Ruʼb
Ruʼb, Rub — oʻrta asrlardagi Tohariston shaharlaridan biri. Arablar istilosi davrida (7-asr) R. Siminjon sh. bilan yagona mulkni tashkil etib, uning shohi turkiycha Ruʼbxon unvoni bilan atalgan. Xalifalikka 826—827 yillarda 12600 dirham miqdorida xiroj toʻlagan. R.da mahalliy hukmdor — Ruʼbxonning qarorgohi boʻlgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |