Sarisuv (Sarysuv) (qozoqcha: Сарысу) — Qozogʻiston Respublikasining Qaragʻanda va Qiziloʻrda viloyatlaridagi daryo. Uzunligi 671 km, havzasining maydoni 81600 km². Jaman Sarisuv va Jaqsi Sarisuv daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Dastlab Qozogʻiston past togʻlarining jan.sharqiy qismlari boʻylab, quyi oqimida esa Betpaqsalaning gʻarbiy chekkasi boʻylab oqadi. Yuqori qismida vodiysi tor, quyi qismida eni 5–10 km gacha. Qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyidan 382 km da 7,3 m³/sek. Yuqori va quyi qismida iyuldan yanvar

Sarisuv
qozoqcha: Сарысу
Tavsif
Uzunligi 800
Suv sarfi 7,3 m³/s
Joylashuvi
Davlat Qozogʻiston
Sarisuv

gacha quriydi. Sanoat suv taʼminoti va sugʻorish uchun foydalaniladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil