Robert Robinson (organik kimyogar)
ROBINSON (Robinson) Robert (1886.13.9 — Bafford — 1975.24.2) - ingliz organik kimyogari. London qirollik jamiyati aʼzosi (1920) va prezidenti (194550). Sidney (191215), Liverpul (1915—21), Manchestr (192228), London (1928—30) va Oksford (1930—55) universitetlari professor Asosiy ilmiy ishlari fizik, organik kimyo va tabiiy birikmalar kimyosiga oid. Robinson ilk bor orbital bogʻlanishli organik molekulalar strukturasidagi elektronlarning "elektrqutbiy" va "mezomer" koʻchishi mexanizmi toʻgʻrisida tasavvurlarni olgʻa surgan (1922). Berberin (1925) va bibikulin (1935) alkaloidlarini hamda androsteronni sintez qilgan (1951). Nobel mukofoti laureati (1947)[1][2].
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |