Rollar
Rollar (yap. 巻き寿司 makidzusi, sushi-ruletlar) — yapon oshxonasida sushi navlaridan biri, uning oʻziga xos xususiyati bambuk boʻyrasi (yaponcha: 巻簾 — Makisu) yordamida silindrsimon shaklga oʻralgan, soʻngra boʻlaklarga kesilgan. Odatda rollar vasabi, zanjabil bilan soya sousiga botirilib isteʼmol qilinadi[1].
Tayyorlash
tahrirKoʻpincha rollar 6 yoki 8 boʻlakka, baʼzan esa 12 boʻlakka boʻlinadi va bitta porsiyada tortiladi. Nachinka nori (oldindan quritilgan va maydalangan presslangan dengiz oʻtlari), baʼzan yupqa omlet, soya „qogʻozi“ yoki perilla oʻsimligining bargiga oʻraladi. Nori qogʻozi yoki boshqa tashqi qatlam ichkarida, guruch yoki nachinka esa tashqarida boʻladigan tarzda oʻralgan rollar kamroq tarqalgan. Bundan tashqari, „rangli“ va „mozaika“, „teskari“ rollar va boshqa turdagi rollar mavjud. Guruchga sirka, yudzu, mirin qoʻshib tayyorlanadi[1].
„Assorti“ yoki „sushi assorti“ deb ataladigan taomlarda rollning bir nechta boʻlaklari (odatda 3-4 dona) boshqa sushi turlari bilan birga beriladi.
Rollarning navlari
tahrirBugungi kunda rollarning bir nechta toifalari mavjud:
- Anʼanaviy rollar — yapon oshxonasining anʼanalari va retseptlariga muvofiq tayyorlangan ruollolar. Koʻpincha ular kichik yupqa rulet boʻlib, undagi nachinka bir komponent (losos, ilon baligʻi, qisqichbaqa, okun va boshqalar) guruch bilan qoplangan va nori dengiz oʻtlari varagʻiga mahkam oʻralgan.
- Firma rollari — „Filadelfiya“ yoki „Kaliforniya“ kabi taniqli rollar bilan bir qatorda, yapon oshxonasi restoranlari oʻzlarining oʻziga xos rollarini taklif qilishadi, ularning tarkibi oshpaz tomonidan ishlab chiqiladi. Bu eng xilma-xil toifa.
- "Kaliforniya" rolli (Amerika va Yevropadagi qayta ishlangan roll varianti, Yaponiyada kam uchraydi va anʼanaviy hisoblanmaydi) Nachinkaning asosiy komponentlari avakado va qisqichbaqa goʻshti boʻlib, rollning tashqi tomoniga tobiko (ucharbaliq ikrasi) sepiladi. Avokado oʻrniga yangi bodring, mayonez, losos yoki tunets filesi, qisqichbaqalar goʻshti bilan tayyorlanishi mumkin[2].
- "Filadelfiya" rolli („Kaliforniya“ rolli kabi — yapon oshxonasi uchun anʼanaviy emas). Mashhur „Uramaki“, yaʼni guruch tashqarisiga „chiqqan“ turdagi rulonlardan biri. Nachinkada albatta sariyogʻli pishloq boʻladi, yashil piyoz, bodring, ikra va avakado qoʻshilishi mumkin. Tashqaridan roll toʻliq yoki qisman bir tilim yupqa yangi yoki yengil tuzlangan qizil ikra filesi bilan oʻraladi[3].
- Pishirilgan rollar — qoʻshimcha ravishda yuqori haroratda pishirilgan oʻziga xos rollarning kichik toifasi. Issiqlik bilan ishlov berish bu rollarni xavfsizroq qiladi va xom baliq oddiy ovqat boʻlmagan joylarning anʼanalariga mos keladi[4].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Как правильно есть суши?“ (ru). The Village. Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.
- ↑ „How sushi ate the world“ (en). the Guardian (2006-yil 26-fevral). Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.
- ↑ Andrew C. McKevitt. Consuming Japan: Popular Culture and the Globalizing of 1980s America. UNC Press Books, 2017-08-31. ISBN 978-1-4696-3448-7.
- ↑ КрымPRESS. „5 фактов о запеченных роллах“ (ru-RU). Новости Крыма | KrimPRESS (2021-yil 25-iyul). Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.