37°58′15″N 69°1′37″E / 37.97083°N 69.02694°E / 37.97083; 69.02694

Sangtoʻda GES-2
Mamlakat  Tojikiston
Joylashuvi Xatlon viloyati Dangʻara tumani
Daryo Vaxsh
Kaskad Vaxsh GESlar kaskadi
Egasi Sangob (Eron bayrogʻi Eron
Tojikiston bayrogʻi Tojikiston hukumati (Loyiha ishga tushganidan 12 yildan keyin)
Maqomi Amalda
Qurilishi boshlangan yil 2006-yil 20-dekabr
Agregatlar ishga tushgan yillar 2011, 2014
Asosiy tavsifi
Yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi 932
Elektrostansiya turi toʻgʻonli
Qisman kuchlanish 22,5
Elektr quvvati, MVt 220
Uskunalar tavsifi
Turbinalardan chiqish, m³/s 2×635
Generatorlar quvvati , megavatt 2×110
Asosiy inshoot
Toʻgʻon turi tosh-tuproqli
Toʻgʻon balandligi, m 34
Shlyuz mavjud emas
Taqsimlovchi qurilma 220 kV
Xarita
Sangtoʻda GES-2 (Dunyo)
Sangtoʻda GES-2

Sangtoʻda GES-2 (tojikcha: Нерӯгоҳи барқи обии Сангтӯда-2, НБО Сангтӯда-2) – Tojikistonning Xatlon viloyati Dangʻara tumanida, Vaxsh daryosida joylashgan gidroelektr stansiya. Vaxsh GESlar kaskadi tarkibiga kiradi va kaskadning beshinchi pogʻonasi hisoblanadi.

Tarixi

tahrir

Sangtoʻda GES-2 qurilishi sovet davrida 1980-yillarda boshlangan, biroq 1990-yillarda moliyalashtirishning yetishmasligi ortidan qurilishi toʻxtatilgan. 1995-yilda Eron loyihani moliyalashtirishga qiziqish bildirdi, biroq bitim 2005-yilgacha imzolanmadi. Qurilish ishlari 2006-yil 20-dekabrda qayta tiklanadi[1][2].

Loyihaning umumiy qiymati 220 million dollarni tashkil qiladi, shundan Eronning ulushi 380 mln, Tojikistonniki $40 mln.

Stansiyaning birinchi gidroagregati 2011-yil 6-sentyabrda Emomali Rahmon hamda Mahmud Ahmadinajod ishtirokidagi marosimda ishga tushirildi[manba kerak].

Ikkinchi gidroagregat esa 2014-yil sentyabr oyida toʻliq ishga tushirildi.

Tojikiston Respublikasi va Afgʻoniston oʻrtasidagi hukumatlararo kelishuvga koʻra, 300 megavatt elektr energiyasi, xususan, Sangtoʻda GES-2da generatsiya qilingan energiya yoz oylarida Sangtoʻda—Puli Xumri yuqori voltli elektr uzatish tarmogʻi orqali uzatiladi[3].

Tavsifi

tahrir

Gidroelektr stansiya Eronning Sangob kompaniyasi tomonidan qurib bitkazilgan va foydalaniladi[4]. Foydalanishga qadar toʻliq ishga tushirishni pudratchi Farab International Co. kompaniyasi amalga oshirdi. Loyihaga Mahab Ghods Engineering Company konsultantlik, Omran Maroon Engineers Company subpudratchilik qildi[5]. U Sangtoʻda GES-1 bilan bir vaqtda ishlaydi. Norak suv ombori darvozalaridan foydalanadi[4].

Toʻgʻon tosh-tuproqdan barpo etilgan. Balandligi daryo oʻzanidan boshlab hisoblaganda 31.5 metr (103 ft) va uzunligi 3,185 metr (10,449 ft)[5].

Daryoda qurilgan gidroeletr stansiya 2 ta agregatdan iborat va oʻrtacha yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi – 1 tVt*soat. Generatori Xitoyda ishlab chiqarilgan[6][7].

Dastlabki 12 yillik daromadi Eronga toʻlanadi, shundan soʻng GES egaligi Tojikistonga oʻtadi[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Tajikistan, Iran, Afghanistan Sign Deal On Electric Power Line“. Radio Free Europe/Radio Liberty (2006-yil 21-fevral). Qaraldi: 2009-yil 9-avgust.
  2. 2,0 2,1 „Iran starts building 180 mln usd Tajik hydroelectric power plant“. Forbes (2006-yil 20-fevral). Qaraldi: 2009-yil 9-avgust.[sayt ishlamaydi]
  3. „В Таджикистане официально сдана в эксплуатацию ЛЭП Сангтуда-Пули Хумри. news.tj“. 2015-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-yanvar.
  4. 4,0 4,1 „Emomali Rahmon gives start to construction of Sangtuda-2 dam“. Tajik Water (2010-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2011-yil 26-dekabr.
  5. 5,0 5,1 „Omran Maroon Engineers Company Projects“. Omran Maroon. 2013-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-dekabr.
  6. „Sangtuda-2 units to be delivered by year-end“. New Europe (2009-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2010-yil 17-yanvar.
  7. „Iran sends equipment by air to complete Sangtuda-2 dam“. AsiaNews (2011-yil 1-avgust). Qaraldi: 2010-yil 17-yanvar.