Rofe ibn Lays ibn Nasr ibn Sayyor (arabcha: رافع بن الليث بن نصر بن سيار) 809—806-yillarda Abbosiylar xalifaligiga qarshi keng koʻlamli qoʻzgʻolon koʻtargan Xurosoniy arab zodagonlaridan biri.

Rofe ibn Lays
Tavalludi VIII asr
Vafoti IX asr
Fuqaroligi Abbosiylar

Tarixi

tahrir

Rofe ibn Lays Xurosonning oxirgi umaviy hokimi Nasr ibn Sayyorning nabirasi edi[1]. Uning otasi Lays xalifa al-Mansur tomonidan Fargʻonadagi turk hukmdoriga elchi qilib yuborilgan. Shuningdek, „amir al-moʻminin“ unvoniga sazovor boʻlgan[2]. Balozuriy Ahmad ibn Yaxyo ibn Jobir ibn Dovudning yozishicha, Rofe ibn Lays Samarqandda garnizon qoʻmondoni boʻlib xizmat qilgan[2].

796-yilda xalifa Horun ar-Rashid Abbosiylar elitasining taniqli vakili Ali ibn Iso ibn Mahonni Xurosonga hokim etib tayinlaydi. Alining viloyat aholisini shafqatsizlarcha ekspluatatsiyasi va zulmkor moliyaviy choralari mahalliy elitaning qattiq noroziligiga sabab boʻldi. Buning natijasida xorijiylar qoʻzgʻolonlari avj oldi. 805-yil aprel oyida xalifa Horun ar-Rashidga tobora koʻproq shikoyatlar kelib tushdi. Xalifa vaziyatni oʻzi tekshirish uchun Rayga bordi. Biroq, Ali oʻzi bilan qimmatbaho buyumlardan iborat ulkan xazinani olib kelgan. Manbalarga koʻra 30 million oltin dinor olib kelgan. Natijada, xalifa Horun ar-Rashid uni hukmronligini oʻz joyida qoldiridi[3].

Vafoti

tahrir

Ushbu voqealardan soʻng 806-yili Rofe ibn Lays Samarqandda qoʻzgʻolon koʻtaradi. Ushbu qoʻzgʻolon tez orada Xuroson boʻylab tarqalib, ham arablar, ham eronlik mahalliy aholi orasida qoʻllab-quvvatlanadi. Rofe ibn Laysni ham oʻgʻuz va qarluq turklari qoʻllab-quvvatlagan[1].

Horun ar-Rashid Alinining oʻrniga Harsama ibn Aʼyonni tayinladi va 808-yilda vaziyatni hal qilish uchun sharqqa qarab yurish qildi. Horun ar-Rashid 809-yil mart oyida Tus shahrida vafot etdi[1]. Horun ar-Rashid vafotidan keyin Rofe ibn Lays Horunning oʻgʻli va Xurosonning yangi hokimi al-Maʼmunga taslim boʻlishni tanladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Bosworth 1995.
  2. 2,0 2,1 Bosworth 1989.
  3. Kennedy 2004.

Adabiyotlar

tahrir