Roberto Baggio
Bu maqola avtomat tarjima qilingan yoki mashina tarjimasi tayinli oʻzgartirishsiz chop etilgani eʼtirof etilmoqda. Tarjimani tekshirib chiqish hamda maqoladagi mazmuniy va uslubiy xatolarini tuzatish kerak. Siz maqolani tuzatishga koʻmaklashishingiz mumkin. (Shuningdek, tarjima boʻyicha tavsiyalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.) DIQQAT! BU OGOHLANTIRISHNI OʻZBOSHIMCHALIK BILAN OLIB TASHLAMANG! Maqolaning originali koʻrsatilinmagan. |
Roberto Badjo (italyancha: Roberto Baggio;) — italiyalik futbolchi.1967-yil 18-fevralda Italiyaning Venesiya shahridagi Kaldonoda tavallud topgan. U hujum ortida va hujumkor yarim himoyachi sifatida maydonda toʻp suradi. Badjo oʻz sport faoliyatini 1982-2004-yillar oraligʻida Italiyada oʻtkazgan. U yerda „Vichensa“, „Fiorentina“, „Yuventus“, „Milan“, „Bolonya“, „Inter“, „Breshia“ klublarida oʻynagan. U terma jamoa safida 1990,1994 va 1998-yilllardagi Jahon chempionatlarida ishtirok etgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Roberto Baggio[1] | ||
Tavallud sanasi | 18-fevral 1967-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Caldogno, Italy[2] | ||
Boʻyi | 1.74 m[2] | ||
Ampluasi | Forward, attacking midfielder | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1974–1980 | Caldogno | ||
1980–1983 | Vicenza | ||
Total | 488 | (218) |
1993-yilda Jahon va Yevropaning eng yaxshi futbolchisi,1992/93-yilgi UEFA kubogi gʻolibi,1994-yilgi Jahon chempionatining kumush medali sovrindori,1990-yilgi Jahon chempionatining bronza medali sovrindori,1994/95 va 1995/96-yillarda Italiya chempioni,1994/95-yilgi Italiya kubogi gʻolibi boʻlgan. Uchta Jahon chempionatida gol urgan yagona futbolchi.
2000-yilda FIFA tomonidan oʻtkazilgan internet soʻrov natijalariga koʻra XX-asrning eng yaxshi futbolchilari roʻyxatida 4-oʻrinni egalladi (Maradona,Pele,Eysebiodan keyin).2004-yilda FIFA 100 roʻyxatiga kirdi.World Soccer jurnaliga koʻra XX-asrning eng buyuk futbolchilari roʻyxatiga kiritilgan.[3][4]
Futbolchilik faoliyatini tugatgach, xayriya ishlari bilan shugʻullana boshlagan.2002-yildan BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining yaxshi niyat elchisi.[5] 2010-yilgi Jahon tinchlik mukofoti sovrindori.[6]
Klubdagi faoliyati
tahrirRoberto Badjo Fiorindo va Matilda Badjoning 7 ta farzandidan iborat oilasida tavallud topdi.
U futbolchilik faoliyatini 1981-yilda „Vichensa“ klubida boshlagan. Uni futbolchi sifatida payqagan skaut Antonio Moroga minnatdorchilik bildirgan.1982/83-yilgi mavsumni B seriyada „Vichensa“ning asosiy tarkibida boshlagan.[7]
1985-yil uni Florensiyaning „Fiorentina“ klubi sotib oldi va klubdagi faoliyati davomida Roberto Badjo muxlislar orasida katta shuxrat qozondi va uni klub tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri sifatida hurmat qilishdi.1990-yilda u „Yuventus“ga 25 milliard italyan lirasiga[8] sotildi. Bu oʻsha paytdagi rekord transfer edi."Fiorentina" muxlislari noroziliklariga javoban Badjo shunday dedi: „Men taklifni qabul qilishga majbur boʻldim“. 1993-yili u oʻzining ilk Yevrokubogini qoʻlga kiritdi. Yaʼni „Yuventus“ safida UEFA kubogini yutishdi. Uning oʻyini unga jahonning eng yaxshi futbolchisi va Yevropaning yilning eng yaxshi futbolchisi boʻldi.
Badjo 1994/95-yilgi mavsumda „Yuventus“ bilan oʻzining ilk Italiya chempionligini qoʻlga kiritdi. Keyin bosh murabbiy Marchello Lippi bilan mojarodan boʻlib oʻtdi va Badjo „Milan“ga sotib yuborildi. Oʻzining ilk mavsumida yangi klubiga mamlakat chempioni boʻlishga yordam berdi va ketma-ket ikki yil boshqa jamoalarda mamlakat chempioni boʻlgan ilk futbolchiga aylandi.
1997-yili Badjo „Bolonya“ga oʻtdi. Hammaga uni erta hisobdan chiqargani uchun isbotlamoqchi boʻldi va bir mavsumda 22 ta gol urdi. Shu yutuqlari sabab 1998-yilgi Jahon chempionatiga Janfranko Zola oʻrniga Italiya terma jamoasi safida qatnashish huquqini oldi.
1998-yilgi Jahon chempionatidan soʻng Milanning „Inter“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Birinchi mavsumi muommosiz oʻtdi. Bir yil oʻtib klubga „Yuventus“dan beri til topisha olmayotgan murabbiy Marchello Lippi keldi. Bu esa klub bazasida undan keyin terma jamoadagi oʻrnini yoʻqotishiga olib keldi. Keyinchalik Badjo oʻz tarjimai holida Lippi „Inter“ futbolchilarining u haqida salbiy gapirganini murabbiyga koʻrsatishdan bosh tortgani uchun eʼtibordan chetda qoldirilganini yozgan. Klubning gaʼlabalar tarixiga oxirgi hissasini Yevropa Chempionlar Ligasining soʻnggi yoʻllanmasi uchun oʻyinda „Parma“ darvozasiga ikki goli bilan yordam berdi. Umuman olganda Roberto Badjo „Inter“dagi faoliyati davomida 58 ta oʻyin oʻtkazib,15 ta gol urgan.
„Inter“da ikki yil faoliyat yuritgach unchalik mashxur boʻlmagan „Breshia“ klubiga oʻtdi. Jiddiy jaroxatiga qaramay mavsum oxirigacha tuzalib ketdi. Biroq u terma jamoa bosh murabbiyi Jovanni Trapattoni tomonidan 2002-yilgi Jahon chempionati uchun tarkibga kiritilmaydi. Muxlislar va mutaxassislar bu qaror uchun uni tanqid qilishadi. Italiya barcha katta rejalarga qaramay chorak finalga ham chiqa olmadi.
Badjo 2004-yilgacha „Breshia“da oʻynadi va u yerda faoliyatini yakunladi. U oxirgi oʻyinini 2004-yil 16-may kuni „San-Siro“da „Milan“ga qarshi oʻtkazdi."Breshia" murabbiyi Janni de Byazi 88-daqiqada uni zaxiradan maydonga tushirdi va muxlislar bilan toʻlgan stadion uni qarsaklar bilan tabriklashiga imkon berdi. Faoliyati davomida Roberto Badjo A seriyada 205 ta gol urdi. Bu uni musobaqa tarixida yettinchi toʻpurarga aylandi. Undan oldinda faqat Silvio Piola,Gunnar Nordal,Juzeppe Meassa,Xose Altafini,Franchesko Totti va Antonio Di Natale bor edi.
Afsonaviy futbolchi oʻzining 300-golini 2002-yil 16-dekabrda „Breshia“ mezbonligidagi „Pyachensa“ga qarshi oʻyinda urdi. U faqat Piola (364) va Meassa (338)dan ortda qolgan holda 50 yildan oshiq vaqt mobaynida bu koʻrsatkichga erishgan birinchi futbolchi boʻldi.
Badjoning 10-raqamli futbolkasi „Breshia“da abadiy Badjoniki boʻlib qoldi.
Terma jamoadagi faoliyati
tahrirU terma jamoadagi birinchi oʻyinini 1988-yil 16-noyabrda Gollandiya terma jamoasiga qarshi Rimda oʻtkazdi. Oxirgi oʻyinini esa 2004-yil 28-aprelda Ispaniyaga qarshi Genuyada oʻtkazdi.
1998-yilgi Jahon chempionatida terma jamoa bosh murabbiyi Chezare Maldini ikki mashxur hujumkor futbolchilari Roberto Badjo va Aleksandro del Pero bitta tarkibda maydonga tushishini xoxlamasligini aytdi: „Ularning bir vaqtda maydonda paydo boʻlishi mening taktik sxemalarimga toʻgʻri kelmaydi“.Badjoning oʻzi esa-"Maldinining taktikasiga koʻra Del Pero aniq birinchi. Agar men maydonga tushsam hursand boʻlaman. Agar zahirada oʻtirsam shunchaki hursand boʻlishim kerak".1998-yilgi Jahon chempionati ilk ikki oʻyini Chili va Kamerunga qarshi baxslarda Roberto Badjo asosiy tarkibda maydonga tushdi (sababi jarohatdan keyin tiklanish jarayonidagi Del Pero edi).Chili bilan oʻyinning ohirgi 5 daqiqasida Badjo tomonidan amalga oshirilgan penaltidan gol italyanlarni magʻlubiyatdan asrab qoldi. Kamerunga qarshi oʻyinning 65-daqiqasida Del Pero Badjoning oʻrniga maydonga tushganda hisob italyanlar foydasiga 1:0 boʻlib turgandi. Qolgan 25 daqiqada Del Pero hech narsa qilmasada italyanlar yana ikki bor gol urishdi. Biroq Chezare Maldini guruxning uchinchi oʻyini boʻlgan Avstriyaga qarshi baxsda Del Peroni boshlangʻich tarkibda maydonga tushirdi va Badjo zaxirada qoldi. Del Pero golli uzatmani amalga oshirgan boʻlsada 72-daqiqada Badjoga almashtirildi. Badjo asosiy vaqt tugashiga bir daqiqa qolganda gol urdi va italyanlar gʻalaba qozondi. Nimchorak finalda Norvegiyaga qarshi baxsda esa Badjo zaxirada qoldirildi va xatto zaxiradan ham tushirilmadi. Italyanlar juda ishinchsiz oʻynab 1:0 hisobda gʻalaba qozonib chorak finalga chiqishdi. Chorak finalda Fransiyaga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda yana Badjo oʻrniga Del Pero tushdi. Del Pero terma jamoa yetakchi hujumchisi rolini yana uddalay olmadi va 67-daqiqada Badjoga oʻrnini boʻshatib zaxiraga yoʻl oldi. Bu almashtirish Italiyaning ustunligini oʻyinda oshirdi va Badjo Fabiyen Bartez darvozasiga juda qulay vaziyatda gol ura olmadi. Durangdan soʻng Italiya penaltilar seriyasida Fransiyaga magʻlub boʻldi va musobaqani tark etdi. Keyinroq Maldini Badjodan u munosib boʻlgan asosiy tarkibga qoʻymagani uchun uzr soʻradi.1998-yilgi Jahon chempionatida Badjo va Del Pero bir daqiqa ham birga oʻynashmadi. Hamma qaysi biri yaxshiroq edi deb baxslashayotganda markaziy hujumchi Kristian Vieri 5 ta gol urdi.
Terma jamoa safida 56 ta oʻyinda 27 ta gol urib, terma jamoa tarixida sermahsullik boʻyicha beshinchi oʻrinni egalladi. U birdaniga 3 ta jahon chempionatida gol urgan yagona futbolchidir. Jahon chempionatlarida 9 ta goli bilan Italiya terma jamoasi tarixida Kristian Vieri va Paolo Rossi bilan birga eng yaxshi toʻpurar boʻlib turibdi.
Italiya terma jamoasi uchun jahon chempionatlarida 16 ta oʻyin oʻtkazdi. U bir necha bor qarshi oʻynagan terma jamoa bu Irlandiya edi.1994-yilgi jahon chempionatida butun musobaqa boʻyicha eng yaxshi oʻyinchi boʻlib turgan Badjo finalda Braziliyaga qarshi baxsda esa penaltilar seriyasidagi eng soʻnggi zarbani berdi. Bu zarba noaniq ketdi va Italiya chempionlikni Braziliyaga topshirdi. Bitta shu zarba keyinchalik Badjoni oldingi obroʻsini qaytarib olishiga qiyinchiliklar olib keldi.
Faoliyatini tugatgandan soʻng
tahrirBadjo xayrlashuv oʻyini 2004-yil 28-aprelda Ispaniyaga qarshi oʻtkazdi.
Uning avtobiografik asari „Osmondagi to'p“ yoki „Darvoza“ asarida murabbiylar bilan koʻplab mojarolar haqida soʻz boradi.
Badjoning „Ilohiy dum“ nomi bilan tanilgan soch turmagi futbolchining dini bilan bogʻliq.
2007-yil 18-fevralda 40 yoshga toʻlgan kunida muxlislar bilan muloqot qilish uchun yangi veb-sayt ochdi.
2010-yilning yozida Italiya terma jamoasining navbatdagi jahon chempionatida nursiz oʻyinidan soʻng u Italiya futbol federatsiyasiga yoshlar bilan ishlash va yangi isteʼdodlarni izlash uchun mas’ul boʻlgan texnik direktor lavozimiga keldi.
2011-yil 18-iyulda Badjo Pro Liga (sobiq C seriya) klublarida murabbiylik qilish huquqini beruvchi 2-toifali professional murabbiylik litsenziyasini oldi. Bu litsenziya unga A va B seriya klublarida ikkinchi murabbiy boʻlib ishlash yoki Italiya yoshlar chempionatida ishtirok etuvchi klublarni boshqarishi mumkin edi.[9][10][11]
2012-yil 5-iyulda Koverchano shahridagi mutaxassislarni tayyorlovchi markazda toʻqqiz oylik kursni tamomlagach Badjo imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirdi. Shundan soʻng UEFA Pro litsenziyasini qoʻlga kiritdi. Bu litsenziya jamoalarda ishlovchi eng yuqori darajadagi litsenziya edi.[12]
Yutuqlari va mukofotlari
tahrirJamoaviy
tahrir"Yuventus"da
- Italiya chempioni-1994/95
- Italiya kubogi sohibi-1995.
- UEFA kubogi sohibi-1993.
"Milan"da
"Bolonya"da
- Intertoto kubogi sohibi-1998.
Italiya terma jamoasi
- Jahon chempionatining bronza medali -1990.
- Jahon chempionati kumush medali-1994.
Shaxsiy yutuqlar
tahrir- „Oltin to'p“ sohibi (France Football)-1993.
- Jahonning eng yaxshi futbolchisi-1993.
- FIFA ning eng yaxshi futbolchisi-1993.
- „Onze Mondial“ boʻyicha Yevropaning eng yaxshi futbolchisi-1993.
- Jahon kubogi kumush toʻp sohibi-1994.
- Jahon chempionatida gollar soni boʻyicha Italiya terma jamoasining rekordchisi-9 gol[13]
- Juzeppe Prisko mukofoti sohibi-2004[14]
- Bravo mukofoti sohibi-1990.
- „Guerin Sportivo“ versiyasi boʻyicha Italiyaning eng yaxshi futbolchisi-1985,1996,2001.
- Gaetano Shirea mukofoti sohibi-2001.
- Golden Foot mukofoti sohibi-2003.
- Jahon terma jamoasining ramziy terma jamoasiga kirgazilgan-1994.
- FIFAning barcha davrlar jamoasiga kiritilgan.
- FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan.
- „World Soccer“ maʼlumotlariga koʻra XX-asrning eng yaxshi futbolchilari roʻyxatiga kiritilgan.
- „Placar“ versiyasi boʻyicha 100 ta eng yaxshi Jahon chempionatida oʻynagan futbolchilar roʻyxatiga kiritilgan.[15]
- „Planete Foot“ versiyasi boʻyicha dunyoning eng yaxshi 50 futbolchisi roʻyxatiga kirgan.
- „Milan“ klubi shon-shuxrat zaliga kirgan.
- Italya futboli shon-shuxrat zaliga kirgan-2011.
Davlat mukofotlari
tahrirShaxsiy hayoti
tahrirAndreina Fabbi bilan turmush qurgan. Ularning uch nafar farzandi bor. Valentina (1990-yil),Mattia (1994-yil),Leonardo (2005-yil) shular jumlasidandir.
Gollar hisoboti
tahrirButun faoliyati davomida urgan gollari soni-318 ta.
- Klublar uchun-291 ta
- A Seriyada-205 ta
- Yevrokuboklarda-32 ta
- Milliy terma jamoa uchun-27 ta
- Jahon chempionatida-9 ta
91 penaltidan 76 tasini golga aylantirgan.(Italiyadagi eng yaxshisi)[14]
Manbalar
tahrir- ↑ „Comunicato Ufficiale N. 442“ [Official Press Release No. 442] (it). Lega Serie A (2001-yil 8-may). 2021-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedBaggio - Goals in Serie A
- ↑ „FIFA names greatest list (BBC Sports)“ (en). 2012-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-aprel.
- ↑ „Maradona or Pele? (CNN Sports Illustrated)“ (en). 2012-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-aprel.
- ↑ „Роберто Баджо на сайте ФАО“. 2012-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-aprel.
- ↑ „AFP: Baggio delight at World Peace Award“ (en). AFP (2010-yil 9-noyabr). 2012-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-noyabr.
- ↑ Bojestvenniy Badjo[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
- ↑ na tot moment 19 mln dollarov.
- ↑ „Roberto Baggio supera esami allenatore“ (it). ANSA (2011-yil 18-iyul). 2012-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-iyul.
- ↑ „Роберто Баджо получил тренерскую лицензию“. Чемпионат.com (2011-yil 19-iyul). 2012-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-iyul.
- ↑ „Roberto Baggio: Allenatore patentato“ (it). CalcioMercato.com (2011-yil 19-iyul). 2012-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-iyul.
- ↑ „Роберто Баджо начинает тренерскую карьеру“. calcionews.net. 2012-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-iyul.
- ↑ Naryadu s Kristianom Veri i Paolo Rossi.
- ↑ 14,0 14,1 „Roberto Baggio Statistics“ (en). 2012-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-aprel.
- ↑ „The Best X Players“ (en). 2011-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-aprel.
- ↑ „Cavaliere Ordine al Merito della Repubblica Italiana“ (it). 2012-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-aprel.
- ↑ „Baggio delight at World Peace Award - Yahoo! News“ (en). news.yahoo.com (2010-yil 9-noyabr). 2010-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-noyabr.
Havolalar
tahrir- Roberto Bagjio — oxirgi romantik, birinchi gol muallifi (web.archive.org)
- figc.it saytidagi profil (Wayback Machine saytida 2015-01-19 sanasida arxivlangan) Arxivnaya kopiya
- Shaxsiy veb-sayt (web.archive.org)
- Roberto Bagjio dunyosi (web.archive.org)
- Aleksey Malinovskiy. Bagjioning siri (web.archive.org)
- „Kichik Budda“ (web.archive.org)
- Roberto Bagjio: „Men oʻsha penaltini yana koʻp marta bajardim“ (web.archive.org)