Roman Skornyakov (1976-yil 17-fevralda tugʻilgan, Sverdlovsk, RSFSR, SSSR) — oʻzbekistonlik va russiyalik figurachi. U 1996-yilgacha yakkalik holatdagi figurali uchishda Rossiya bayrogʻini, keyinchalik Oʻzbekiston bayrogʻini himoya qilgan. Roman Skornyakov  1997-2003-yillarda — Oʻzbekiston milliy chempioni boʻlgan. 1998-2002-yillarda Qishki Olimpiada oʻyinlarida Oʻzbekiston milliy termasida ishtirok etib, ikki marotaba 19-oʻrinni egallaydi. U 2000-2002-yillarda toʻrt qit’a chempionatida 7-oʻrinni qoʻlga kiritadi.

Roman Skornyakov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Tavallud sanasi 17-fevral 1976-yil (1976-02-17) (48 yosh)
Yekaterinburg, RSFSR
Sport
Qaysi sport figurali uchish

Tarjimai hol

tahrir

Roman Skornyakov 4 yasharidan[1] buyon “Yunost” (Yoshlik) sport maktabida Igor Ksenofontov[2] va Marina Voysexovskiylar[3] bilan figurali uchish boʻyicha shugʻullanib kelgan. U olimpiya zahiralar maktabini tamomlagan. 1995-1996-yillarda Rossiyaning ikkita chempionatida ishtirok etib, ikkinchi oʻntalikdan joy olgan. Shundan keyin u 1997-2002-yillarda yakkalik holatdagi erkaklar figurali uchish boʻyicha doimiy mamlakat chempioni sifatida 7 yil mobaynida Oʻzbekiston bayrogʻini himoya qilgan.Shu bilan bir qatorda Oʻzbekistonda sport anjomlari yetarli boʻlmaganligi sababli Skornyakov Yekaterinburgda mashgʻulotlarini davom ettiradi, lekin 1998-yildan AQSHdagi Deyl-Sitiga koʻchib oʻtadi[4][5].

U Oʻzbekiston uchun figurali uchish boʻyicha eng yirik jahon musobaqalarida: yetti bor jahon chempionatida, ikki marotaba Nagano va Solt-Leyk-Sitida oʻtkazilgan qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Mazkur musobaqalarda u eng kuchli yigirmata sportchilar qatoridan oʻrin egalladi. Sornyakovning eng katta muvaffaqiyatlaridan biri — 1999-yilda Kanvondoda boʻlib oʻtgan Qishki Osiyo oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritishi boʻldi.

U 2000-yilning yanvar oyida kelib chiqishi asli rossiyalik boʻlgan oʻzbek figurali uchuvchisi, Oʻzbekiston chempioni va toʻrt qit’a chempionati gʻolibi Tatyana Malinina bilan oila qurdi. Oradan vaqt oʻtib 2004-yilda bu juftlikdan Ilya ismli oʻgʻil farzand dunyoga keladi, 2017-yilda esa AQSH chempionatida oʻz yosh toifasida eng yaxshisi sanalgan. Soʻng Skornyakov 2022-yilda jahon chempionatida ilk bor ishtirok etgan.

Sport faoliyatining soʻnggida ikki juftlikning murabbiyi hisoblangan Igor Ksenofontov vafotidan keyin Skornyakov va Malinina birga figurali uchish boʻyicha shugʻullanishgan[6].

Ayni kunda Roman Skornyakov Virjiniya shtatidagi Deyl-Sitida murabbiy sifatida faoliyat olib boradi[1].

Sport yutuqlari

tahrir
Xalqaro
Musobaqalar/mavsum 94-95 95-96 96-97 97-98 98-99 99-00 00-01 01-02 02-03
Qishki Olimpiya o'yinlari 19 19
Jahon chempionati 20 14 21 17 20 19 20
To'rt qit'a chempionati 9 7 12 7
GP Lalique 7
GP NHK Trophy 12 8 4 10 7
GP Sparkassen 7 11
Golden Spin of Zagreb 6
Skate Israel 5 9
Osiyo o'yinlari 2
Osiyo kubogi 7 2
Milliy
O'zbekiston 1 1 1 1 1 1 1
Rossiya 16 11[3]
GP = Chempionlar seriyasi / Gran-pri

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Move to America Benefits Skorniakov“ (en). Golden Skate (2002-yil 28-mart). Qaraldi: 2017-yil 12-iyun.
  2. „Crystal Report Viewer“. www.isuresults.com. Qaraldi: 2017-yil 12-iyun.
  3. 3,0 3,1 „Роман Скорняков - Roman Skornyakov - Личности“. www.fskate.ru. Qaraldi: 2017-yil 11-iyun.
  4. „Вон из дома. Все фигуристы, которые уезжали из России за границу“ (ru). Sports.ru (2015-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 12-iyun.
  5. „At 26, Russian Becomes Potential Worlds-beater“ (en). tribunedigital-chicagotribune. 2017-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.
  6. Move to America Benefits Skorniakov |website = Golden Skate |date= 28 March 2002 }}

Havolalar

tahrir