Ruslan Abdullayev
Ruslan Abdullayev — birinchi yarim oʻrta vazn toifasida havaskor bokschi. Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Jahon chempioni (2023), Osiyo chempioni (2022), Oʻzbekiston chempioni (2021), havaskorlar oʻrtasidagi xalqaro va respublika turnirlarining koʻp karra gʻolibi.
| |
Statistikasi | |
---|---|
Asl ismi | qozoqcha: Руслан Әнуарұлы Абдоллаев |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavalludi |
19-iyul 2002-yil Qibray tumani |
Havaskor faoliyati | |
Havaskorlik janglari | 7 |
Havaskorlik gʻalabalari | 7 |
Medallari va yutuqlari | |
Professional faoliyati | |
Janglari soni | 7 |
Hayoti
tahrirRuslan Abdullayev 2002-yilda Oʻzbekistonda tugʻilgan.
Havaskor faoliyati
tahrir2019—2020-yillar
tahrir2019—2020-yillarda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasiga kira olmadi. Qozogʻistonga kelib, Qozogʻiston yoshlar terma jamoasiga kirishga urindi va hatto Janubiy Qozogʻiston viloyati tarkibida Qozogʻiston yoshlar chempionatida qatnashdi. Yarim finalda Sabirjan Akkalikovga yutqazdi va yakunda Qozogʻiston yoshlar chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi. Qozogʻistonda COVID-19 pandemiyasi boshlanganda u ham COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalindi, musobaqalar uzoq muddatga toʻxtatildi. Bu esa Qozogʻistondagi navbatdagi respublika musobaqalarida ishtirok etishiga toʻsqinlik qildi va natijada u Oʻzbekistonga qaytib keldi[2].
2021—2022-yillar
tahrir2021-yil dekabr oyida Oʻzbekiston chempioni boʻldi va Rufat Risqiyev kubogini qoʻlga kiritib, Oʻzbekistonning eng yaxshi bokschisi deb topildi[3].
2022-yil noyabr oyida Ammanda (Iordaniya) 63,5 kg vazn toifasida ilk bor Osiyo chempioni boʻldi. Musobaqaning finalida tajribali hindistonlik bokschi Shiv Thapani magʻlub etdi[4][5][6][7][8].
2023-yil
tahrirBoks boʻyicha 2023-yilgi jahon chempionati finalida debyut qilgan Ruslan Abdullaev (-63,5 kg) finalda moʻgʻulistonlik Chinzorig Batarsuxdan ustun keldi[9].
2024-yil
tahrir2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari
Ruslan Abdullayev 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining 1/16 finalida meksikalik Migel Ramiresni 5:0 hisobida magʻlub etgan. Chorak finalda Kanada vakili Wyatt Sanfordga qarshi ringga chiqib, 1:4 hisobida magʻlub boʻlgan va turnirni yakunlagan.
Unvon va mukofotlari
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Бир қатор спортчилар унвон ва орденлар билан тақдирланди“.
- ↑ „Выбивший Тольтаева с чемпионата Азии узбекистанский боксер хотел выступать за Казахстан“ (ruscha). Sports.kz (3-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2022-yil.
- ↑ „Руслан Абдуллаев стал обладателем Кубка Руфата Рискиева“ (ruscha). Yuz.uz (15-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2022-yil.
- ↑ „Мужская сборная Узбекистана по боксу завершила чемпионат Азии на первом месте“ (ruscha). Kun.uz (12-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2022-yil.
- ↑ „Казахстанец сразится с лучшим боксером Узбекистана на чемпионате Азии-2022“ (ruscha). Sports.kz (1-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2022-yil.
- ↑ „Казахстан понес первую потерю уже во втором бою ЧА-2022 по боксу“ (ruscha). Sports.kz (2-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2022-yil.
- ↑ „«Лучший поединок дня». Узбекистанский обидчик казахстанского боксера на ЧА-2022 вызвал восхищение эксперта“ (ruscha). Sports.kz (3-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2022-yil.
- ↑ „Желавший выступать за Казахстан узбекистанец вышел в финал ЧА-2022 по боксу“ (ruscha). Sports.kz (10-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2022-yil.
- ↑ „Ўзбекистонлик боксчилар Тошкентдаги ЖЧни биринчи ўринда якунлади“.
- ↑ „Bahodir Jalolovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” unvoni berildi“. qalampir.uz. Qaraldi: 4-avgust 2024-yil.