Me Your Money: The Beatles After the Breakup. HarperCollins, 2009. ISBN 978-0-06-177418-8.
- Everett, Walter. The Beatles as Musicians: Revolver through the Anthology. Oxford University Press, 1999. ISBN 978-0-19-512941-0. Qaraldi: 2016-yil 12-mart.
- Everett, Walter. The Beatles as Musicians: The Quarry Men Through Rubber Soul. Oxford University Press, 2001. ISBN 978-0-19-514105-4.
- The Rolling Stone Encyclopedia of Rock & Roll, 2005 revised and updated, Fireside, 2001. ISBN 978-0-7432-9201-6.
- Gould, Jonathan. Can't Buy Me Love: The Beatles, Britain and America, First Paperback, Three Rivers Press, 2007. ISBN 978-0-307-35338-2. Qaraldi: 2016-yil 12-mart.
- Harry, Bill. The Beatles Encyclopedia: Revised and Updated. Virgin Books, 2000. ISBN 978-0-7535-0481-9.
- Harry, Bill. The George Harrison Encyclopedia. Virgin Books, 2003. ISBN 978-0-7535-0822-0.
- Harry, Bill. The Paul McCartney Encyclopedia. Virgin Books, 2002. ISBN 978-0-7535-0716-2.
- Harry, Bill. The Ringo Starr Encyclopedia. Virgin Books, 2004. ISBN 978-0-7535-0843-5.
- Ingham, Chris. The Rough Guide to The Beatles, 3rd, Rough Guides, 2009. ISBN 978-1-84836-525-4.
- Jackson, Andrew Grant. Still the Greatest: The Essential Solo Beatles Songs. Lanham, MD: Scarecrow Press, 2012. ISBN 978-0-8108-8222-5.
- Lewisohn, Mark. The Beatles Recording Sessions. Harmony Books, 1988. ISBN 978-0-517-57066-1.
- Lewisohn, Mark. The Complete Beatles Chronicle: The Definitive Day-By-Day Guide to the Beatles' Entire Career, 2010, Chicago Review Press, 1992. ISBN 978-1-56976-534-0.
- Lewisohn, Mark. The Beatles – All These Years, Volume One: Tune In. New York: Three Rivers Press, 2013. ISBN 978-1-101-90329-2.
- Madinger, Chip; Easter, Mark. Eight Arms to Hold You: The Solo Beatles Compendium. Chesterfield, MO: 44.1 Productions, LP, 2000. ISBN 978-0-615-11724-9.
- Miles, Barry. Paul McCartney: Many Years From Now, 1st Hardcover, Henry Holt & Company, 1997. ISBN 978-0-8050-5248-0.
- Norman, Philip. John Lennon: The Life. ECCO (Harper Collins), 2008. ISBN 978-0-06-075401-3.
- British Hit Singles & Albums, 18th, Guinness World Records Limited, 2005. ISBN 978-1-904994-00-8.
- Rodriguez, Robert. Fab Four FAQ 2.0: The Beatles' Solo Years, 1970–1980. Milwaukee, WI: Backbeat Books, 2010. ISBN 978-1-4165-9093-4.
- Southall, Brian; Perry, Rupert. Northern Songs: The True Story of the Beatles Song Publishing Empire. Omnibus, 2006. ISBN 978-1-84609-237-4. Qaraldi: 2016-yil 12-mart.
- Spitz, Bob. The Beatles: The Biography. Little, Brown and Company, 2005. ISBN 978-0-316-80352-6.
- Spizer, Bruce. The Beatles Solo on Apple Records. New Orleans, LA: 498 Productions, 2005. ISBN 978-0-9662649-5-1.
- Starr, Michael Seth. Ringo: With a Little Help. Milwaukee, WI: Backbeat Books, 2015. ISBN 978-1-61713-120-2.
- The Beatles. The Beatles Anthology. Weidenfeld & Nicolson, 2000. ISBN 978-0-304-35605-8.
- The Beatles. The Beatles Anthology. San Francisco, CA: Chronicle Books, 2000. ISBN 978-0-8118-2684-6.
- Unterberger, Richie. The Unreleased Beatles: Music & Film. Backbeat Books, 2006. ISBN 978-0-87930-892-6. Qaraldi: 2016-yil 12-mart.
- Whitburn, Joel. The Billboard Book of Top 40 Hits, 9th, Billboard Books, Clarkson Potter/Ten Speed, 2010. ISBN 978-0-8230-8554-5.
- Womack, Kenneth. Long and Winding Roads: The Evolving Artistry of the Beatles. Continuum, 2007. ISBN 978-0-8264-1746-6.