SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari uyushmasi
SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari uyushmasi (inglizcha: SOS — Childrenʼs Villages of Uzbekistan) — 1997-yilda bolalarning farovonligini taʼminlash, ularning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish va ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida tashkil etilgan nodavlat-notijorat tashkilot[1]. Bu uyushma bevosita „SOS Bolalar Mahallalari“ xalqaro tashkilotining aʼzosi hisoblanadi. U oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi va „SOS Bolalar Mahallalari“ xalqaro tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnoma doirasida amalga oshiradi. Ayni paytda „SOS Bolalar Mahallalari“ 134 ta mamlakatdagi milliy Uyushmalarni moliyaviy va texnologik jihatdan qoʻllab-quvvatlamoqda, 2 mingdan ortiq dastur va loyihalarni amalga oshiryapti. Uyushma 14 marta Nobel tinchlik mukofotiga nomzod boʻlgan[2][3].
Turi | Nodavlat notijorat tashkilot |
---|---|
Maqomi | Amalda |
Ishga tushgan sanasi | 31-dekabr, 1997-yil |
Joylashuvi | Toshkent shahri, Nukus koʻchasi, 79-uy. |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Direktori | G.Abidova |
Vebsayti | sos-kd.uz |
Til(lar)i | oʻzbek, rus, ingliz |
Tarixi
tahrirTashkilot nomidagi „SOS“ qisqartmasi „Societas Socialis“ degan maʼnoni anglatadi. 1949-yilda Hermann Gmayner va uning tarafdorlari Avstriyadagi yetim bolalarni parvarish qilish uchun mablagʻ yigʻish maqsadida Societas Socialis ijtimoiy klubini tashkil qildilar. Bir yil oʻtgach, bu nom SOS Bolalar Mahallalari deb oʻzgartirildi. Hermann Gmayner va uning tarafdorlari uchun SOS ijtimoiy mas’uliyatli jamiyatni anglatgan.
Uyushma Vazirlar Mahkamasining 31-dekabr 1997-yildagi 585-sonli „Oʻzbekistonda SOS Bolalar Mahallalari Uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisida“gi Qaroriga muvofiq taskil etigan. SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari Uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va SOS Kinderdorf International (Avstriya) tomonidan 1997-yilda imzolangan „Oʻzbekiston Respublikasida SOS bolalar mahallalarini va ular bilan bogʻliq loyihalarni tashkil etish, qurish, jihozlash va ularning faoliyat koʻrsatishi toʻgʻrisida“gi shartnomaga muvofiq oʻz faoliyatini amalga oshiradi[4].
2000-yilda Toshkentda birinchi SOS Bolalar Mahallasi ochilgan.
2005-yilda SOS Bolalar Mahallasi Samarqand shahrida ochilgan. 2016-yil 22-noyabr kuni Samarqand shahrida „SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari“ uyushmasi filialining Yoshlar markazi ochildi[5].
2012-yilda Xorazm viloyatida SOS Mahallalari uyushmasi filiali oʻz faoliyatini boshladi.
2021-yil 18-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va „SOS-Oʻzbekiston Bolalar mahallalari“ uyushmasi oʻrtasida hamkorlik aloqalarni mustahkamlash maqsadida memorandum imzolangan[6].
Uyushmaning vazifalari
tahrir- Ota-onasining qaramogʻisiz qolgan bolalarni hamda oilalari qiyin hayotiy sharoitlarga tushib qolgan bolalarni jismoniy, intellektual va maʼnaviy rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratish, ularga ijtimoiy va huquqiy koʻmakni taʼminlash;
- ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni Oʻzbekistonning anʼanaviy va milliy tamoyillarini hisobga olgan holda tarbiyalash;
- ijtimoiy markazlarni tashkil etish hamda psihologik va huquqiy koʻmak koʻrsatish yoʻli bilan qiyin hayotiy sharoitlarga tushib qolgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash;
- uyushma faoliyatiga davlat, jamoat va hususiy tuzilmalarni faol jalb etish, bolalar vasiyligi masalalari boʻyicha jamoatchilikning habardorligini oshirish va ular boʻyicha oʻzaro tajriba almashish[7][8].
Manbalar
tahrir- ↑ „SOS Bolalar Mahallalari O'zbekiston“. sos-kd.uz. sos-kd.uz. Qaraldi: 21-may 2024-yil.
- ↑ „«SOS – OʻZBEKISTON BOLALAR MAHALLALARI» FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI PODROBNEYE: HTTPS://WWW.NORMA.UZ/OZ/QONUNCHILIKDA_YANGI/SOS_-_UZBEKISTON_BOLALAR_MAHALLALARI_FAOLIYATI_TAKOMILLASHTIRILADI“. norma.uz. «NORMA» MChJ. Qaraldi: 21-may 2024-yil.
- ↑ „Ота-онаси тирик, аммо етимлик қисматида яшаётган болалар“. uza.uz. uza.uz. Qaraldi: 21-may 2024-yil.
- ↑ „«SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari» qayta nomlanadi“. Gazeta.uz. «Gazeta News» MChJ. Qaraldi: 21-may 2024-yil.
- ↑ „Samarqandda “SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining Yoshlar markazi ochildi“. daryo.uz. Daryouz. Qaraldi: 21-may 2024-yil.
- ↑ „“SOS-O‘zbekiston Bolalar mahallalari” uyushmasi bilan Memorandum imzolandi“. milliygvardiya.uz. milliygvardiya.uz. Qaraldi: 21-may 2024-yil.
- ↑ „“SOS — O‘ZBEKISTON BOLALAR MAHALLALARI” UYUSHMASINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 21-may 2024-yil.
- ↑ „Болаларни муқобил парвариш қилиш хизматлари – болаларни оилага ўхшаш муҳитда ақлий, руҳий ва жисмоний жиҳатдан ривожлантиради“. review.uz. review.uz. Qaraldi: 21-may 2024-yil.