Toshkentdagi ShHT sammiti (2004)
Shanxay Hamkorlik Tashkilotining 2004-yilgi sammiti — tashkilotga aʼzo davlat rahbarlarining Toshkentda 2004-yil 16-17-iyun kunlari boʻlib oʻtgan ucharshuvi[1].
Toshkentdagi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti (2004) | |
---|---|
Mezbon davlat | Oʻzbekiston |
Sana | 2004-yilning 16—17-iyun kunlari |
Shaharlar | Toshkent |
Ishtirokchilar |
Vladimir Putin Nursulton Nazarboyev Asqar Akayev Emomali Rahmon Hamid Karzay |
Rais | Islom Karimov |
Keyingi | 2005 |
Avvalgi | 2003 |
Uchrashuvning asosiy masalasi mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashdan iborat edi. Olti davlat prezidentlari bir qator qo‘shma hujjatlarni imzolagan. Toshkentda ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi binosining tantanali ochilishi bilan boshlangan. Tashkent Intercontinental mehmonxonasining Kongress-markazi binosida Tashkilot davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi bo'ldi. Islom Karimov kun tartibini o‘qib eshittirdi. Ayni paytda shu binoda delegatsiyalarning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan[2].
Rasmiy suratga olishdan so‘ng Toshkent deklaratsiyasi, shuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar kontrabandasini nazorat qilish to‘g‘risidagi bitim kabi bir qator hujjatlar imzolanishi bilan yakunlandi. Mo'g'uliston ShHT doirasida kuzatuvchi sifatida tasdiqlangan. Kengaytirilgan yig‘ilishda Afg‘oniston rahbarining ham chiqishi tinglandi.