Rushdiy Muhammad Siddiq

Shoir, adib va tarjimon

Andoza:Wikidata image

Rushdiy Muhammad Siddiq
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi shoir, yozuvchi

Rushdiy Muhammad Siddiq (arabcha: رشدي محمد صديق)(XVII asr, Qoʻqon) — shoir, adib va tarjimon. „Tazkirat ul-avliyo turkiy“ va „Gʻavsul-Aʼzam“ kabi asarlar muallifi[1].

Hayoti

tahrir

Rushdiy Muhammad Siddiq XVII asarda yashagan. U Qoʻqonda tugʻilib, umrining oxirgi yillarini Qashqarda oʻtkazgan[2].

Rushdiyning bizga qadar ixchamgina axloqiy-taʼlimiy mazmundagi dostoni, 4 yil davomida yozgan katta hajmdagi „Tazkirat ulavliyoi turkiy“ asari, „Gʻavsul Aʼzam“ qissasi yetib kelgan. Unda Mansur Xalloj, Boyazid Bastomiy, Robiya Adaviya, Abu Turob Naxshabiy, at-Termiziy, Junayd Bagʻdodiy, Ibrohim Adham, Uvays Qaraniy, Bishri Xofiy, Abul Hasan Xaraqoniy singari sharqning 88 mashoyixi haqida maʼlumot beriladi. Rushdiy bu asarini yozishda arab va fors tillaridagi 14 manbadan, shuningdek, xalq ogʻzaki ijodi durdonalaridan foydalangan. Kitob turkiy tilda yozilgan, avliyolar — soʻfizm taʼlimoti daholari haqida eng mukammal maʼlumot beradigan yagona tazkiradir. Tazkiraning birdan-bir nusxasi Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika universitetining qoʻlyozmalar fondida saqlanadi[3].

Asarlari

tahrir
  • Tazkirat ul-avliyo turkiy;
  • Gʻavsul-Aʼzam.

Manbalar

tahrir
  1. Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir