Salimiya masjidi (Salim II masjidi, turkcha: Selimiye Camisi) – Turkiyaning Konya shahrida joylashgan XVI asga oid Usmonli masjidi.

Masjid
Salimiya masjidi
turkcha: Selimiye Camisi
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Konya
Koordinatalar 37°52′14″N 32°30′15″E / 37.87044°N 32.50416°E / 37.87044; 32.50416
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Klassik Usmonli meʼmorchiligi
Binokorlik sanasi 1558 yil
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2

Manzili

tahrir
 
Keyinchalik qurilgan oʻng tarafdagi masjidga biriktirilgan gumbazli kutubxona binosi

Masjid Konyaning Karatay oʻrta munitsipalitetida joylashgan. Bino shaharning biznes markazida , Aziziye masjidining sharqiy qismida, fors soʻfiy tasavvuf vakili mavlono Jaloliddin Rumiy (hozirgi Mavlono muzeyi) ziyoratgohi majmuasi yonida qurilgan[1].

Tarixi

tahrir

Masjid 1558-yilda Salim II tomonidan shahzodalik davrida sanjak hokimi vazifasida xizmat qilgan vaqtida foydalanishga topshirilgan. Masjid mamlakatda Xoʻja Sinon bosh meʼmor boʻlib turgan vaqtda qurilgan boʻlsa-da, meʼmorning tarjimai hollarida ushbu bino qayd etilmagan[1]. Sinon qoʻlyozmlarida Konyada bunyod ettirilgan hospisning taʼmirlanishinigina sanab oʻtgan[1]. Qurilish ishlari 1570-yilda Salim II mamlakat sultoni boʻlganidan keyin yakunlangan. Keyinchalik, Salimiya masjidi 1685, 1816 va 1914-yillarda uch marta taʼmirlangan[2].

Arxitekturasi

tahrir

Ikki minorali masjid XVI asrga oid Usmonli masjidi boʻlib, Istanbuldagi Fotih masjidiga oʻxshab qurilgan. Namozxona katta gumbaz bilan qoplangan. Ayvon ustida yettita kichik gumbazlar bor. Mehrob koʻk marmardan, minbar oq marmardan bunyod etilgan[3].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Necipoğlu 2005.
  2. Konya Tourism page (turkcha) Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh.
  3. Konya Tourism page (turkcha) Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir