Rustambek Niyozbekov — (1888-yilda tugʻilgan) oʻzbek maʼrifatchilaridan biri.

Rustambek Niyozbekov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1888-yil
Toshkent
Vafoti 1932-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Millati oʻzbek
Kasbi
  • ishchi dehqon

Hayoti va mehnat faoliyati

tahrir

Rustambek Niyozbekov Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Yaqinlaridan olingan maʼlumotlarga koʻra, u Muhammad Niyoz Beklarbegining abirasi Eshonqul dodxohning nabirasi boʻlgan. U dastlab eski usuldagi maktabda, soʻng Eshonqul dodxoh madrasasida saboq olgan, rus-tuzem maktabida ham oʻqigan.

1908—1917-yillarda shu madrasada mutavalli vazifasida ishlagan. 1917-yil oʻzgarishidan soʻng taraqqiyparvar yoshlar qatori turli kurslarni tashkil etishda ishtirok etgan. 1919—1920-yillarda Toshkent shahar tungi qorovullash xizmatida ishlagan. 1920—1922-yillarda Maorif xalq komissarligida xoʻjalik boʻlimi mudiri, 1923-yilda shu tashkilotning vaqf boʻlimida faoliyat olib borgan. 1926—1930-yillarda dehqonchilik bilan shugʻullangan.

1929-yilda „Munavvarqori Abdurashidxonov va Salimxon Tillaxonovlar ishi“ boʻyicha qamoqqa olingan va Novosibirskka surgun qilingan[1].

Ayblov

tahrir

1921-yil 31-mart sanasida „Milliy ittihod“ning boshqa aʼzolari Rustambek Niyozbekov, Muhammadyor Muhammadumarovlar ham qamoqqa olingan[2].

1921-yilning 23-dekabr sanasida Turkiston Markaziy Ijroqoʻmi huzuridagi inqilobiy tribunal „Milliy ittihod“ Toshkent boʻlimi rahbari Sadriddinxoʻja Sharifxoʻjayev va uning aʼzolari Orif Karimov, Yusufbek Qurbonov, Muhammaddiyor Muhammadumarov, Abdullajon Ziyomuhammedov hamda Rustambek Niyozbekovni „millatlarni birlashtiruv qoʻmitasi bayrogʻi ostida aksilinqilobiy uyushma“ tuzish va sovet hukumatiga qarshi kurashgan Fargʻona „bosmachilari“ bilan aloqa bogʻlaganlikda ayblab, tergov ishi boshlaydi. 35-sonli ushbu ish shaxsan Turkiston ASSR Markaziy Ijroqoʻmi huzuridagi oliy inqilobiy tribunal tergovchilar komissiyasining raisi boʻlmish Dubinskiy tomonidan olib borilgani mazkur holat bolsheviklarni jiddiy xavotirga solib qoʻyganligidan dalolat berardi[3].

Vafoti

tahrir

Rustambek Niyozbekov 1932-yil 13-aprelda oʻsha yerdagi lagerda vafot etgan.

Manbalar

tahrir
  1. Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: e'lon qilinmagan urush Katta qirg'in qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7. 
  2. „“Xalq tomonida turgan” jadidlar safdoshi Sadriddinxon mufti Sharifxo‘jayev haqida“. daryo.uz. Qaraldi: 15-oktyabr 2024-yil.
  3. „“Миллий иттиҳод” – курашнинг машаққатли йўли“. oyina.uz. Qaraldi: 15-oktyabr 2024-yil.