Rudolf oroli
(Rudolf Orolidan yoʻnaltirildi)
Rudolf oroli, Rudolf Yeri — Frans Iosif Yeri arxipelagidagi eng shimoliy orol (Rossiya Federatsiyasi Arxangelsk viloyati tarkibida). Asosan, qumtosh va bazaltdan tarkib topgan. Maydoni 297 km²ga yaqin. Deyarli butunlay muz bilan qoplanib yotadi. 1936-yildan Qutb stansiyasi bor. Tadqiqotchi Yu. Payer tomonidan Avstriya valiahdi nomiga qoʻyilgan. Bir necha bor Shimoliy qutbga boruvchi ekspeditsiyalarning bazasi sifatida foydalanilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |