Rose Christiane Raponda
Rose Christiane Ossouka Raponda (30-iyun 1963-yilda tugʻilgan[1][2][3]) 2023-yil yanvardan avgustgacha Gabon Respublikasi vitse-prezidenti boʻlib xizmat qilgan siyosatchi. Shuningdek, u oʻz davlatidagi ilk ayol vitse-prezident hisoblanadi[4][5][6]. U dastlab 2020-yil iyuldan 2023-yil yanvargacha Gabon bosh vaziri (davlatning birinchi ayol bosh vaziri) sifatida faoliyat yuritgan[7].Bundan tashqari Raponda Libreville meri hamda keyinchalik 2020-yildan 2019-yilgacha davlat Mudofaa vaziri boʻlib faoliyat yuritgan.
Rose Christiane Raponda | |
---|---|
Raponda, 2022-yil | |
Gabonning oltinchi vitse-prezidenti | |
Mansab davri 9-yanvar 2023-yil – 30-avgust 2023-yil | |
Prezident | Ali Bongo Ondimba |
Oʻtmishdoshi | Pierre Claver Maganga Moussavou (2019) |
Gabonning 12-bosh vaziri | |
Mansab davri 16-iyul 2020-yil – 9-yanvar 2023-yil | |
Prezident | Ali Bongo Ondimba |
Oʻtmishdoshi | Julien Nkoghe Bekale |
Vorisi | Alain Claude Bilie By Nze |
Gabon Mudofaa vaziri | |
Mansab davri 12-fevral 2019-yil – 16-iyul 2020-yil | |
Prezident | Ali Bongo Ondimba |
Bosh vazir | Julien Nkoghe Bekale |
Oʻtmishdoshi | Etienne Massard Kabinda Makaga |
Vorisi | Michael Moussa Adamo |
Libreville meri | |
Mansab davri 26-yanvar 2014-yil – 12-fevral 2019-yil | |
Oʻtmishdoshi | Jean-Franchois Ntoutoume Emane |
Vorisi | Leandre Nzue |
Byudjet, davlat hisobi va davlat xizmati vaziri | |
Mansab davri 27-fevral 2012-yil – 25-yanvar 2014-yil | |
Prezident | Ali Bongo Ondimba |
Bosh vazir | Raymond Ndong Sima |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
30-iyun 1963-yil Franceville, Gabon |
Millati | gabonlik |
Siyosiy partiyasi | Gabon demokratik partiyasi |
Kasbi | Iqtisodchi |
Oʻtmishi
tahrirRaponda 1963-yil 30-iyunda Farnceville shahrida tugʻilgan[8]. U Mpongve odamlari etnik guruhi aʼzosi hisoblanadi[9].
Raponda Gabon iqtisodiyot va moliya institutida (Gabonese Institute of Economy and Finance) iqtisod va davlat moliyasi fakultetini bitirgan[10].
Faoliyati
tahrirRaponda davlat iqtisodiyotining bosh direktori hamda Gabon uy-joy banki bosh direktor oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan[10]. U 2012-yil fevraldan 2014-yil yanvargacha Iqtisodiyot va moliya vaziri sifatida faoliyat yuritgan[10][11].
Raponda 2014-yil 26-yanvarda Gabon demokratik partiyasi vakili sifatida saylovda ishtirok etadi va poytaxt shahar Libreville meri etib saylanadi[9]. U 1956-yildan beri bu lavozimni egallagan birinchi ayol edi va 2019-yilgacha xizmat qildi[12][13]. U, shuningdek, Afrika birlashgan shaharlari va mahalliy hukumatlari (United Cities and Local Governments of Africa) tashkiloti prezidenti boʻlgan[14].
2019-yil 12-fevralda Raponda prezident Ali Bongo Ondimba tomonidan Gabon mudofaa vaziri etib tayinlandi[13][15][16] hamda 2016-yildan beri bu lavozimda xizmat qilib kelayotgan va Bongo oilasi aʼzosi hisoblangan Etienne Massard Kabinda Makagani oʻrnini egalladi[17]. 2020-yil 16-iyulda esa Julien Nkoghe Bekale isteʼfoga chiqqandan soʻng u Gabon bosh vaziri etib tayinlandi[12]. U bu lavozimni egallagan birinchi ayol hisoblanadi. Uning tayinlanishi Gabonda boʻlib oʻtgan muvaffaqiyatsiz davlat toʻntarishidan keyingi Ondimba tomonidan vazirlar mahkamasida amalga oshirilgan toʻrtinchi oʻzgarish boʻldi[18] va bu holat COVID-19 pandemiyasi tufayli ham salomatlik, ham iqtisodiy inqirozlar paydo boʻlgan, shuningdek, mamlakatning asosiy resurslaridan biri boʻlgan neft narxining pasayayotgan davrida yuz berdi[19].
Manbalar
tahrir- ↑ „Biographie du Premier Ministre Chef du gouvernement Alain-Claude Bilie-By-Nze“.
- ↑ „Rose Christiane Ossouka de maire de Libreville à ministre de la Défense nationale“ (2019-yil 31-yanvar).
- ↑ „Exécutif : Ossouka-Raponda, première femme cheffe du gouvernement“ (2020-yil 17-iyul).[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Gabon names vice-president and new prime minister“ (2023-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
- ↑ „Gabon: Rose Christian Ossouka Raponda named first-ever female VP“ (2023-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
- ↑ „Gabon Names Vice-President and New Prime Minister“ (2023-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
- ↑ Mouega, Mondjo „Gabon: Rose Christiane Ossouka Raponda nommée Premier ministre“ (fr). Gabon Media Time (2020-yil 16-iyul). 2020-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-iyul..
- ↑ „Rose Christiane Ossouka Raponda“ (fr). Leaders Afrique (2015-yil 22-sentyabr).
- ↑ 9,0 9,1 Dougueli, Georges „Gabon : Rose Christiane Ossouka Raponda, le nouveau visage de Libreville“ (fr). Jeune Afrique (2014-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 14-iyul.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 Gras, Romain „Gabon : Rose Christiane Ossouka Raponda, de la mairie de Librevelle au ministère de la Défense“ (fr). Jeune Afrique (2019-yil 12-fevral). Qaraldi: 2019-yil 14-iyul.
- ↑ „Gabon: Mrs Rose Christiane Ossouka Raponda elected Mayor of Libreville“. All Africa (2014-yil 27-yanvar). 2015-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-iyul.
- ↑ 12,0 12,1 „Gabon appoints first woman prime minister amid government shakeup“. Reuters (2020-yil 16-iyul). Qaraldi: 2020-yil 16-iyul.
- ↑ 13,0 13,1 „Rose Christiane Ossouka Raponda in uncharted territory“. Africa Intelligence (2019-yil 13-fevral). Qaraldi: 2019-yil 14-iyul.
- ↑ „Meetings of the Statutory Bodies for United Cities and Local Governments of Africa (UCLG Africa) & International Conference: African Cities: Engines of Sustainable Development – Cairo, Hotel Conrad, June 17-20, 2019“. Africa News (2019-yil 27-iyun). 2019-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-iyul.
- ↑ Ndungidi, Patrick „Gabon: Rose Christiane Ossouka Raponda nommée ministre de la défense“ (fr). African Shapers (2019-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 14-iyul.
- ↑ Solo,mon, Salem „African Women Surmount Obstacles to Redefine Their Countries' Militaries“. VOA News (2019-yil 24-fevral). Qaraldi: 2019-yil 14-iyul.
- ↑ „Gabon cabinet reshuffle“. Africa News (2019-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 14-iyul.
- ↑ Eric Mbog Batassi.. „Gabon Names First Woman as Prime Minister in Cabinet Reshuffle“ (2020-yil 16-iyul). Qaraldi: 2020-yil 16-iyul.
- ↑ „Gabon: A woman appointed Prime Minister, a première“. The North Africa Post (2020-yil 17-iyul). Qaraldi: 2020-yil 17-iyul.