Rostok universiteti – 1419-yil Shimoliy Yevropa qitʼasi va Boltiq dengizi mintaqasida tashkil etilgan eng qadimgi universitetlardan biri. Markaziy Yevropada sakkizinchi oʻrinda turadi[1]. Rostok universiteti Germaniyaning Rostok shahrida joylashgan. Oʻrta asrlarda Shimoliy Germaniya va Skandinaviya mamlakatlari uchun taʼlim markazi boʻlgan. Universitet binolari vaqtinchalik 1437 – 1443-yillarda Greyfsvald, 1487— 1490-yillarda Vismar va Lyubek shaharlarida tashkil etilgan. Matematika va tabiiy fanlar, kemasozlik, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, iqtisodiyot boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasida bir yarim milliondan ortiq asar saqlanadi. Rostok universitetida olti mingdan ortiq talaba taʼlim oladi[2].

Rostok universiteti
Asos solingan sanasi 1419-yil 13-fevral
Rektori Elizabeth Prommer
Talabalari 13 ming 766 nafar
Manzili
Germaniyaning Rostok shahri

Universitet uchta Nobel mukofoti sovrindorlari bilan bevosita bogʻliq. Bular: Albrext Kossel, Karl fon Frish va Otto Stern. Rostok universiteti Yevropa universitetlari assotsiatsiyasining aʼzosi. 2018-yilda Times Higher Education tomonidan eʼlon qilingan reytingga koʻra, universitet Germaniyadagi eng chiroyli universitet va butun Yevropadagi toʻrtinchi oʻrinda turadigan eng goʻzal universitetdir[3].

Kutubxonasi

tahrir

Rostok universiteti kutubxonasi uchta boʻlinmadan va bir nechta ixtisoslashgan kutubxonalardan iborat. Kutubxonada tadqiqot, taʼlim va mutolaa uchun ilmiy adabiyotlar va maʼlumotlar topish mumkin. Kutubxonada madaniy, tarixiy va ilmiy-tarixiy eski kitoblarning katta maxsus kolleksiyalari mavjud[4]. Kutubxonada universitet arxivi va sanʼat xazinasi ham mavjud[5].

Manbalar

tahrir
  1. Prague (1348), Kraków (1364), Vienna (1365), Pécs (1367), Heidelberg (1386), Cologne (1388), Leipzig (1409), Rostock (1419).
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. „The 10 most beautiful universities in Europe“ (en). Times Higher Education (2018-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 12-fevral.
  4. „Rostock University Library, University Archive“. 2018-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-iyun.
  5. „Rostock University Library, Patents and Standards Centre“. 2019-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-iyun.