Rustam Ismailovich Yaushev (1937-yil 17-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2017-yil 20-iyul, Moskva, Rossiya) – rus grafik-rassomi, Rossiya Badiiy akademiyasining akademigi (1997). RSFSRda va (1980), Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist (1995)[1].

Rustam Yaushev
Tavalludi 17-iyul 1937-yil
Vafoti 20-iyul 2017-yil
Moskva
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Unvoni professor

Tarjimai holi

tahrir

Rustam Ismailovich 1937-yil 17-iyulda Oʻzbekiston SSRning Toshkent shahrida tavallud topgan. Moskvada yashab ijod qilgan.

1964-yilda V. I. Surikov nomidagi Moskva rassomlik institutini tamomlagan.

Rustam 1968-yildan 1970-yilgacha Kamchatka Rassomlar uyushmasi tashkiliy byurosining raisi boʻlgan. 1971-yilda Y. A. Kibrik qoʻl ostida Badiiy akademiyaning ijodiy ustaxonasini tamomlagan.

Yaushev 1974-yildan SSSR Rassomlar uyushmasi aʼzosi, 1986-yildan 1990-yilgacha RSFSR Rassomlar uyushmasi taftish komissiyasi aʼzosi hamda Moskva Rassomlar uyushmasi aʼzosi va kotibi boʻlgan. 1990–1993-yillar oraligʻida Moskva Rassomlar uyushmasi dastgoh grafikasi ijodiy uyushmasi raisi boʻlib ishlagan.

Rustam Ismailovich 1993-yildan 1996-yilgacha Krasnoyarsk rassomlik institutida rektor lavozimida faoliyat olib borgan. 1995-yilda unga professor ilmiy unvoni berilgan. Rustam 1997-yilda Rossiya Badiiy akademiyasi Grafika boʻlimining akademigi etib saylangan. 1999-yildan Rossiya Dizaynerlar uyushmasi aʼzosi boʻlgan.

2008-yildan boshlab Moskva pedagogika universitetining tasviriy sanʼat fakultetida dars bergan.

Qizi Olga (1968-yilda tugʻilgan) Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist, Rossiya Badiiy akademiyasining muxbir aʼzosi boʻlgan[2].

Ijodiy faoliyati

tahrir

Rustam Yaushevning asarlari Rossiyadagi 26 ta muzey va sanʼat galereyasi kolleksiyalarida, shuningdek, AQSh, Yaponiya, Fransiya, Xitoy va Turkiyadagi shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi.

Mukofotlari

tahrir

Rustam Ismailovich 1986-yilda „Hurmat belgisi“ ordeni va 1986-yilda „Baykal-Amur magistralini qurish uchun“ medali bilan taqdirlangan.

Manbalar

tahrir