Russell choynagi, yoki Samoviy Choynak, faylasuf Bertrand Russell (1872–1970) tomonidan keltirilgan oʻxshatma boʻlib, dinlarning tekshirila olinmaydigan iddaolarining aksini isbotlash skeptik zimmasida ekanligi haqidagi mantiqan yanglish fikrni rad etish uchun argument sifatida qoʻllanadi. "Xudo Bormi?" maqolasida[1] (1952) Russell shunday yozadi:

Yer va Mars orasida, Quyosh atrofida aylanib, uchib yorgan chinni choynak bor va u shunday mitti-ki, eng kuchli teleskoplarimiz ham uni ilgʻay olmaydi, deb iddao qilsam, hech kim buning aksini isbotlay olmaydi. Biroq agar men shu iddaomning notoʻgʻri ekanligi isbotlana olinmas ekan, demak mening daʼvoimdan shubhalanish hurmatsizlikdir, desam, bekor gap aytayotgan boʻlaman. Lekin, agar shu choynakning mavjudligi qadimiy kitoblarda yozilib, har yakshanba kuni muqaddas haqiqatlar kabi oʻqitilsa, maktablarda bolalarning miyasiga quyilsa, uning borligiga shubha qilish noodatiy koʻrinib, dunyoviy davrda ruhshunos, oʻrta asrlarda esa inkvizitor huzuriga yuborilish uchun sabab boʻlur edi.

Russell choynagi konsepti asosida qator diniy parodiyalar, masalan Koʻrinmas Pushti Yakkashox[2] va Uchar Lagʻmon Jonivori[3] kabilar kelib chiqdi.

Shuningdek

tahrir

Manbalar

tahrir