Sardor Rustamboyev
Sardor Mirzayusupovich Rustamboyev (10-avgust, 1979-yil, Toshkent) — oʻzbek diplomati. 2024-yildan Oʻzbekistonning Hindistondagi elchisi. 2018-yildan 2024-yilgacha O‘zbekistonning Fransiya va Portugaliyadagi favqulodda va muxtor elchisi[1][2].
Sardor Mirzayusupovich Rustamboyev | |
---|---|
Oʻzbеkistоnning Hindistondagi elchisi | |
Mansab davri 2024-yil 26-yanvardan | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Aripov |
Oʻtmishdoshi | Dilshod Ahatov |
Oʻzbеkistоnning Fransiyadagi elchisi | |
Mansab davri 2018-yil 29-iyundan | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Aripov |
Oʻtmishdoshi | Ravshan Usmonov |
Vorisi | Nodir Gʻaniyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
10-avgust 1979-yil Toshkent |
Biografiya
tahrir1979-yil 10-avgustda Toshkentda tugʻilgan.
Maʼlumoti
tahrir2000-yilda Buyuk Britaniya Birmingem universitetida Siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar boʻyicha bakalavr darajasini olgan, 2003-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti magistraturasini tugatgan.
2008-yilda Buyuk Britaniya London universiteti Sharq va Afrikashunoslik maktabi magistraturasini tugatgan.
2005-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida siyosiy fanlar nomzodi darajasini olgan.
Mehnat faoliyati
tahrir2000—2006 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida 3-kotib, referent, attashe.
2006—2009 — O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasi 2-kotibi.
2010—2014 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 1-kotibi.
2014—2017 — Shanxay hamkorlik tashkiloti kotibiyati katta eksperti.
2017—2018 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ShHT va MDH departamenti Xalqaro siyosat va xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i.
2018-yil 29-iyundan — 2024-yil 26-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi. 3-sentabr kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Macronga ishonch yorligʻini topshirdi[3].
2020-yildan — 2024-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining Portugaliya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi[4]. 20-iyul kuni prezident Marcelo Rebelo de Sousaga ishonch yorligʻini topshirdi.
2024-yil 26-yanvar kuni Hindistonga elchi etib tayinlandi[5].
Ingliz, rus va fransuz tillarini biladi.
Uch nafar farzandi bor.
Oilasi
tahrirOtasi Mirzayusuf Rustamboyev — huquqshunos, yuridik fanlar doktori, professor. 2021-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi, polkovnik[6][7].
Manbalar
tahrir- ↑ „Сенат назначил посла Узбекистана во Франции“.
- ↑ „Министерство иностранных дел Республики Узбекистан“. 2013-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-dekabr.
- ↑ „Президент Франции принял верительные грамоты от посла Узбекистана“.
- ↑ https://xs.uz/uz/post/ozbekistonning-fransiyadagi-elchisi-portugaliyaga-ham-elchi-etib-tajinlandi[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Ўзбекистоннинг Ҳиндистондаги янги элчиси тайинланди“.
- ↑ Jamoat xavfsizligi universitetiga rahbar tayinlandi
- ↑ RUSTAMBAEV Mirzayusuf Hakimovich