Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqan davlat chet tillar instituti
Xalqaro nomi
Samarkand State Institute of Foreign Languages
Asos solingan sanasi 1994-yil
Rektori Xolikov Bahodir Alikulovich
Fakultetlar 7 ta
Talabalari 13 mingdan ortiq
Bakalavriat 4 yil
Magistratura 2 yil
Manzili
Oʻzbekiston, Samarqand, Boʻstonsaroy k, 93
,
Samarqand
,
O'zbekiston
Veb-sayti samdchti.uz

Samarqand davlat chet tillar instituti haqida

tahrir

Samarqand davlat chet tillar instituti (SamDCHTI) – roman-german va koreys filologiyasi boʻyicha pedagog-mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan oliy oʻquv yurti. Samarqand shahri Boʻstonsaroy koʻchasida joylashgan. Bu Oʻzbekiston va Markaziy Osiyodagi xorijiy tillarni oʻrganish boʻyicha eng yirik oliy taʼlim muassasalaridan biridir. Samarqand davlat chet tillar instituti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1994-yil 8-noyabrdagi farmoni bilan tashkil etilgan. Hozirgi kunda institutda yuqori malakali xorijiy filologlar, mutaxassislar, jumladan, oliy va oʻrta maxsus taʼlim, shuningdek, turizm infratuzilmasi uchun gid-tarjimonlar tayyorlanmoqda.

Institut faoliyati

tahrir

Samarqand davlat universitetida faoliyat koʻrsatgan kafedralar (ingliz, fransuz, nemis tillari) birlashtirilib, avval oʻzbek filologiyasi fakulteti qoshida boʻlim, 1962-yildan esa romangerman filologiyasi fakulteti tashkil etildi. 1962—1994-yillar mobaynida ushbu fakultet yirik oʻquv, ilmiy uslubiy markazga aylandi. SamDCHTI da kichik, katta kurslar ingliz filologiyasi, fransuz, nemis va koreys filologiyasi fakultettlarida 2003—2004-oʻquv yilida 240 oʻqituvchi (jumladan, 10 fan doktori, 5 professor va 40 fan nomzodi va dotsentlar) 1800 talabaga dars bergan. Institutda, shuningdek, italyan, yapon, turk, arab tillari ham oʻqitiladi.

Institutda 8 ta fakultet va 23 ta kafedra mavjud (2023-yil maʼlumoti). Ular: 16 ta til va madaniyat markazlari, hududiy (zonal) tillarni oʻqitish markazi, taʼlim sifatini taʼminlash va innovatsiyalar markazi, shuningdek, oʻquv va multimedia uskunalari bilan jihozlangan axborot-resurs markazi. Institut bakalavriat (14 ta yoʻnalish boʻyicha), magistratura (9 ta mutaxassislik boʻyicha), doktorantura (4 ta profil) yoʻnalishlariga ega[1]. 350 oʻquvchiga moʻljallangan yotoqxona, shuningdek, 250 oʻrinli oshxona mavjud.

Hozirda quyidagi til mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlanmoqda: ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, arab, fors, yapon, koreys va xitoy tillari. Soʻnggi yillarda institutdan 4 nafar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, 15 nafar Alisher Navoiy nomidagi, 3 nafar Islom Karimov nomidagi olimlar hamda yuzdan ortiq turli dastur va olimpiadalar gʻoliblari yetishib chiqqan. Hozirgi kunda taʼlim muassasasida 610 nafar professor-oʻqituvchilar, jumladan, 12 nafar fan doktori, professor, 54 nafar fan nomzodi, dotsent va 54 nafar oʻqituvchi, jumladan, 20 nafar xorijiy mutaxassislar faoliyat yuritmoqda[2].

SamDCHTI dunyoning 45 dan ortiq davlati, jumladan, Rossiya, Ukraina, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, AQSh, Xitoy, Malayziya, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi davlatlarning universitet va institutlari, xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish toʻgʻrisida shartnomalar imzolagan[3].

Institutda frazeologiya, leksikografiya, qiyosiy tipologiya, lingvodidaktika kabi filologiya tarmoqlari rivojlangan. Institutda koʻplab ilmiy asarlar yaratilgan. Shular qatorida „Til va jamiyat“, „Xorijiy tillar hozirgi dunyoda: Taʼlim metodikasining tadrijiy taraqqiyoti“, „Kontrastiv leksikografiya nazariyasi asoslari“ va boshqa Shuningdek, Institutda „Xorijiy filologiya“ (til, adabiyot, taʼlim) jurnal nashr etiladi[4].

Fakultetlar

tahrir
 
Ingliz tili I fakulteti

Ingliz tili fakulteti – I

tahrir

Samarqand davlat chet tillar instituti rektorining 1995-yil 17-yanvarda 1-sonli buyrug‘iga asosan Ingliz filologiyasi fakulteti tashkil etildi. 2014-yil Xorijiy til (ingliz tili) va adabiyoti yo‘nalishi ochildi. Shu yildan boshlab “Ingliz tili fakulteti” deb nomlandi. Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining 2018-yil 25-oktyabrdagi 3-son bayoni bilan tasdiqlangan va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan 2018-yil 2- noyabrda kelishilgan “Samarqand davlat chet tillar instituti tashkiliy tuzilmasi”ga asosan Ingliz tili fakulteti negizida “Ingliz tili I fakulteti” tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni va «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda talaba va o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasini muntazam oshirib borish, ularning o‘qishdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash maqsadida Ingliz tili I fakultetida qator ma’naviy va ma’rifiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Batafsil

Kafedralari
tahrir

Ingliz tili – II fakulteti

tahrir
 
Ingiliz tili II fakulteti

Fakultetda 60111800 (5111400) - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) va 60112600 (5112200) -Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy tili (ingliz tili) hamda – 70111801 Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) magistratura yo’nalishlari  bo’yicha jami 1410 nafar talabalar tahsil olib kelmoqda. Shundan 1264 nafari o’zbek guruhlarida, 146 nafari rus guruhlarida ta’lim olmoqda.   

Batafsil

Kafedralari
tahrir
 
Roman-german tillari fakulteti

Roman-german tillari fakulteti

tahrir

1994-yil 8-noyabrda Samarqand davlat chet tillar instituti bilan bir vaqtda nemis tili va fransuz tili fakultetlari ham tashkil etilgan. 2005-yilda bu ikki fakultet negizida roman-german filologiyasi fakulteti tashkil etilgan. 2017-yildan boshlab roman-german filologiyasi fakulteti romon-german tillari fakulteti deb nomlana boshlagan. Hozirgi kunda fakultetda 1670 ta talaba tahsil olmoqda, ulardan 1100 nafari qizlar 570 nafari oʻgil bollar. Shuningdek, fakultetda 8 nafar professor, 21 nafar dotsent 4 nafar xorijlik mutaxassis va 117 nafar oʻqituvchilar saboq berishmoqda. Fakultet Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya va Rossiya elchixonalari, xalqaro Erasmus+ va DAAD fondlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Batafsil

Kafedralari
tahrir
 
Sharq tillari fakulteti

Sharq tillari fakulteti

tahrir

Fakultetga 1995-yilning 12-avgustida asos solingan. Fakultet 2001-yil sentabridan koreys filologiyasi fakulteti deb nomlangan. 2005-yil sentabrida fakultet negizida tarjima nazariyasi va amaliyoti bo‘limi tashkil etildi. 2007-2008 o‘quv yili mobaynida Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti nomiga o‘zgartirildi. Fakultet 2012-yil fevral oyidan boshlab Tarjimonlik fakulteti, 2014-yildan 2021-yil sentabrga qadar Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti deb nomlangan. 2021-yil sentabr oyidan boshlab, Sharq tillari fakulteti deb yuritilib kelinmoqda.

Bugungi kunda fakultet qoshida 4 ta kafedra va quyidagi yo’nalishlar mavjud.  Yaniy filologiya va tillarni o’qitish: koreys tili, filologiya va tillarni o’qitish: xitoy tili, filologiya va tillarni o’qitish: yapon tili, filologiya va tillarni o’qitish: arab tili va xalqaro jurnalistika ta’lim yo’nalishi talabalari “Sharq tillari” fakultetida tahsil olishadi.

Batafsil[sayt ishlamaydi]

Kafedralari
tahrir

Qo’shma ta’lim dasturlari fakulteti

tahrir

Xalqaro qo'shma dasturlar ko'p madaniyatli muhitda bo'lgan holda yosh mutaxassislarni ikki yil ichida yuqori darajada tayyorlashga, ularga xalqaro muhitda, xususiy sektorda, milliy va xalqaro jamoat institutlari va NNTlarda rivojlanish uchun bilim va zarur ko'nikmalar berishga qaratilgan. Ushbu ko'p tarmoqli va saylov dasturi chet tillarini o'rganish va ijtimoiy fanlarni, shuningdek, amaliy va professional darajada tahsil olishni o'zida mujassamlashtirgan.

2+2 qo’shma ta’lim dasturlari asosida talabalar ikki yil chet tillari institutida va ikki yilni nufuzli xalqaro hamkor universitetlarimizning birida to’liq integrallashgan o’quv dasturlari hamda ikki hamkor o’rtasida kelishilgan kredit asosida tahsil oladi. Chet elda o’qish jarayonida talabadlarga chet tilni va chet el madaniyati va urf-odatlarini chuqurroq tadqiq qilish imkoniyati tug’iladi.

Batafsil

Kafedralari
tahrir

Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti

tahrir

Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining 2021-yil 1-iyuldagi 11-son bayoni bilan tasdiqlangan “Samarqand davlat chet tillar instituti tashkiliy tuzilmasi”ga asosan “Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti” tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni va «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil  20-apreldagi PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda talaba va o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasini muntazam oshirib borish, ularning o‘qishdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash maqsadida Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida qator ma’naviy va ma’rifiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Batafsil

Kafedralari
tahrir

Narpay xorijiy tillar fakulteti

tahrir

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yil 15-16-aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida viloyat faollari ishtirokida o’tkazilgan yig’ilishda bergan topshiriqlari bo’yicha 20-sonli Bayonining 120-bandida 2021-2022 o’quv yilidan boshlab instituti huzuridagi Narpay xizmat ko’rsatish texnikumi binosida “Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili” hamda “Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til: ingliz tili” ta’lim yo’nalishlari bo’yicha kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan Xorijiy tillar fakulteti faoliyatini yo’lga qo’yish belgilangan.

Fakultetda 60111800 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) va 60112600 -Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy tili (ingliz tili) bo’yicha jami 210 nafar talabalar tahsil olib kelmoqda

Batafsil

Kafedralari
tahrir

Payariq xorijiy tillar fakulteti

tahrir

Fakultetda 60111800 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) va 60112600 -Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy tili (ingliz tili) ta’lim yo’nalishlari kunduzgi ta’lim shakllari bo’yicha jami 231 nafar talabalar tahsil olib kelmoqda, shundan kunduzgi ta’lim shakli bo’yicha 231  nafari o’zbek guruhlarida, 231 nafar talaba ta’lim olmoqda.

Hozirgi kunda fakultetda 1 ta Umumiy fanlar kafedrasi  va  mavjud bo‘lib, unda 2 nafar dotsent,  4 nafar katta o'qituvchi, 3 nafar assistent-o`qituvchi va  9 nafar stajyor-o'qituvchilar faoliyat ko'rsatmoqda.

Batafsil

Kafedralari
tahrir

Kechki fakulteti

tahrir

Kechki fakultet Samarqand davlat chet tillari institut Kuzatuv kengashining qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvarda tashkil etilgan. Hozirda fakultetda 12 ta yoʻnalish boʻyicha 3382 nafar talabalar tahsil olib kelmoqda. Bular: xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili, maktabgacha va boshlangʻich ta`limda xorijiy til:ingliz tili, filologiya va tillarni oʻqitish:ingliz tili, tarjima nazariyasi va amaliyoti:ingliz tili, filologiya va tillarni oʻqitish:koreys tili, filologiya va tillarni oʻqitish:xitoy tili, filologiya va tillarni oʻqitish:yapon tili, filologiya va tillarni oʻqitish:nemis tili, filologiya va tillarni oʻqitish:fransuz tili, filologiya va tillarni oʻqitish:ispan tili, filologiya va tillarni oʻqitish:rus tili va oʻzga tilli guruhlarda rus tili.

Kechki fakultetda 12 ta ta’lim yo‘nalishlari mavjud.

Batafsil

Manbalar

tahrir
  1. „Samarqand davlat chet tillar instituti“. Qaraldi: 2023-yil 8-sentyabr.
  2. „Самарканд - туристический портал - Институт Иностранных Языков“. 2015-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-fevral.
  3. „Samarqand davlat chet tillar institutining qisqacha tarixi“. 2019-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-noyabr.
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Andoza:Samdchti.uz