Rustam Malikovich Umarov (1984-yil 26-mayda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq mini-futbolchisi, darvozabon ampulasida oʻynagan. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosining sobiq aʼzosi (2002—2021), jamoa sardori (2007—2021). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustasi[1]. 2021-yildan Oʻzbekiston futzal terma jamoasida darvozabonlar murabbiy sifatida olib bormoqda

Rustam Umarov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rustam Malikovich Umarov
Tavallud sanasi 26-may 1984-yil
Tavallud joyi Namangan viloyati,
Oʻzbekiston SSR, USSR
Boʻyi 176 m (577 ft 5 in)
Ampluasi Darvozabon
Vazni 68 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002 Oʻzbekiston Lochin
2002 Qozogʻiston Aksauyt
- Oʻzbekiston Stroitel-Zarafshon
2008—2009 Rossiya Dinamo (Timal)
2009—2010 Rossiya CSKA (Moskva)
2010—2013 Oʻzbekiston Ardus
2011—2012 Oʻzbekiston Ardus
2012—2013 Oʻzbekiston Lokomotiv
2013—2014 Qozogʻiston Oʻzmunaygaz
2015 Oʻzbekiston Ardus
Milliy terma jamoa
2002—2022 Oʻzbekiston
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futzalchilik faoliyati

tahrir

Bolaligida bir necha yil gandbol bilan jiddiy shugʻullangan, keyin esa futbolga oʻtgan[1]. 2002-yilda esa futzalga oʻtgan: 18 yoshida unga darvozabon sifatida oʻzini „mini“da sinab koʻrishni taklif qilishgan. „Lochin“ jamoasi tarkibida oʻynagan[2]. Rustam 2002-yili terma jamoaga taklif qilingan[1][2].

2002-yilda Rustam Qozogʻistonga koʻchib oʻtgan va „Aksauyt“ klubida oʻynadi, shundan soʻng vataniga qaytib, Zarafshonning „Stroitel“ jamoasida faoliyatini davom ettirgan. 2007-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi sardori boʻlgan va 2021-yilga qadar faoliyat olib borgan[2].

2008-yilda Rossiya Superligasining „Dinamo-Timal“ va CSKA klublarida ikki mavsum davomida oʻynagan[3].

Superligada oʻynab yurgan kezlarida Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynash imkoniga ega boʻlmagan. Osiyo qitʼa turnirlari sanalari Rossiya chempionati oʻyinlariga toʻgʻri kelgan[4].

2009/2010-yilgi mavsumdan soʻng CSKA jamoasini tark etgan va Toshkentning „Ardus“ klubi bilan shartnoma imzolagan[5].

2010-yil oxirida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan „Osiyoning eng yaxshi futzalchisi“ unvoniga nomzod boʻlgan[6].

2011-yilda „Ardus“ tarkibida ilk bor Oʻzbekiston chempioni boʻlgan. Keyingi ikki mavsumni esa poytaxtning boshqa klublari „Bunyodkor“ va „Lokomotiv“ jamoarida ijara asosida oʻtkazgan. Natijada Umarov 2012-yilda „Bunyodkor“ bilan mamlakat kubogini qoʻlga kiritgan boʻlsa, 2013-yilda „Lokomotiv“ jamoasi tarkibida „oltin dubl“ga erishgan va mamlakatdagi ikki asosiy musoboqada gʻolib boʻlgan.

2012-yilda „Ardus“ jamoasiga qisqa muddat qaytgan va klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati finaliga chiqishga yordam bergan[7].

2013-yilning iyul oyida Toshkentda OFK murabbiylik kurslarida qatnashgan, bu esa 1-toifali murabbiylik litsenziyasini olish imkonini bergan[8].

Oʻsha yilning kuzida u Qozogʻistonning Janaoʻzenning „OʻzenMunayGaz“ klubi tarkibida oʻynagan.

Umarov futzal bilan bir qatorda ikki yil davomida birinchi liga jamoalari oʻrtasidagi futbol chempionatida Namangan viloyatining „Mingbuloq“ jamoasida toʻp surgan[9][10].

Yutuqlar

tahrir

Quruvchi-Zarafshon

tahrir
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2004/05

Bunyodkor

tahrir
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2011/12

Lokomotiv

tahrir

OʻzenMunayGaz

tahrir
  • Qozogʻiston kubogining bronza medali sovrindori: 2013

Olmaliq

tahrir
  • Oʻzbekiston chempioni: 2014/15, 2015/16
  • Osiyo vitse-chempioni: 2006, 2010, 2016
  • Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori: 2005, 2007, 2014, 2018
  • Osiyo oʻyinlarining bronza medali sovrindori: 2005

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Сергей Тыртышный. „Умаров: «Хочу заявить о себе в Суперлиге»“ (ru). Чемпионат.ру. 2008-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-yanvar.
  2. 2,0 2,1 2,2 „От гандбола — к мини-футболу. Вратарь МФК «Динамо-Тималь» Рустам Умаров о себе, спорте и узбекской кухне“ (ru). «Молодёжная газета». Qaraldi: 2011-yil 21-aprel.[sayt ishlamaydi]
  3. „Пресс-конференция «Динамо-Тималь»“ (ru). «Футбол в стране курая». 2012-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-aprel.
  4. „Рустам Умаров: Два года вне сборной“ (ru). UzFutsal.uz. Qaraldi: 2011-yil 21-aprel.[sayt ishlamaydi]
  5. „«Ардус» презентовал новичков клуба“ (ru). Официальный сайт ПФК «Ардус». Qaraldi: 2011-yil 21-aprel.[sayt ishlamaydi]
  6. „Сборная Узбекистана и Рустам Умаров — кандидаты на звание лучших в Азии“ (ru). Uzbekistan Daily. Qaraldi: 2014-yil 22-yanvar.[sayt ishlamaydi]
  7. Тенгелбес Мусаев. „Рустам Умаров: «Задача в чемпионате Казахстана — медали»“ (ru). Sportz.kz. 2014-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-yanvar.
  8. „В Ташкенте прошли первые курсы Азиатской футбольной Конфедерации «Level-1»“ (ru). Ассоциация футзала Узбекистана. 2014-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-yanvar.
  9. Дмитрий Слезин. „Голкипер сборной Узбекистана станет вратарём уфимского клуба «Динамо-Тималь»“ (ru). Башинформ. 2012-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-yanvar.
  10. Бахтиёр Маметов. „Рустам Умаров: сильное звено нашей сборной…“ (ru). Sportportal.uz. 2012-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-aprel.