Sapfir (qad. yahudiycha sappir — koʻk tosh) — korundning A12O3 tarkibli shaffof, tiniq koʻk rangli xili. Zargarlikda boshqa rangli turlariga (qizil turi — yoqutdan tashqarisi) S. deb nom berilgan. Rangi izomorfli aralashmalarga bogʻliq: alyuminiyning turli miqdorda titan va temir (Gʻe2+ va Gʻe3+ farq qiladi) almashuvidan hosil boʻladi. Trigonal singoniyada kristallanadi. 1toifali qimmatbaho tosh hisoblanadi. Shishasimon yaltiroq. Qattiqligi 9; zichligi 3,5—3,6 g/sm³. Konlari ShriLanka, Hindiston, Tailand, Rossiyada bor. Tarixda mashhur boʻlgan S. toshlari Britaniya imperiyasining tojida (104 karat), oval shaklli (258,8 karat) brilliant broshkada oʻrnatilgani Rossiya Olmos fonditsya saqlanmoqda. S. sanoatda sunʼiy yoʻl bilan ham olinadi. S.ning zumrad, topaz, safsar (ametist) va boshqa xillari zargarlikda, sunʼiy rangsizi — leykosapfir mikroelektronika, kvant elektronikasi, optika va boshqalarda ishlatiladi (qarang Korund). Oʻzbekistonda "korund mintaqasi" Tomdi togʻlaridan Olay togʻlarigacha 1000 km ga choʻzilgan boʻlsa ham sifatli S. hanuz topilmagan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil