Rustam Hakimovich Abdushukurov (1908.22.12, Kattaqoʻrgʻon—1981.21.4, Toshkent) – faylasuf olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, falsafa fanlari doktori (1965), professor (1968). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Toshkent Davlat Universiteti va boshqa oliy oʻquv yurtlari falsafa kafedralarida dotsent (1946-57). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya (1957—59), Falsafa va huquq (1959-64) institutlarining katta ilmiy xodimi, sektor mudiri (1971-yildan), Falsafa kafedrasining mudiri (1964-71). Ilmiy ishlari milliy masala, madaniyat muam-molariga bagʻishlangan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil