Rok-guruh rok musiqa janrida ijro etuvchi musiqiy ansambldir. Gʻarbda ishlatiluvchi rock band atamasi 1960-larda The Band guruhi tomonidan ommaviylashtirildi. Ungacha pop group atamasi qoʻllanilar edi.

Musiqiy asboblar

tahrir

Rok-guruhlar uchun tipik asboblar elektrogitara, bass gitara hamda dovullardir. Bularga qoʻshimcha sifatida koʻpincha sintezator ham ishlatiladi. Baʼzi guruhlar boshqa asboblarni, jumladan, organ, fleyta, nay, skripka va hokazo qoʻllashadi.

Tarkib

tahrir

Rok-guruhlar odatda kvartet oʻlaroq ijro qilishadi (vokalchi, ikki gitarachi va barabanchi). Biroq trio guruhlar ham bor, bunda vokalchi biror asbobni oʻzi chaladi (masalan, Nirvana, ZZ Top, Blink-182). Lekin tarkib standart qilib belgilanmagan, ishtirokchilar soni bundan-da koʻp boʻla oladi (masalan, Linkin Park).