Oltin toʻp
Oltin toʻp (fransuzcha: Ballon d'Or) — 1956-yildan beri Fransiyaning France Football yangiliklar jurnali tomonidan taqdim etilayotgan yillik futbol mukofoti. 2010- va 2015-yillar oraligʻida FIFA bilan kelishuvga koʻra, mukofot vaqtincha FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi (1991-yilda tashkil etilgan) bilan birlashtirildi va FIFA Oltin toʻp nomi bilan tanildi. Bu hamkorlik 2016-yilda yakuniga yetdi va mukofot „Oltin toʻp“ga qaytarildi, FIFA ham o‘zining alohida yillik mukofoti „Eng yaxshi FIFA erkak futbolchisi“ ga qaytdi. FIFAning qoʻshma „Oltin toʻp“ sovrindorlari har ikki mukofot tashkiloti tomonidan ham gʻolib deb hisoblanadi. [1][2]
Ballon d'Or trophy | |
Taqdimlovchi | France Football |
---|---|
Ta'sis etilgan sanasi | 18-dekabr, 1956-yil |
Tashkilovchi | France Football |
Rasmiy vebsayt | francefootball.fr |
Eng koʻp mukofotlar | Lionel Messi (8 ta mukofot) |
Eng Koʻp nominatsiyalar | Cristiano Ronaldo (18 ta nominatsiya) |
Sport yozuvchilari Gabriel Xano va Jak Ferranlar tomonidan ishlab chiqilgan „Oltin toʻp“ mukofoti 1956-yildan 2006-yilgacha futbol jurnalistlari tomonidan oʻtkazilgan ovoz berish natijalariga koʻra oʻtgan yil davomida eng yaxshi oʻyin koʻrsatgan deb topilgan erkak futbolchiga berilardi.[3] 2007-yildan keyin terma jamoalar murabbiylari va sardorlariga ham ovoz berish huquqi berildi.[3] Dastlab, u faqat Yevropalik futbolchilarga topshirilgan va "Yevropada yilning eng yaxshi futbolchisi" mukofoti sifatida tanilgan. 1995-yilda „Oltin to‘p“ Yevropa klublarida faoliyat yuritayotgan, kelib chiqishi har qanday davlatdan boʻlgan barcha futbolchilarni qamrab olish uchun kengaytiriladi.[4][5] Mukofot 2007-yilda global mukofotga aylandi, unga koʻra butun dunyodagi barcha professional futbolchilar ishtirok etishlari mumkin edi.[6]
Tarix
tahrirAngliyalik Stanley Matthews „Oltin to‘p“ning ilk g‘olibi bo‘ladi.[7] 2007-yilgacha bu mukofot odatda ingliz tilida va koʻplab xalqaro ommaviy axborot vositalarida kontinental Yevropaning eng yaxshi futbolchisi mukofoti sifatida tanilgan. 2007-yildan keyin ham u FIFAning Jahon oʻyinchisi mukofoti bilan birlashtirilgunga qadar, kelib chiqishi Yevropa mukofoti boʻlgani uchun odatda shu nom bilan tanilgan va shu nom bilan atalgan.[8][9][10][11] Liberiyalik George Weah, yagona afrikalik sovrindor, 1995-yilda mukofotni qoʻlga kiritgan birinchi yevropalik boʻlmagan kishi boʻldi, yaʼni tanlov qoidalari birinchi marta oʻzgartirilgan yili bu hodisa sodir boʻldi.[5] Braziliyalik Ronaldo ikki yildan so‘ng, mukofotning birinchi Janubiy Amerikalik g‘olibiga aylandi.[5] 2007-yilda barcha qitʼalardagi oʻyinchilarni oʻz ichiga olgan ikkinchi qoida oʻzgarishi yangi gʻoliblarni keltirmadi, chunki oʻshandan beri barcha gʻoliblar oʻzlarining gʻalabalari davomida faqat Yevropada faoliyatda boʻlishdi.
Lionel Messi bu sovrinni rekord 8 marta qoʻlga kiritgan boʻlsa, uni 5 marta qoʻlga kiritgan Cristiano Ronaldo bu borada ikkinchi oʻrinda. Uch nafar futbolchilar bu sovrinni uch martadan qoʻlga kiritishgan: Johan Cruyff, Michel Platini va Marko van Basten. Har biri (davlat sifatida) yettitadab sovringa ega bo‘lgan holda, eng ko‘p „Oltin to‘p“ni Gollandiyalik, Germaniyalik, Argentinalik va Portugaliyalik futbolchilar qo‘lga kiritishgan. Germaniya (1972, 1981-yillarda) va Gollandiya (1988-yilda) futbolchilari bir davlatdan boʻla turib bir yil ichida uchta yuqori oʻrinni egallagan yagona oʻyinchilar boʻlishadi. Germaniya (1972) va ayniqsa Italiya klublari (1988-1990) ham yuqoridagi kabi muvaffaqiyatga erishadilar, shu jumladan ikki yil (1988, 1989) kuchli uchlik noyob rekord tariqasida faqat "Milan" oʻyinchilaridan tashkil topgan edi. 2009-2012 va 2015-2016-yillarda Ispaniya klublari oldin kuzatilmagan mutloq ustunlikka erishishadi. "Barselona" (2010) esa uchta eng yaxshi oʻyinchiga ega ikkinchi klub (Milandan keyingi) boʻladi. Ikkita ispan klubi, „Barselona“ va "Real Madrid" ham eng koʻp gʻoliblarni qoʻlga kiritish boʻyicha mos ravishda oʻn ikki va oʻn bir gʻalaba bilan klublar reytingida yetakchilik qilishmoqda.[12]
2010- va 2015-yillar oraligʻida (ushbu yillar ham kiradi) mukofot oʻziga oʻxshash „FIFA Jahonning eng yaxshi oʻyinchisi“ mukofoti bilan birlashtiriladi va „FIFA Oltin toʻp“ ga aylanadi. Shundan soʻng esa, FIFA va France Football nashri birlashish haqidagi shartnomani toʻxtatishadi.[13] 2011-yildan keyin, UEFA Yevropaning eng yaxshi futbolchisi uchun „Oltin to‘p“ anʼanasini saqlab qolish maqsadida „UEFA Yevropaning eng yaxshi futbolchisi mukofoti“ni yaratadi.
Sakkiz nafar futbolchi (Bobbi Charlton, Franz Beckenbauer, Gerd Myuller, Paolo Rossi, Zinedin Zidan, Rivaldo, Ronaldinho va Kaka) o‘z faoliyatlari davomida FIFA Jahon chempionati, Yevropa kubogi / UEFA Chempionlar Ligasi va „Oltin to‘p“ni qo‘lga kiritishgan.[14]
Mukofot soʻnggi oʻn yilliklarda hujumkor oʻyinchilar foydasiga qarama-qarshilikni koʻrsatadi.[3] Vaqt oʻtishi bilan mukofot liga va klublarning yanada eksklyuziv (cheklangan liga va klublarga) toʻplamiga oʻtadi.[3] 1995-yilgacha 10 ta liga Oltin toʻpni gʻoliblar bilan taʼminlab kelgan boʻlsa, 1995-yildan buyon faqatgina Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Ispaniya mukofotni gʻoliblar bilan taʼminlamoqda.[3] Ispaniya La Ligasi eng ko‘p „Oltin to‘p“ sohiblariga ega.[3] „Barselona“ va „Real Madrid“ 1995-yildan beri „Oltin toʻp“ni eng koʻp gʻoliblar bilan taʼminlamoqda.[3]
2020-yilda France Footballning egasi hisoblangan L'Équipe guruhi butun dunyo boʻylab futbol klublarining mavsumlarini qisqartirgan COVID-19 pandemiyasi tufayli ushbu yil uchun mukofot berilmasligiga qaror qiladi.[15]
Gʻoliblar
tahrir‡ | Bu „Oltin toʻp“ni qoʻlga kiritgan oʻyinchi oʻsha yili FIFAning „Yilning eng yaxshi oʻyinchisi“ sovrinini yoki FIFAning eng yaxshi erkak futbolchisi mukofoti ni ham qoʻlga kiritganini koʻrsatadi(1991-2009 yillarda va 2016-yildan buyon mavjud) |
Oʻyinchilar boʻyicha gʻalabalar
tahrirEslatma: Bir martalik gʻoliblar, agar ular boshqa yil ichida ikkinchi yoki uchinchi oʻrinlarni egallagan boʻlsalargina ushbu jadvalga kiritilgan.
Mamlakatlar boʻyicha gʻalabalar
tahrirMamlakat | Oʻyinchi | Gʻalabalar soni |
---|---|---|
Argentina | 1 | 7 |
Niderlandiya | 3 | 7 |
Portugaliya | 3 | 7 |
Germaniya | 5 | 7 |
Fransiya | 4 | 6 |
Italiya | 5 | 5 |
Braziliya | 4 | 5 |
Angliya | 4 | 5 |
Sovet Ittifoqi | 3 | 3 |
Ispaniya | 2 | 3 |
Bolgariya | 1 | 1 |
Xorvatiya | 1 | 1 |
Chexiya | 1 | 1 |
Chexoslovakiya | 1 | 1 |
Daniya | 1 | 1 |
Vengriya | 1 | 1 |
Liberiya | 1 | 1 |
Shimoliy Irlandiya | 1 | 1 |
Shotlandiya | 1 | 1 |
Ukraina | 1 | 1 |
Klublar boʻyicha gʻalabalar
tahrirKlub nomi | Oʻyinchilar soni | Gʻalabalar soni |
---|---|---|
Barcelona | 6 | 12 |
Real Madrid | 7 | 11 |
Juventus | 6 | 8 |
Milan | 6 | 8 |
Bayern Munich | 3 | 5 |
Manchester United | 4 | 4 |
Dynamo Kyiv | 2 | 2 |
Internazionale | 2 | 2 |
Hamburger SV | 1 | 2 |
Ajax | 1 | 1 |
Benfica | 1 | 1 |
Blackpool | 1 | 1 |
Borussia Dortmund | 1 | 1 |
Borussia Mönchengladbach | 1 | 1 |
Dukla Prague | 1 | 1 |
Dynamo Moscow | 1 | 1 |
Ferencváros | 1 | 1 |
Liverpool | 1 | 1 |
Marseille | 1 | 1 |
Paris Saint-Germain | 1 | 1 |
Qoʻshimcha mukofotlar
tahrir"Super Oltin toʻp" nomi ostidagi faxriy mukofot 1989-yilda France Football ning ovoz berish bosqichida Johan Cruyff va Michel Platinini ortda qoldirgan Alfredo Di Stefanoga berildi.[16]
Oradan o‘n yil o‘tgach, France Football nashri o‘zining sobiq „Oltin to‘p“ egalari bilan maslahatlashganidan so‘ng Peleni Asrning eng yaxshi futbolchisi deb tanladi. Oldingi 34 nafar gʻoliblar orasida 30 nafari ovoz bergan, Stanley Matthews, Omar Sivori va George Best betaraf qolgan, Lev Yashin esa vafot etgan. Har bir saylovchiga besh ballgacha boʻlgan beshta ovoz berildi; ammo, Di Stefano faqat birinchi oʻrinni tanladi, Platini birinchi va ikkinchi oʻrinlarni va George Weah beshinchi oʻrin uchun ikki futbolchi tanladi. Pele 17 nafar saylovchi tomonidan eng yaxshi deb topildi va ikkinchi oʻrinni egallagan Diego Maradona toʻplagan ballar sonidan deyarli ikki baravar koʻp ball oldi.[17]
Oʻyinchi | Ballar | 1- | 2- | 3- | 4- | 5- |
---|---|---|---|---|---|---|
Pelé | 122 | 17 | 5 | 4 | 2 | 1 |
Diego Maradona | 65 | 3 | 6 | 5 | 5 | 1 |
Johan Cruyff | 62 | 1 | 4 | 7 | 9 | 2 |
Alfredo Di Stéfano | 44 | 4 | 3 | 3 | 1 | 1 |
Michel Platini | 40 | 1 | 5 | 1 | 3 | 6 |
2016-yilda „Oltin to‘p“ning 60-yilligi munosabati bilan France Football nashri 1995-yilgacha taqdim etilgan mukofotlarning qayta bahosini eʼlon qildi, o‘shangacha bu sovrinni faqat yevropalik futbolchilar qo‘lga kiritish huquqiga ega edi. Bu vaqt oraligʻida taqdim etilgan 39 ta „Oltin toʻp“dan 12 tasi Janubiy Amerikalik futbolchilarga topshirilgan boʻlar edi. Pele va Diego Maradonadan tashqari, Garrincha, Mario Kempes va Romario retrospektiv tarzda munosib gʻolib deb topildi. Biroq, asl qabul qiluvchilar oʻzgarishsiz qoladi.
Maradona va Pele ham mos ravishda 1995- va 2013- yillarda futboldagi xizmatlari uchun faxriy „Oltin toʻp“ni olishgan.[18][19]
Yil | Gʻolib | Alternativ |
---|---|---|
1958 | Raymond Kopa | Pelé |
1959 | Alfredo Di Stéfano | Pelé |
1960 | Luis Suárez | Pelé |
1961 | Omar Sívori | Pelé |
1962 | Josef Masopust | Garrincha |
1963 | Lev Yashin | Pelé |
1964 | Denis Law | Pelé |
1970 | Gerd Müller | Pelé |
1978 | Kevin Keegan | Mario Kempes |
1986 | Igor Belanov | Diego Maradona |
1990 | Lothar Matthäus | Diego Maradona |
1994 | Hristo Stoichkov | Romário |
1978-yilda France Football o'sha yili "Janubiy Amerikada yilning eng yaxshi futbolchisi" sovrini haqida maqola chop etdi. Maqolada Janubiy Amerikaning Yulduzlar jamoasi va Yevropaning Yulduzlar jamoasi o'rtasidagi o'yin faraz qilingan edi. Ushbu jamoalarni tuzishda, o'yinchilarning mukofotlar reytingidagi o'rniga qaralgan.
Darvozabon | Himoyachilar | Yarim himoyachilar | Hujumchilar |
---|---|---|---|
Ronnie Hellström | Marius Trésor | Willy van de Kerkhof | Kevin Keegan |
2021-yilda France Football "Yilning eng yaxshi to'purari" mukofotini yaratdi. Ushbu mukofot ligada 41 ta gol urib rekord mavsum o'tkazgan Robert Levandovskiga berildi.[20]
Oltin toʻp orzular jamoasi
tahrirManbalar
tahrir- ↑ https://www.cambridge.org/core/journals/perspectives-on-politics/article/abs/messi-ronaldo-and-the-politics-of-celebrity-elections-voting-for-the-best-soccer-player-in-the-world/36CB5CB44D4C06866305408163A49290
- ↑ https://www.sportbible.com/football/ballon-dor-votes-lionel-messi-cristiano-ronaldo-665271-20230302?source=facebook&fbclid=IwAR3LI1jGmPSn6t7ceIM-ql4o5eV5meCTB5dcbvPMeTArHAGJnDHlIuzPR_Y
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs named:0
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs named:1
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs named:2
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs named:3
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs named:4
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs named:5
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs named:6
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs named:7
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs named:8
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs named:9
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs named:10
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs named:11
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs named:12
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs named:13
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs named:14
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs named:15
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs named:16
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs named:17
Havolalar
tahrir- „European Footballer of the Year ("Ballon d'Or")“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2008-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2008-yil 5-dekabr.
- "La liste complête des lauréats du Ballon d'or, de 1956 à nos jours". France Football. http://www.francefootball.fr/ballon-d-or/palmares/. Qaraldi: 24 March 2015.Oltin toʻp]]