Rune Bratseth (talaffuzi: Rune Bratset; 1961-yil 19-martda tugʻilgan) — norvegiyalik sobiq futbolchi, himoyachi sifatida oʻynagan.

Rune Bratseth
Bratseth 2010-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rune Bratseth[1]
Tavallud sanasi 19-mart 1961-yil (1961-03-19) (63 yosh)
Tavallud joyi Trondheim, Norvegiya
Boʻyi 1.93 m
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1971—1980 Nidelv
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1981—1982 Nidelv
1983—1986 Rosenborg 83 (2)
1987—1994 Werder Bremen 230 (12)
Milliy terma jamoa
1986—1994 Norvegiya 60 (4)
Boshqargan klublari
2006 Rosenborg
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Oʻzining tashqi koʻrinishi tufayli Elk laqabini olgan[2]. Norvegiya terma jamoasi bilan 1994-yilgi Jahon chempionatida maydonga tushgan.

Klublardagi faoliyati

tahrir

Trondheimda tugʻilgan Bratseth oʻz faoliyatini mahalliy Rosenborg BK klubida boshlagan. 1987-yilning yanvarida Germaniyaning SV Werder Bremen klubi bilan bor-yoʻgʻi 93 000 yevro evaziga shartnoma imzoladi[3]. Tez orada asosiy tarkibga kiritildi va qishki tanaffusdan keyin 21-fevralda klubdagi debyutini 1. FC Nürnbergga qarshi oʻyinda (1:5) oʻtkazdi.

Bratseth Werder bilan 1991—1992-yillarda Monacoga qarshi oʻyinda (2:0) UEFA Kubok egalari kubogini qoʻlga kiritgan[4]. Musobaqa davomida toʻqqizta oʻyindan sakkiztasida maydonga tushdi va ikkita gol urdi (ikkalasi ham Ruminiyaning FCM Bacauga qarshi oʻyinida).

1993—1994-yillardagi UEFA Chempionlar Ligasida klub bilan RSC Anderlechtga qarshi oʻyinda (5:3) maydonga tushdi[5][6].

2003-yil noyabr oyida UEFA yubileyini nishonlash uchun Norvegiya futbol assotsiatsiyasi tomonidan Bratseth Norvegiyaning Oltin futbolchisi — soʻnggi 50 yildagi eng yaxshi norvegiyalik futbolchi deb topildi[7]. Keyinchalik Rosenborgning boshligʻi va bosh murabbiyi boʻldi[8]. Klub keyingi yillarda Norvegiya oliy divizionidagi ustunligini saqlab qoldi[9].

Bratseth aslida „Rosenborg“ga futbolchi sifatida oʻtgan edi. Klubning UEFA Chempionlar Ligasida roʻyxatdan oʻtish uchun asosiy tarkibida 25 nafar futbolchisi yoʻqligi sababli, zaxira oʻyinchisi boʻlgandi[10].

Xalqaro faoliyati

tahrir

Bratseth Norvegiya terma jamoasidagi debyutini 1986-yil 26-fevralda Grenadada o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan(2:1). Keyingi sakkiz yil ichida yana 59 ta oʻyin oʻtkazdi[11].

1994-yilgi FIFA Jahon chempionatida 33 yoshli Bratseth Norvegiya terma jamoasi sardori edi.

Faoliyat statistikasi

tahrir
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami Manba
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Nidelv 1979 - - [12]
1980 - - [12]
1981 - - [12]
1982 - - [12]
Jami -
Rosenborg 1983 1. divisjon 19 1 - 19 1 [12]
1984 21 1 - 21 1 [12]
1985 21 0 - 21 0 [12]
1986 22 0 4 0 - 26 0 [12][13]
Jami 83 2 4 0 87 2 -
Werder Bremen 1986—1987 Bundesliga 17 1 0 0 0 0 0 0 17 1 [13]
1987—1988 31 0 6 1 10 0 0 0 47 1 [13]
1988—1989 32 5 6 1 6 0 0 0 44 6 [13]
1989—1990 29 2 6 0 10 0 0 0 45 2 [13]
1990—1991 31 1 7 1 0 0 0 0 38 2 [13]
1991—1992 34 0 5 1 8 2 1[lower-alpha 1] 0 48 3 [13]
1992—1993 29 5 5 0 4 1 2[lower-alpha 2] 0 40 6 [13]
1993—1994 26 1 5 0 8 1 0 0 39 2 [13]
1994—1995 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0 [13]
Jami 230 15 40 4 46 4 3 0 319 23 -
Jami faoliyati 313 17 40 4 50 4 3 0 406 25 -
  1. One appearance in DFL-Supercup
  2. Two appearances in UEFA Super Cup

Yutuqlari

tahrir

Rosenborg

  • 1. divisjon: 1985-yil 

Werder Bremen

Individual

  • kicker Bundesliganing mavsum jamoasi: 1987—1988[14], 1988—1989[15], 1992—1993[16]
  • Kniksen mukofoti: 1991, 1992, 1994-yil
  • UEFA Norvegiya oltin oʻyinchisi : 2003-yil 

Manbalar

tahrir
  1. „Rune Bratseth“ (no). Football Association of Norway. Qaraldi: 2019-yil 12-oktyabr.
  2. Gieselmann. „Elch für Elch ein Elch“ (de). 11 Freunde (2009-yil 11-fevral). 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-noyabr.
  3. „Rune Bratseth“. UEFA.com (2003-yil 10-iyul). Qaraldi: 2015-yil 13-noyabr.
  4. „1991/92: Bremen shine in Stadium of Light“. UEFA.com (1992-yil 1-iyun). 2010-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-noyabr.
  5. „Bremen 5–3 Anderlecht“. UEFA.com (1993-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 13-noyabr.
  6. „Wunder gibt es immer wieder“ (de). 11 Freunde (2013-yil 8-dekabr). 2019-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-noyabr.
  7. „Golden players take center stage“. UEFA.com (2003-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 13-noyabr.
  8. „The riddle of Rosenborg“. UEFA.com (2005-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 19-iyun.
  9. „Heimliche Sehnsucht nach den Russen“ (de). Spox (2007-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 13-noyabr.
  10. {{{editor}}}: „Mystisk telefonsamtale styrket gudstroen“ (no). Dagbladet (2020-yil 17-yanvar). — „Luggen er litt gråere og han løper neppe 40-meteren på 4,69 sekunder lenger, en av de raskeste tidene notert av en norsk fotballspiller, men han trener jevnlig.“. Qaraldi: 2020-yil 18-fevral.
  11. „Norway – Record International Players“. RSSSF. Qaraldi: 2011-yil 30-yanvar.
  12. 12,0 12,1 12,2 12,3 12,4 12,5 12,6 12,7 „Rune Bratseth“. National Football Teams. Qaraldi: 2018-yil 20-iyul.
  13. 13,00 13,01 13,02 13,03 13,04 13,05 13,06 13,07 13,08 13,09 „Rune Bratseth » Club matches“. worldfootball.net. Qaraldi: 2018-yil 20-iyul.
  14. „Bundesliga Historie 1987/88“ (de). kicker.
  15. „Bundesliga Historie 1988/89“ (de). kicker.
  16. „Bundesliga Historie 1992/93“ (de). kicker.

Havolalar

tahrir