Richard Dawkins
Clinton Richard Dawkins (talaffuzi: Klinton Richard Dokinz; 26-mart, 1941) britan etologi, biologi hamda ilmiy-ommabop asarlar muallifidir. 1976-yilda chiqqan The Selfish Gene kitobida mem degan tushunchani yoritib, evolutsiyaga genetik nuqtai nazardan yondashdi. 1982-yilgi The Extended Phenotype asarida fenotiplar faqat bir organizm bilan cheklanmay, balki atrof-muhitga ham yoyilishini koʻrsatib, biologiyaga muhim yangilik olib kirdi.
Richard Dawkins | |
---|---|
Tavalludi |
26-mart 1941-yil Nairobi, Keniya |
Istiqomat joylari | Oksford, Angliya |
Fuqaroligi | britan |
Sohasi | Etologiya, evolutsiya |
Taʼlimi | Balliol College, Oksford |
Akademik rahbarlari | Nikolaas Tinbergen |
Mashhur ishlari |
Genetik evolutsiya Mem konsepsiyasi Ilmiy-ommabop asarlar Din tanqidi |
Dawkins shuningdek kreatsionizmni keskin tanqid qilishi va dinni skeptik nuqtai nazardan yoritgan asarlari bilan ham mashhur.