Rodonit (yun. rhodon — atirgul) — silikatlar sinfining vollastonitrodonit guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi CaMns [Si5Ol5]. Tarkibi: 54,15% MpO va 45,85% SiO2. Tabiiy R. tarkibida 14,5% gacha GʻeO (ferrodonit), 2—9% gacha Sa, Mg, A1 va Zn (foulerit) boʻlishi mumkin. Kristallari (tabletkasimon, prizmasimon) juda kam uchraydi; odatda, mayda donali yoki zich monolit massalar va agregatlar. Rangi qoʻshimchalariga qarab pushti, qoʻngʻirqizgʻish, sargʻishdan to kulranggacha, nurash jarayonida qoragacha oʻzgargan boʻlishi mumkin. Yaltiroqligi shishasimon. Qattiqligi 5,5—6,5. Zichligi 3,5—3,7 g/sm³. Oson nurab, kora yoki toʻq qoʻngʻir marganets gidrooksili (vernadit) va kremniy gidrooksilini hosil qiladi. R. past trali regional va kontakt metamorfizm jarayonlari natijasida hosil boʻladi, baʼzan pegmatitlar tarkibida uchraydi. Mineral yoʻldoshlari psilomelan, rodoxrozit, spessartin va kvars. Yirik R. konlari: Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Italiya, XAPJ Hindiston, AQSH, SultonUvays (Oʻzbekiston), Oltintopkan (Tojikiston)da. R. qurilishda qoplamabezak tosh sifatida ishlatiladi.[1]

Rodonit

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil